Ish bilan ta'minlash va ishga joylashtirish
O’zbekiston Respublikasida ish bilan ta’minlash va ishga joylashtirish hozirgi kunning eng muhim va dolzarb vazifa- laridan biri bo‘lib hisoblanadi. Ahohning bandligini ta’minlashda o‘quv yurtlarini bitirayotgan mutaxassislarni ishga joylash- tirishda uch tomonlama shartnoma, ya’ni o‘quv yurti rahba- riyati, muassasa rahbari va mahalla fuqarolar yig‘ini, ota-onalari mas’ul etib belgilab qo‘yilgan. Axborot-kutubxona muassasa- larida oliy va o‘rta maxsus malakali mutaxassislar mehnat shartnomalari asosida ishga qabul qilinadi. Oylik maoshlari belgilangan smeta asosida razryadi bo‘yicha to‘lanadi.
Qonun fuqaroning mehnat qilish huquqini kafolatlaydi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi «Aholini ish bilan ta’min- lash to‘g‘risida»gi Qonunining 6-moddasiga binoan, davlat quyidagilarni kafolatlaydi:
• ish bilan ta’minlash turini, shu jumladan, turli mehnat rejimidagi ishni tanlash erkinligini;
• ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishdan va mehnat shartnomasini g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilishdan himoyalanishni;
• maqbul keladigan ishni tanlash va ishga joylashishga bepul yordam berishni;
• har kimga kasbga va ishga ega bo'lishda, mehnat qilish va ish bilan ta’minlanish shart-sharoitlarida, mehnatga haq to‘lashda, xizmat pog‘onasidan yuqorilab borishda teng imkoniyatlar yaratishni;
• yangi kasbga (mutaxassislikka) bepul o'qitishni, mahalliy mehnat organlarida yoki ularning yo‘llanmasi bilan boshqa o‘quv yurtlarida stipendiya to'lab, malakasini oshirishni;
• boshqa joydagi ishga qabul qilinganda sarf qilingan moddiy xarajatlar uchun qonun hujjatlariga muvofiq kompensatsiya to‘lashni;
• haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashish uchun mud- datli mehnat shartnomalari tuzish imkoniyatini.
Bulardan tashqari, O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida ish joylarining tugatilishi munosabati bilan xodimlarga ishga joylashgunga qadar beriladigan imtiyoz va kompensa- tsiyalar hamda o‘rtacha oylik ish haqidan kam bo'lmagan miqdorda ishdan bo‘shatish nafaqasi to'lanishi nazarda tutilgan.
Dostları ilə paylaş: |