Daun sindromi bilan kasallangan bolalarning jamiyatdagi o’rni qanday? Bunday bolalarni «quyoshli bolalar» deb ataydilar. Chunki ba’zida agressiya va tajanglik qilishgani bilan, aslida ular juda ochiq ko’ngil, mehribon, samimiy va xayrixoh bolalar hisoblanadi.
Yevropa va AQSHda bunday bolalarga har tomonlama e’tibor juda kuchli bo’lib ular ta’lim oladi, ishlaydi va hatto turmush ham qurib yashaydi. Lekin buning uchun tug’ilganidanoq ular bilan har tomonlama shug’ullanish talab etiladi.
Daun sindromiga ega bola pushtlimi? Daun sindromiga chalingan o’g’il bolalar bepusht bo’ladi. Ayollarida esa tug’ish uchun imkoniyat mavjud, lekin ulardan tug’ilajak bolalarning deyarli 50% i irsiy kasallik bilan tug’iladi.
Homiladorlikda aniqlanmagan bo’lsa, bola Daun kasalligiga chalingani qachon aniqlanadi? Bola tug’ilishi bilanoq uning Daun sindromiga chalinganligi namoyon bo’ladi.
Uning yuz tuzilishi o’ziga xos ko’rinishda bo’lib, tili kattaroq bo’lgani tufayli og’zidan biroz chiqib turadi. Qo’l va oyoqlari tanasiga nisbatan kaltaroq bo’ladi. Mushaklari gipotoniya (bo’shashgan) holda bo’ladi. Bu alomatlarni ko’rgan shifokor Daun kasalligini tasdiqlash uchun genetik analizlar topshirtiradi.
Farzandi Daun sindromiga chalingan ota-onalar ham psixologik va ijtimoiy yordamga muhtoj bo’lishadi.