1. Bozor iqtisodiyotining mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari


Infratuzilma majmuasiga kiruvchi subyektlar



Yüklə 96 Kb.
səhifə3/4
tarix18.11.2023
ölçüsü96 Kb.
#132867
1   2   3   4
1. Bozor iqtisodiyotining mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari

Infratuzilma majmuasiga kiruvchi subyektlar


Infratuzilma majmuasi



Ishlab chiqarish infra-


tuzilmasi

Institut-
sional
infra-
tuzilma

Ekologik
infra-
tuzilma

Ijtimoiy-
maishiy
infra-
tuzilma

Bozor
infra-
tuzilmasi


1.1-rasm.


Ishlab chiqarish infratuzilmasi ishlab chiqariladigan barcha turdagi tovarlarni tayyorlash, saqlash, qayta ishlash, qadoqlash, joylashtirish, tashish, ta’minot, ta’mirlash va sotish kabi xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilot va korxonalar majmuasini tashkil etadi. Mazkur infratuzilma subyektlari «iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonida barcha xo‘jalik subyektlarining ishlab chiqarish jarayonida bevosita emas, balki bilvosita qatnashish asosida ishlab chiqarishni muntazam va bir maromda faoliyat ko‘rsatishi hamda barqaror rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib beradi».
Ijtimoiy infratuzilma subyektlari fuqarolarning ijtimoiy, ma’naviy, madaniy, ma’rifiy, ilmiy va boshqa faoliyat yo‘nalishlari, o‘zaro munosabatlarini bir-birlariga bog‘lash va aloqasini ta’minlash hamda rivojlantirishga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoq va subyektlar majmuidan iborat. Ijtimoiy infratuzilma subyektlari aholining turmush darajasini belgilaydigan uy-joy qurilishi, sog‘liqni saqlash, ta’lim, jismoniy tarbiya va sport, aloqa, transport, umumiy ovqatlanish xizmatlari, umuman aholining turmush farovonligiga ijobiy ta’sir etuvchi barcha sohalarni o‘z ichiga olgan va bog‘lovchi tizim sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Institutsional infratuzilma subyektlari iqtisodiyotni yuritish va faoliyatini tashkil etish, davlat tomonidan boshqarishni amalga oshirish bilan bog‘liq tashkiliy jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Institutsional infratuzilma subyektlari boshqaruvchi rolida xizmat ko‘rsatadi va boshqaruvchilik vazifalari darajasida iqtisodiyotning hududiy, tarmoq va alohida ishlab chiqarish qismlariga bo‘linadi.

Yüklə 96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin