Ishni bajarish tartibi 1.Mikroskopning ob'ektivi qarshisidagi buyum stolchasiga ikki tomoni tirnalgan shisha plastina qo`yiladi. Kremaler vint yordamida mikroskopning ko`rish maydonida plastinaning ustki tirnalgan chizig`i yaxshi ko`ringuncha harakatlantirib, noniusdan h1 hisoblanadi.
2.Xuddi shuningdek, plastinaning pastki tirnalgan chizig`i yaxshi ko`rinadigan holatdagi h2 hisoblanadi va plastinkaning mavhum qalinligi h=h1-h2topiladi.
3.Shtangentsirkul bilan plastinaning haqiqiy qalinligi H o`lchanadi.
4.Bu o`lchashlar har xil qalinlikdagi boshqa shisha plastinalar uchun takrorlanadi va (10) formuladan foydalanib, ularning sindirish ko`rsatkichlari aniqlanadi. O`lchashlar 3 martadan takrorlanadi. Olingan natijalar quyidagi jadvalda yoziladi: