1. Byudjetdan moliyashtirishning mohiyati va uni amalga oshirish usullari 5



Yüklə 332,5 Kb.
səhifə8/11
tarix06.06.2023
ölçüsü332,5 Kb.
#127852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1 Byudjetdan moliyashtirishning mohiyati va uni amalga oshirish (1)

XULOSA VA TAKLIFLAR


Mahalliy budjetlarga mablag‘larni jalb qilish hamda daromad bazasini mustahkamlashda asosiy eʼtibor mamlakat rivojlanishining alohida bosqichlari sifatida mahalliy byudjetlardagi ziddiyatli manbalarini ajratib ko‘rsatish va o‘rganish imkoniyatini beruvchi tahlilarga qaratish lozim. Mahalliy budjetlarga mablag‘larni jalb qilish hamda daromad bazasini mustahkamlash orqali ularni subventsiyadan chiqarishning iqtisodiy usuli sifatida budjet munosabatlarini qayta taqsimlash xarakteri bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatga egadir. Hech qanday kategoriya moliyaviy resurslarni shunchalik ko‘p qirrali va ko‘p darajali qayta taqsimlashda mahalliy budjetlar tizimi kabi ishtirok etmaydi. Mahalliy byudjetlar tizimi orqali hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda budjet dastaklari taʼsir etish amaliyotini va ko‘lamlarini belgilovchi xalq xo‘jaligi tarmoqlari, hududlar, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari, aholining turli xil qatlamlari oʼrtasida mablag‘lar taqsimotini amalga oshiriladi. Hozirgi kunda mahalliy budjetlarning daromadlar qismini shakllantirishdagi mavjud muammolar sifatida quyidagilarni keltiramiz.
1. Soliq va tushumlarning yig‘uvchanlik darajasini pastligi;
2. Boqimanda qarzdorliklarni yildan-yilga oshib ketayotganligi;
3. Soliq to‘lovchilarni toʼliq davlat ro‘yxatiga olinmaganligi;
4. Korxonalarni to‘la quvvatda ishlamasligi;
5. Mavjud resurs salohiyatidan to‘la foydalanilmayotganligi;
6. Mahalliy xom-ashyoni qayta ishlaydigan korxonalarning kamligi;
7. Yangi texnologiyalarning jalb etilmayotganligi.
Mahalliy budjetlarga mablag‘larni jalb qilish hamda daromad bazasini mustahkamlash orqali ixtiyoriga berilgan mahalliy soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha tadbirlar muhim o‘rin tutadi. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, mahalliy budjetlar mahalliy soliqlar va yig‘imlarni tashkil etish va boshqarishda mustaqil bo‘lsalarda Moliya Vazirligi tomonidan ishlab chiqarilgan tegishli meʼyorlar doirasida faoliyat yuritadilar. Mahalliy budjetlar (respublikamiz misolida) amaliyotidagi muhim xususiyat budjet tizimi to‘g‘risidagi qonunda belgilanganidek mahalliy byudjetlar taqchilligi amaliyotiga yo‘l qoʼyilmasligidir. Davlat moliya siyosatida mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlarining balansligi respublika budjeti subsidiyalari orqali kafolatlanmoqda.
Hozirda butun dunyo xoʼjaligida sodir bo‘layotgan koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatida iqtisodiy qiyinchilik va toʼsiqlarni bartaraf etish maqsadida mahalliy soliqqa tortish tizimini takomillashtirish orqali mahalliy budjetlarga mablag‘larni jalb qilish, daromad bazasini mustahkamlash hamda samarodorligini oshirishning barqarorligini taʼminlash uchun quyidagilarini taklif qilamiz:
1. Mahalliy hokimiyat organlariga budjet daromadlarini shakllantirishda soliqlar bo‘yicha belgilangan stavkalarga hududlarning hamda faoliyatni amalga oshirish joyining xususiyatini inobatga olgan holda pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffitsientlarni qo‘llash lozim;
2. Mahalliy hokimliklarning mahalliy byudjet daromadlarini ko‘paytirishdan manfaatdorligini oshirish hamda moliyaviy oqimlarning o‘rnini oshirish maqsadida rejadan ortiqcha soliq tushumlarini mahalliy budjetlarga qoldirish amaliyotini yanad takomillashtirish kerak;
3. Mahalliy budjetlar daromad bazasini yanada mustahkamlashda ularga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelib tushadigan soliqlarni hisoblash usuli va imtiyozlarni qayta ko‘rib chiqish, tabiiy resurslarga bo‘lgan soliq imtiyozlarini qisqartirish va asosiy soliq yukini ushbu soliqlarga yuklash zarur;
4. Mahalliy hokimliklarning mahalliy byudjet daromadlarini ko‘paytirishdan manfaatdorligini oshirish, rejadan ortiqcha soliq tushumlarini mahalliy byudjetga qoldirish mahalliy hokimliklarning byudjet daromadlarini oshirish hamda subventsiyalarga bo‘lgan ehtiyojini soliq tushumlarining oshishi hisobiga qoplash imkoniyatini yaratadi;
5. Soliq to‘lovchilarni to‘liq ro‘yxatdan o‘tkazish, soliq va yig‘imlarni manbalar bo‘yicha to‘liq undirilishini nazorat qilish hamda boqimanda qarzdorlikni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqarish bilan birga byudjet daromadlarini rejalashtirishda hududlarda soliqlarni yig‘ish imkoniyatini to‘g‘ri belgilash.
6. To‘liq quvvat bilan ishlamayotgan korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, eksportga yo‘naltirilgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish ham mahalliy soliq to‘lovchilarining ortishiga, natijada mahalliy byudjet daromadlarini mustahkamlanishiga olib keladi.
7. Mahalliy byudjetlarga ajratiladigan mahalliy soliqlar va yig‘imlarni miqdorini qatʼiy foizlarda va nisbatan uzoq vaqt mobaynida o‘zgartirilmaydigan qilib belgilab qo‘yish lozim.
8. Shahar va tuman byudjetlari bo‘yicha korxona va tashkilotlarning byudjetdan boqimanda summasini hisobga olish, boqimanda miqdorlarini byudjetga tushurish yo‘llarini qo‘llash, sxema bo‘yicha korxonalarning bir biridan qarz miqdorlarini oʼzaro hisob-kitob qilish yoʼllaridan kengroq foydalanish.
Yaʼni bunda mahalliy byudjetlarga tijorat veksellarini chiqarish huquqini berish nazarda tutilayapti. Masalan, Rossiya federatsiyasida mahalliy hokimiyat organlari veksellar chiqarish yo‘li bilan byudjet tashkilotlarining boshqa xo‘jalik tashkilotlari oldidagi qarzdorligi muammosini hal qilish imkoniga ega boʼladilar. Har bir davlatning iqtisodiy qudrati shu davlatning mukammal byudjetga ega ekanligi bilan ham ifodalanadi. Shunga muvofiq ayni paytdagi byudjet sohasida olib borilayotgan islohotlarni alohida taʼkidlab o‘tish mumkin.



Yüklə 332,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin