1880 yillarga kelib Rus pravoslav cherkovi (RPCH) o’zining yangi ibodatxonalari sonini ko’paytirishga harakat qildi. Ularning aksariyati Sirdaryo va Farg’ona viloyatlarida qurildi. 1916 yil 16 dekabrda imperator buyrug’i bilan Turkiston kafedral sobori Verniydan (hozirgi Almati) Toshkent shahriga ko’chirildi. 1990 yil 20 iyuldan O’rta Osiyo va Toshkent eparxiyasi episkop sifatida, 1991 yil 23 fevraldan e’tiboran arxiepiskop Vasiliy Zaxarovich Ikim (ruhoniylik ismi – Vladimir) rahbarligida boshqarib kelinmoqda. Uning tasarrufiga O’zbekistondan tashqari Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmanistondagi rus pravoslav cherkovlari kiradi. Rus pravoslav cherkovining O’rta Osiyo va Toshkent eparxiyasi O’zbekistonning 11 ta hududiy tuzilmasida o’zining ibodatxonalari va markaziy boshqaruv organi hamda diniy o’quv yurtiga ega.