1. Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə25/39
tarix11.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#123971
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39
-

-

Idoraviy hujjatlar. Ularda:
fuqarolarga huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyati to‘g‘risida ma’lumot taqdim etish va OAV bilan hamkorlik mexanizmlari;
huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tarkibiy tuzilmalarining faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlarni ularning rasmiy veb-saytlarida (veb-sahifalarida) joylashtirish nazarda tutiladi.

2.6. Yuridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish

114.

Jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va xo‘jalik ishlarining ko‘rilishida advokatning rolini kuchaytirish maqsadida:
advokat tomonidan dalillarni to‘plash va ularni jinoyat ishi materiallariga qo‘shish mexanizmi;
sudgacha va sudda ish yuritishda advokat tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan masalalar bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlardan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni, ekspertlarning yozma xulosalarini, mutaxassislarning ma’lumot-maslahatlarini so‘rash va olish tartibini aniqlashtirish;
fuqarolik va xo‘jalik nizolarini sudgacha hal qilish jarayonida, shuningdek jinoyat protsessida tomonlarni yarashtirish tartib-taomilida advokat ishtirokini kengaytirish;
sud ishini yuritishda ishtirok etish uchun advokat orderini rasmiylashtirish va taqdim etish tartibini qayta ko‘rib chiqish.

2017-yil III chorak

Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi, Oliy sud,
Oliy xo‘jalik sudi, Bosh prokuratura, IIV, MXX

-

-

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Sudda ish yuritishda tomonlarning teng huquqliligi va tortishuvi to‘liq ta’minlanadi, yuridik yordam ko‘rsatish borasida advokatlarning vakolatlari kengaytiriladi, fuqarolik va xo‘jalik nizolarini sudgacha hal qilish jarayonida, shuningdek, jinoyat protsessida tomonlarni yarashtirish tartib-taomilida advokat ishtiroki kengaytiriladi.

115.

Advokatura institutini yanada mustahkamlash maqsadida:
advokatlarga hakamlik sudlarida hakam sifatida ishtirok etish huquqini berish;
advokat so‘rovini ko‘rib chiqish tartibi va muddatlarini aniqlashtirish;
advokatlar va advokatlik tuzilmalari daromadlarini soliqqa tortish tizimini maqbullashtirish;
advokatga litsenziya berish
va uni intizomiy javobgarlikka tortish masalasida davlat organlarining rolini kamaytirish;
advokatlik litsenziyasi faoliyatini to‘xtatish, tugatishning sud tartibini bosqichma-�osqich joriy etish;
advokatlik tuzilmalarining yangi tashkiliy-huquqiy shakllarini joriy etish,
shu jumladan, xorijiy advokatlik tuzilmalariga hamda O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish imkoniyatini yaratish;
tadbirkorlik subyektlariga huquqiy xizmat ko‘rsatuvchi korporativ yuridik maslahatlar va yuridik konsaltinglarni rivojlantirish.

2017-yil IV chorak

Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi, Oliy sud,
Oliy xo‘jalik sudi, Bosh prokuratura, IIV, MXX, DSQ,
Moliya vazirligi

-

-

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Advokatlik faoliyatining kafolatlari yanada kuchaytiriladi, advokatlik tuzilmalarining yangi tashkiliy-huquqiy shakllarini joriy etish orqali xalqaro-huquqiy, fuqarolik-huquqiy va xo‘jalik-huquqiy masalalar bo‘yicha hamda tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan huquqiy xizmatlarning sifati yanada oshiriladi.

116.

Notariat va Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FH�Yo) organlari tizimini isloh etish. Xususan:
bosqichma-bosqich notariatning faol budjetdan tashqari modeliga o‘tish va uni fuqarolik-huquqiy va xo‘jalik nizolarini oldini olishga qaratilgan institut sifatida yanada rivojlantirish;
notarius lavozimiga nomzodlar uchun stajirovka muddatini qisqartirish;
notarius yordamchisiga hujjat nusxalari to‘g‘riligini tasdiqlash vakolatini berish;
notariuslarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibini joriy etish;
majburiy notarial tasdiqlanadigan bitimlar turlarini maqbullashtirish;
notarial idoralarga elektron murojaat qilish tartibini belgilash;
davlat bojini elektron
to‘lov tizimidan foydalangan holda qabul qilish tartibini joriy etish;
muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
FHDY organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-texnologiyalarini joriy etish.

2017-yil IV chorak

Adliya vazirligi, Markaziy bank, Axborot texnologiyalari vazirligi,
Moliya vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Budjetdan tashqari mablag‘lar

Qonun hujjatlariga va idoraviy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimch�lar kiritiladi.
Kiritiladigan ushbu o‘zgartishlar fuqarolik-huquqiy va xo‘jalik nizolarini oldini olishga qaratilgan institut sifatida notarial idoralarni yanada rivojlantirishga, aholiga qulay va sifatli huquqiy yordam ko‘rsatilishiga, notarial idoralarni malakali mutaxassislar bilan to‘ldirishga, notarial idoralar va FHDY organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etishga xizmat qiladi.


Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin