3. Mamlakatlarda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblashning o‘ziga xos muammolari.
Re`ja
YAIMni hisoblash usullari.
Milliy daromadni hisoblash tamoyillari makroiqtisodiy tahlilda asosiy rolni o‘ynovchi va shuning uchun alohida e’tiborga loyiq bo‘lgan muhim o‘zaro bog‘liqliklarning ikkita turini aniqlash imkonini beradi.
Bu fundamental o‘zaro bog‘liqliklar YAIMning umumiy xarajatlar darajasi bilan o‘zaro nisbatini aks ettiruvchi ayniyatdan kelib chiqadi.
Real sektorning tarkibiy tuzilishi va ularning o‘zaro bog‘liqliklari
Ushbu kattalik tovarlar va xizmatlar eksportining hajmi – tovarlar va xizmatlar importining hajmi + chet eldan sof faktoriy daromad + chet eldan sof joriy transfertlar sifatida aniqlanadi.
O‘zaro bog‘liqliklarning birinchi turi umumiy daromadlar va xarajatlar bilan joriy operatsiyalar tashqi hisobvarag‘i saldosi o‘rtasidagi nisbatni, ikkinchi turi esa jamg‘armalar va investitsiyalarning umumiy hajmi bilan joriy operatsiyalar tashqi hisobvarag‘i saldosi o‘rtasidagi nisbatni aks ettiradi.
Milliy hisobvaraqlar bilan to‘lov balansi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarning birinchi majmuini YAIM, YAMD va TYAMD (GDP, GNI va GNDI)ni aniqlovchi bazaviy ayniyatlardan chiqarish mumkin. Quyida umumiy daromad va talab bilan joriy operatsiyalar hisobvarag‘i saldosi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ko‘rib chiqamiz.
Daromadlar va xarajatlarning asosiy umumiy ko‘rsatkichlari.
Mamlakat iqtisodiyotining holati va rivojlanishini iqtisodiyotni hamda uning eng muhim sektorlari va sohalarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar muayyan doirasidan foydalangan holda baholash va tahlil qilish mumkin. Bu, birinchi galda, MHT makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari - YAIM, YAMD, MD, TYAMD, shuningdek, umumlashtiruvchi xususiyatga ega bo‘lgan, asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar deb nomlanuvchi boshqa muhim indikatorlardir.
3.2. Real sektorning makroiqtisodiy tahlili
• mamlakat (mintaqa) YAIMning joriy narxlar bo‘yicha milliy valyutadagi hajmlari va hajmlarining indekslari;
• mamlakat (mintaqa) YAIMning joriy narxlar bo‘yicha milliy valyutadagi hajmlari va hajmlarining indekslari;
• iqtisodiyot asosiy tarmoqlari va sektorlarining agregatga doir etakchi ko‘rsatkichlari, xususan sanoat ishlab chiqarishi yoki ishlov beruvchi sanoat mahsuloti sotuvlarining hajmlari va hajmlarining indekslari;
• ishsizlik darajasining standart ko‘rsatkichlari;
• tashqi savdo va to‘lov balansi (eksport va import hajmlari va dinamikasi, tashqi savdo va to‘lov balanslari saldosi).
3.3. Mamlakatlarda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblashning o‘ziga xos muammolari.
Mamlakatlarda tub o‘zgarishlar yuz bermoqda, shu munosabat bilan ayrim iqtisodchilarning fikriga ko‘ra, islohotlarning dastlabki yillarida ishlab chiqarishning pasayish ko‘lamlari rasmiy statistikada oshirib ko‘rsatilgan, iqtisodiyotni sog‘lomlashtirishning intensivligi esa, aksincha, kamaytirib yuborilgan bo‘lishi mumkin.
Xususiy ishlab chiqarish hajmining pasaytirib ko‘rsatilishi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda ishlab chiqarishning real hajmini o‘lchash borasidagi eng muhim muammo shundan iboratki, bunda an’anaviy statistika iqtisodiyotda yuz berayotgan jadal o‘zgarishlarni qamrab olishga moslashmagan.
Xususiy ishlab chiqarish hajmining pasaytirib ko‘rsatilishi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda ishlab chiqarishning real hajmini o‘lchash borasidagi eng muhim muammo shundan iboratki, bunda an’anaviy statistika iqtisodiyotda yuz berayotgan jadal o‘zgarishlarni qamrab olishga moslashmagan.