1-boshlovchi: Assalomu alaykum, qadrli o`quvchilar! Mo`tabar ustozlar va mehmonlar! O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag`ishlangan tadbirimizga xush kelibsiz. 2-boshlovchi



Yüklə 20,86 Kb.
səhifə1/3
tarix05.12.2023
ölçüsü20,86 Kb.
#138218
  1   2   3
Konstitutsiya-baxtimiz-qomusi


1-boshlovchi: - Assalomu alaykum, qadrli o`quvchilar! Mo`tabar ustozlar va mehmonlar! O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag`ishlangan tadbirimizga xush kelibsiz.
2-boshlovchi: - Assalomu alaykum! Ma`lumki, bugungi kunda maktablarimizning har bir sinfida bosh Qomusimiz hisoblangan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilingan kuniga atab tadbirlar ,davra suhbatlari bo’lib o’tmoqda “Konstitutsiya” so`zi “tuzish”, “tuzuk”, “nizom”, “tuzilish”, “yaratilish” degan ma`nolarni anglatilishini barchamiz bilib olganmiz.
1-boshlovchi: To`g`ri aytasan. Bizning zukko o`quvchilarimiz Bosh qomusimiz haqida bilishlari shart bo`lgan bilim va ma`lumotlarni, huquq va burchlarini o`z yoshlariga munosib ravishda o`zlashtirib borishmoqda.
2-boshlovchi: - Darvoqe, bundan 31 yil muqaddam xalqimiz irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniytini o`zida to`la aks ettirgan, muhim siyosiy, huquqiy hujjat sifatida jahonga yangi, istiqboli porloq mustaqil davlat dunyoga kelganining o`ziga xos isboti sifatida Bosh qomusimiz qabul qilindi.
1-boshlovchi: - Ozbekiston Konstitutsiyasi bizning mustaqilligimizning huquqiy jihatdan ta`minlovchi asosiy huquqiy hujjat bo`lgani uchun ham biz 8-dekabrni alohida ardoq va mamnuniyat bilan bayram qilamiz.
2-boshlovchi: - Endi navbatni o`quvchilarga beraylik. Bosh qomusimizni ular qanday ta`riflashar ekan?
1-o`quvchi:
- Qani, menga ayt, oshnam,
Bugun qanaqa bayram?
Hamma

Kim ham bilmaydi buni?
2-o`quvchi:
-O`z haqqi-huquqingni
Bilasanmi, o`rtoqjon?
Ayt-chi, Konstitutsiya
Qabul qilingan qachon?
3-o`quvchi: (qo`lida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kitobini ushlagan holda): O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda O’zbekiston Respublikasining 12-chaqirig’i Oliy Kengashining 11-sessiyasida qabul qilingan va 8-dekabr umumxalq bayrami, dam olish kuni deb belgilab qo’yilgan. Bu O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan tasdiqlangan.
4-o’quvchi : O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel kuni o’tkazilgan O`zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berishi orqali yangi tahrirda qabul qilindi
5-o`quvchi:-Bu kitobda hammasi
To`liq etilgan bayon.
-Prezident bobomiz
Bizga g`amxo`r, mehribon
Yurt tinchligin ko`zlaydi,
Xalq baxtini o`ylaydi.
6-o`quvchi:
-O`zbekiston qo`ynida
Har bir tuman, viloyat,
Kundan-kunga yashnaydi,
Kamol topar, tiklar qad.
7-o`quvchi:
O`zbekiston tayanchi
Qurolli kuchlari bor.
U-xalqining suyanchi,
Dushman qutirar bekor.

Yüklə 20,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin