2.5. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash
103.
Sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari xodimlari malakasini oshirish, qayta tayyorlash, tanlash, o‘qitish va ichki rotatsiya tizimini takomillashtirish.
2017-yil II chorak
Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, IIV, MXX,
DBQ, DSQ, DBA
-
-
Idoraviy hujjatlar.
Sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga qodir bo‘lgan xodimlarni tanlash va tayyorlashga qaratilgan.
104.
Faoliyatni ish yakunlarining kompleks tahlili asosida rejalashtirish va tashkil etish, bunda e’tiborni, avvalo, huquqni qo‘llash amaliyoti va amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish orqali tizimli huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etishga qaratish.
2017-yil I chorak
Bosh prokuratura, IIV, MXX, Adliya vazirligi, DBQ, DSQ
-
-
Idoraviy hujjatlar.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning asosiy vazifasi qonun buzilishi holatlarini fosh etish
va choralar ko‘rish emas, balki mazkur holatlarning barvaqt oldi olinishi, profilaktika qilinishini ta’minlash hisoblanadi. Shu sababli ularning faoliyatni tashkil etish uslublarini tubdan o‘zgartirish lozim.
105.
“Xizmat faoliyatini samarali tashkil etish” mavzuida huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar xodimlari ishtirokida o‘quv-seminarlarini tashkil etish.
Yil davomida
Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, IIV, MXX, DBQ, DSQ