1. Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar


Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə17/39
tarix11.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#123971
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39
2.2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash

66.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.
Mazkur Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:
murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqishning interaktiv usullarini kengaytirish;
murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalarini nashr etib borish;
takroriy murojaatlarni ko‘rib chiqish va hal etish, fuqarolarni sayyor qabul qilish xususiyatlari;
videokonferensaloqa yordamida fuqarolarni masofaviy qabul qilishni tashkil etish;
“Xalq qabulxonasi” institutining umumiy qoidalarini belgilash;
“Ishonch telefonlari” orqali murojaatni qabul qilish, ko‘rib chiqishning huquqiy asoslari.

2017-yil II chorak

Oliy Majlis palatalari
(kelishilgan holda),
Adliya vazirligi,
Bosh prokuratura,
IIV, Axborot texnologiyalari
vazirligi

-

-

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Loyiha bilan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishning yangi samarali mexanizmlari va usullari joriy etiladi.

67.

Barcha huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari rahbarlarining virtual qabulxonalarini tashkil etish.

2017-yil I chorak

Bosh prokuratura,
Oliy sud, IIV,
Oliy xo‘jalik sudi,
Adliya vazirligi,
Axborot texnologiyalari
vazirligi,
vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablag‘lari

Chora-tadbirlar rejasi.
Chora-tadbirlarning amalga oshirilishi davlat organlari faoliyatida oshkoralikni ta’minlashga xizmat qiladi.

68.

Har bir davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha alohida bo‘lim (bo‘linma, guruh) tashkil etish.
Davlat organlari va muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlashni nazarda tutadigan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil II chorak

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari
vazirligi,
vazirlik va idoralar

-

-

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.
Loyihada quyidagilar belgilanadi:
murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha alohida bo‘limlarni tuzish tartibi;
murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha alohida bo‘limlarning vakolatlari va majburiyatlari;
murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha alohida bo‘limlar xodimlarining huquqiy holati;
murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha alohida bo‘limlarning faoliyati ochiqligini ta’minlash choralari.

69.

“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini mas’ul ijrochilar va sohalar bo‘yicha taqsimlanishi hamda tizimlashtirilishini nazarda tutuvchi murojaatlarning yagona klassifikatori”ni ishlab chiqish va tasdiqlash, murojaatlarni ro‘yxatga olish tizimi bo‘yicha yagona elektron dasturni tatbiq etish.

2017-yil I chorak

Bosh prokuratura,
IIV,
Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi

-

-

Yagona klassifikator.
Murojaatlarning kelib tushish manzili, quyi tizimlarga yuborilganligi, ularning mazmuni, turi va ko‘tarilgan masalalar klassifikatsiyasi hamda takroriy va anonim murojaatlar hisobi, ko‘rib chiqish natijasi, belgilangan tartib va muddatlarda rioya qilinishi, intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlik masalalari bo‘yicha tahlillar olib boriladi.

70.

Davlat organlari va jamoat tashkilotlari veb-saytlari orqali o‘z soha faoliyatining yo‘nalishlari bo‘yicha “Onlayn maslahat” ruknini tashkil etish.

2017-yil I chorak

Advokatlar palatasi, vazirlik va idoralar

-

-

Veb-saytlar sahifalari.
Aholiga huquqiy masalalar bo‘yicha tushuntirish ishlari faollashadi, huquqiy maslahatlar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida keng targ‘ib qilinadi.

71.

Har bir davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida murojaatlar bilan ishlash ahvolini har chorakda umumlashtirish.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining murojaatlar bilan ishlash borasidagi faoliyati bo‘yicha aholining fikrini ijtimoiy so‘rov o‘tkazish, shu jumladan, Internet tarmog‘i orqali aniqlash va kamchiliklarni bartaraf etish tartibini kiritish.

2017-yil I chorak

Bosh prokuratura,
Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi,
“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi,
vazirlik va idoralar

100,0

“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi mablag‘lari

Amaliy chora-tadbirlar dasturi loyihasi.
Fuqarolarning murojaatlari eng ko‘p tushadigan sohalar, ulardagi to‘siqlar, fuqarolarni o‘ylantiradigan boshqa ehtiyojlar aniqlanib, muammolar bartaraf etiladi.

72.

Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga murojaat qilish jarayonida to‘lanadigan davlat boji miqdorini kamaytirish.

2017-yil II chorak

Moliya vazirligi, Oliy sud,
Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi,
Bosh prokuratura

-

-

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.
Fuqarolarning o‘z huquqlarini himoya qilishni so‘rab, sudlarga murojaat qilish imkonini oshiradi.

73.

Elektron tartibda sud ishini yuritishning zamonaviy shakl
va usullarini joriy etishga qaratilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish
va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil IV chorak

Bosh prokuratura, Oliy sud,
Oliy xo‘jalik sudi, Adliya vazirligi,
IIV, MXX, Axborot texnologiyalari vazirligi,
Moliya vazirligi

-

-

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi.
Elektron tartibda sud ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullarini, shu jumladan, protsess ishtirokchilari bilan o‘zaro elektron hamkorlikni amalga oshirish, videokonferensaloqadan foydalanishni, shuningdek, protsessual harakatlarni video, audio qayd etishni, sud-tergov jarayonlarini stenogramma qilishning yangi turlarini kengroq joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish imkonini beradi.

74.

Sudlar faoliyatiga oid ma’lumot bilan fuqarolarni ta’minlashni nazarda tutuvchi “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil IV chorak

Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Konstitutsiyaviy sud, Oliy malaka komissiyasi, Adliya vazirligi

-

-

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Loyihada sud tizimi va jarayoniga oid ma’lumotlar hamda sud hujjatlari oshkoraligini ta’minlash choralari nazarda tutiladi.

75.

Fuqarolarning xususiy mulk huquqi kafolatlarini mustahkamlash. Xususan:
jinoyat quroli yoki ma’muriy huquqbuzarlik predmeti sifatida mulkdan foydalanishda mulkdorning aybi bo‘lmagan hollarda mulkni olib qo‘yish (vaqtinchalik olib qo‘yishdan tashqari) va musodara qilishni taqiqlash;
O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan qiymati eng kam oylik ish haqi 2 ming baravaridan kam bo‘lmagan, norezidentlar tomonidan qiymati 100 ming dollardan kam bo‘lmagan yangi qurilgan ko‘chmas mulkni Toshkent shahri va viloyatida sotib olganlik uchun 5-10 foiz miqdorda davlat boji to‘lagan holda, ko‘chmas mulkni erkin sotib olish va egalik qilish.

2017-yil II chorak

Adliya vazirligi,
Bosh prokuratura,
Moliya vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi,
IIV

-

-

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Loyihaning qabul qilinishi fuqarolarning xususiy mulk huquqini amalga oshirish kafolatlarini mustahkamlashga, Toshkent shahri va viloyatida uy-joy qurish sohasini jadal rivojlanishiga xizmat qiladi.

76.

Pasport-viza, xorijga chiqish va kirish tizimini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish:
ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, chegara nazorati organlariga yo‘lovchilar haqida dastlabki ma’lumotlarni taqdim etish amaliyotini, avtomatlashtirilgan pasport nazorati kabinasini, chegarani kesib o‘tayotganlarni qidiruvda bo‘lgan shaxslar fotobazasi bilan solishtirish tizimini joriy etgan holda, aeroport va temir yo‘l vokzallarida pasport nazorati tizimini soddalashtirish;
pasport tizimini takomillashtirish orqali xorijga chiqish uchun ruxsatnoma (stiker) rasmiylashtirish tartibini bekor qilish;
alohida asoslar bo‘yicha xorijga chiqish huquqini sud tomonidan cheklash tartibini kiritish;
jismoniy shaxslar uchun bojxona hududiga kirib kelish va uni tark etish bo‘yicha “yashil” va “qizil” yo‘lak tizimini amaliyotga tatbiq etish.

2017-yil III chorak

IIV, TIV, MXX, DBQ, Bosh prokuratura,
Oliy sud, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi,
Turizmni rivojlantirish
davlat qo‘mitasi

-

-

Mazkur choralarni amalga oshirish xorijga chiquvchi fuqarolarga qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning huquq va erkinliklari kafolatlarini mustahkamlash, chegara nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish va samarasini oshirish, shuningdek, turizm sohasini rivojlantirishga xizmat qiladi.


Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin