1-o`quvchi:
-Mayoq bo`lding elimga,
Maqom berding tilimga.
Faxr to`ldi dilimga,
Sha`nim or-u nomusim,
G`ururimsan qomusim.
2-o`quvchi:
-Jamlab, tizib bir ipga,
Yo`lim solding qolipga.
Hayot tushdi tartibga,
Ahdim or-u nomusim,
Bebahoim – qomusim.
3-o`quvchi:
-Huquq, burchim aks etgan,
Har satri pishib yetgan.
Maqsad, g`oyamiz yotgan,
Lavzim, or-u nomusim
Muqaddasim – qomusim.
4-o`quvchi:
-Tunda chaqnagan chayin,
Yurakda yongan yolqin.
Baxtim or-u nomusim,
Iftixorim – Qomusim.
5-o`quvchi:-Ajib topgan unda buyuk g`oyamiz,
Zabt etmoqni maqsad qilgan qoyamiz.
Berilgan huquq, burch, himoyamiz,
Baxtimiz Qomusi – Konstitutsiyam.
-O`zbek elin faxri, ulkan nufuzi,
Asosiy tamoyil, chin, asl yuzi.
Yurakdan bitilgan har satri, so`zi,
Baxtimiz qomusi-Konstitutsiyam.
6-o`quvchi:-Yo`lchi yulduz tuydik dildan biz uni,
O`rgansak ham, takror – takror har kuni.
Eng xalqchil, muqaddas, davlat qonuni,
Baxtimiz qomusi – Konstitutsiyam.
1-boshlovchi:
Aziz tadbirimiz boshlovchilari! O`zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganinig 25 yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan bayram tadbirimiz nihoyalab borayapti. Barchalaringizga tashrifingiz, ishtirokingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.
2-boshlovchi:
-Yurtimiz obod, elimiz shod, osmonimiz musaffo bo`lsin!
Ona O`zbekistonimiz gullab yashnayversin.
-Xayr, salomat bo`ling.Musiqa sadolari ostida tadbirga yakun yasaladi.
Dostları ilə paylaş: |