DAVLAT DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.
T/r
|
Amalga oshiriladigan tadbir
|
Bajarish muddati
|
Ijro uchun mas’ullar
|
Sarf-xarajatlar
(mln. so‘m)
|
Moliyalashtirish manbalari
|
Taqdim etiladigan hujjat shakli, amalga oshirish mexanizmi, kutilayotgan natija
|
I. DAVLAT VA JAMIYAT QURILIShI TIZIMINI TAKOMILLAShTIRIShNING USTUVOR YO‘NALIShLARI
|
1.1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish
|
1.
|
“Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.
|
2017-yil II chorak
|
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Ombudsman, AQHMI, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, IIV
|
-
|
-
|
O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada parlament nazoratining yangi shakli sifatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputati va Senat a’zosi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini o‘rganib, tahlil qilish hamda uning natijalari bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish nazarda tutiladi.
|
2.
|
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining joylarda ishlarning holatini o‘rganish va xalq bilan muloqot qilishga doir faoliyatini tubdan takomillashtirishga oid Oliy Majlis palatalari Kengashlarining qo‘shma qarori loyihasini ishlab chiqish.
|
2017-yil I chorak
|
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida)
|
-
|
-
|
Oliy Majlis palatalari qo‘shma qarori loyihasi. Loyihada:
hududlardan saylangan deputat va senatorlar har oyda 10 — 12 kun davomida bir tumanda bo‘lib, davlat hokimiyati organlari faoliyatini o‘rganib, tahlil qilishi, tegishli rahbarlarning hisobotini xalq deputatlari Kengashlari sessiyasi muhokamasiga kiritishi hamda tegishli xulosalar berishi;
Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi ishtirokida o‘rganish natijalari bo‘yicha tegishli xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarini o‘tkazish;
Oliy Majlis Senati tomonidan har bir viloyatda navbatma-navbat namunaviy xalq deputatlari Kengashlari ishini tashkil etish nazarda tutiladi.
|
3.
|
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.
|
2017-yil II chorak
|
Oliy Majlis palatalari(kelishuv asosida), Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Ombudsman, AQHMI,
Oliy sud, Moliya vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi,
Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz
|
-
|
-
|
O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Loyihada qonun normalarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi, “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonunlarga moslashtirish;
ombudsman mintaqaviy vakillarining huquqiy maqomi, vakolat va majburiyatlarini belgilash nazarda tutiladi.
|
4.
|
Davlatning tashqi siyosatini amalga oshirishda Oliy Majlis palatalarining roli va mavqeyini oshirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida” va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentiga qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish.
|
2017-yil III chorak
|
Oliy Majlis palatalari
(kelishuv asosida),
AQHMI,
TIV,
TSV
|
-
|
-
|
O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Bunda Oliy Majlis palatalarining:
davlatning tashqi siyosati amalga oshirilishi, xalqaro huquq normalarining milliy qonunchilikka implementatsiya qilinishi ustidan nazorat vakolatlari mustahkamlanadi;
xorijiy davlatlar parlamentlari bilan parlamentlararo hamkorlik guruhlari ishini tashkil etishning huquqiy mexanizmi takomillashtiriladi;
O‘zbekistonning milliy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish uchun parlament diplomatiyasidan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi.
|
5.
|
Aholining senatorlar va deputatlar bilan o‘zaro munosabatlarini, Oliy Majlisning xalq bilan muloqotini takomillashtirish maqsadida “Elektron parlament” tizimini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.
|
2017-yil IV chorak
|
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Axborot texnologiyalari vazirligi
|
-
|
-
|
Ijrochilarning qo‘shma kompleks chora-tadbirlar dasturi.
Bunda parlament faoliyati samaradorligi va shaffofligini oshirish, uning faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali xalq bilan muloqotni takomillashtirish, deputatlarga saylangan saylov okruglaridan mahalliy hokimiyat idoralarining qarorlarini majburiy yuborish orqali hududdagi ahvoldan xabardorligini oshirish imkoniyati yaratiladi.
|
6.
|
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyati ustidan nazoratini kuchaytirish maqsadida siyosiy partiyalar deputatlik guruhlarining huquq va vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.
|
2017-yil III chorak
|
Adliya vazirligi, AQHMI, FJShMQMI
|
-
|
-
|
O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Loyihada quyidagilarni tartibga solish nazarda tutiladi:
partiya guruhlari tomonidan mahalliy xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalarini ko‘rib chiqish, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari mansabdor shaxslarining hisobotlarini eshitish haqidagi takliflarni kiritish;
tuman (shahar) hokimi nomzodini viloyat hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etish;
xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlariga viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga tegishliligi bo‘yicha tuman (shahar) hokimlarining, shuningdek, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlarining qoniqarsiz faoliyati haqida xulosalarni taqdim etish huquqini berish;
Qonunchilik palatasi deputatlarining joylardagi jamoatchilik vakillari sifatida tegishli siyosiy partiya hududiy bo‘limlarining vakillarini biriktirib qo‘yish.
|
7.
|
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining ijrochi kotiblari lavozimini ta’sis etish.
|
2017-yil II chorak
|
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, siyosiy partiyalar (kelishuv asosida)
|
80,0
|
Siyosiy partiyalar mablag‘lari
|
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi kengashi qarori loyihasi.
Loyihada Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining ijrochi kotiblari o‘z partiyalari siyosatini parlament quyi palatasida himoya qilish ishini tashkil etishga, ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan fraksiyaning yagona pozitsiyasini ishlab chiqishga, fraksiya a’zolari faoliyatini muvofiqlashtirishga ko‘maklashish nazarda tutiladi.
|
8.
|
Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlis palatalaridagi doimiy vakili lavozimini ta’sis etish.
|
2017-yil II chorak
|
Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi
|
50,0
|
Davlat budjeti mablag‘lari
|
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.
Parlament va ijroiya hokimiyati organining qonun ijodkorligi sohasidagi, shuningdek, ijro organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini tashkil etishda o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
|
9.
|
Oliy Majlis palatalarining axborot-tahlil va tadqiqot faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan tarkibiy bo‘linmalarini tuzish.
|
2017-yil I chorak
|
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), AQHMI
|
200,0
|
Davlat budjeti mablag‘lari
|
Oliy Majlis palatalarining qarori loyihasi.
Oliy Majlis palatalarining qonunlarni qabul qilish va nazorat faoliyati sifatini oshirishga, qonunlarni chuqur tahlillar asosida ishlab chiqishga xizmat qiladi.
|
|
Dostları ilə paylaş: |