1. Davlat byudjeti. O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi Yurtimizda chuqur iqtisodiy isloxotlar Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Yüklə 217,29 Kb.
səhifə1/4
tarix18.11.2023
ölçüsü217,29 Kb.
#133005
  1   2   3   4
budjet


Mavzu: Davlat byudjeti. O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi
Reja:
1. Davlat byudjeti. O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi
2. Yurtimizda chuqur iqtisodiy isloxotlar
3.Xulosa.
4.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

Bizga ma’lumki Budjet tizimi murakkab mexanizm bo’lib, har bir mamlakatning o’ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa jihatlarining butun majmui asosida shakllanadi. Iqtisodiyotni tartibga solishga, davlat o’z funksiya va vazifalarini bajarishga, shunungdek, ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga imkon beradiga dastaklardan biri – davlat budjetidir.


O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 3-moddasida davlat budjeti tushunchasiga ta’rif berilgan bo’lib, unga ko’ra davlat budjeti – davlatning davlat vazifalari va funksiyalarini moliyaviy jihatdan ta’minlash uchun mo’ljallangan markazlashtirilgan pul jamg’armasi.1
Demak, budjet iqtisodiy kategoriya sifatida o’zida davlatning bir yilga mo’ljallangan daromadlari va xarajatlarini ifodalaydi. Moliya yiliga mo’ljallangan daromadlar va xarajatlar rejalashtirilib, tasdiqlanadi. Ularni amalga oshirish esa budjet munosabatlari hisoblanadi. Budjet orqali iqtisodiyotga quyidagi jihatlarda ta’sir ko’rsatish mumkin: soliqlar, yig’imlar va turli majburiy to’lovlar vositasida; to’gridan- to’gri budjetdan moliyalashtirish vositasida; subsidyalash vositasida; foizisiz va imtiyozli kreditlar berish vositasida; budjet mablag’lari hisobiga maxsus jamg’armalar va zahiralar yaratish vositasida ta’sir ko’rsatiladi.
Yurtimizda chuqur iqtisodiy isloxotlar amalga oshirilayotgan xozirgi zamonda davlat budjeti daromatlari yaxshilanishi va samarali boshqarilish ahamiyati gʼoyat yuksakdir. Bugungi kunda Davlat tomonidan islohotlar qilish va tarmoqlarni davlat tomonidan qoʼllab quvvatlash, xamda ularning samaradorligini yanada oshirish kabi vazifalarini kun tartibiga qo’yar ekan u oʼz navbatida budjet daromadlarini samarali shakllantirish tizimini joriy qilmoqligi zarur xisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari mamlakat yalpi ichki (milliy) mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining elementlaridan biri bo’lib, ular oraliq (tranzit) xarakterga ega. Ular yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan daromadlar va jamg’armalarning bir qismini budjetga o’tkazilishi natijasida vujudga keladi. Budjet daromadlarining moddiy-buyumlashgan mazmunini davlatning ixtiyoriga borib tushgan pul mablag’lari tashkil etadi. Bu moliyaviy (budjet) kategoriyaning namoyon bo’lish shakli budjetga borib tushuvchi turli soliqlar, to’lovlar, yig’imlar, bojlar va ajratmalardan iborat.
Davlat budjetining daromadlari o’zlarining manbalari, ijtimoiy-iqtisodiy xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to’lovlarning turi, mablag’larning tushish shakli va ularni budjetga undirish metodlariga muvofiq klassifikatsiya qilinishi mumkin.
Eng avvalo, davlat budjetining daromadlari o’zlarining manbalariga ko’ra quyidagi uch guruhga bo’linadi:
-soliqli daromadlar;

  • nosoliqli daromadlar;

  • tiklanmaydigan tarzda o’tkaziladigan pul mablag’lari. Nosoliqli daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • davlat mulkidan foydalanishdan olingan daromadlar (soliqlar va yig’imlar to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan soliq va yig’imlardan so’ng);

  • budjet tashkilotlari tomonidan ko’rsatilgan haqli (to’lovli) xizmatlardan kelgan daromadlar (soliqlar va yig’imlar to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan soliq va yig’imlardan so’ng);

  • fuqarolik-huquqiy, ma’muriy va jinoiy choralarni qo’llash natijasida olingan mablag’lar, jumladan, jarimalar, konfiskatsiyalar, kompensatsiyalar va davlat sub’ektlariga etkazilgan zararlarni tiklash bo’yicha olingan mablag’lar;

  • moliyaviy yordam ko’rinishidagi daromadlar (budjet ssudalari va budjet kreditlaridan tashqari);

  • boshqa nosoliqli daromadlar.

Hozirgi amaliyotda Davlat budjetining daromadlari quyidagi tartibda klassifikatsiya qilinayapti (1-rasm)2.


Yüklə 217,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin