1. Bozor iqtisodiyotining mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari


Infratuzilmaning mohiyati va turlari



Yüklə 96 Kb.
səhifə2/4
tarix18.11.2023
ölçüsü96 Kb.
#132867
1   2   3   4
1. Bozor iqtisodiyotining mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari

2. Infratuzilmaning mohiyati va turlari.

Infratuzilma lotincha «Infrastructure» so‘zidan olingan bo‘lib, «infra» asos, quyi va «structure» - tuzilish, joylashish kabi ma’nolarni anglatib, xizmat ko‘rsatuvchi sohalar majmuini anglatadi. Jahon tajribasida infratuzilma tushunchasi XX asr boshlarida birinchi bor «zarur yordamchi obyektlar va inshootlar majmuasi» sifatida muomalaga kiritilgan bo‘lsa, 1940-yillarga kelib g‘arb davlatlarida infratuzilma «ishlab chiqarish sohalarining faoliyatiga zaruriy shart-sharoitlar yaratuvchi subyektlarning yaxlit bir tarkibi» sifatida qo‘llanila boshlandi.


Infratuzilma subyektlari har qanday iqtisodiy tizimning asosiy tarkibi hisoblanib, ko‘rsatayotgan turli yo‘nalishdagi xizmatlari bilan barcha tarmoq va sohalarning iqtisodiy barqaror rivojlanishida asosiy poydevor hisoblanadi.
Infratuzilma subyektlari ishlab chiqarish, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarni to‘la qamrab olib, tashkiliy-iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, axborot, ekologik, boshqaruv va boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini o‘z ichiga oladi, eng asosiysi ishlab chiqarish jarayoniga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Infratuzilma subyektlari uning vazifasi, yo‘nalishi va xizmat ko‘rsatish darajasiga qarab ayrim tadbirkorlar tomonidan, ba’zi holatlarda esa davlat tomonidan yoki bevosita uning ishtirokida tashkil etilmoqda. Chunki ishlab chiqarishning yuqori sur’atlarda o‘sishiga erishish uchun infratuzilma subyektlarini tashkil etish va rivojlantirishga boshlang‘ich bosqichda yirik miqdorda sarmoya kiritilishini talab etadi.
Ma’lumki, infratuzilma subyektlari o‘zaro iqtisodiy munosabatlarda bajariladigan vazifalari, maqsadlari va faoliyat yo‘nalishlarida bir nechta tarkibiy unsurlarni birlashtirib, umumiy tizimda infratuzilma subyektlari majmuasini hosil qiladi.
Infratuzilma majmuasiga kiruvchi subyektlar (sohalar) tadbirkorlarning ishlab chiqarish-iqtisodiy munosabatlariga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatib, takror ishlab chiqarish jarayonini ta’minlashda ijobiy rol o‘ynaydi.
Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi davrida infratuzilma subyektlari ishlab chiqarish, ijtimoiy, institutsional, shaxsiy, ekologik va bozor subyektlari sifatida alohida faoliyat ko‘rsatsada, ular o‘zaro munosabatlarda bir-biriga bog‘liq ravishda shakllanadi va rivojlanadi (1.1-rasm).

Yüklə 96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin