1. Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar


Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə35/39
tarix11.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#123971
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
4.4. Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish

259.

2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish Dasturini ishlab chiqish.

2017-yil I chorak

OvaO‘MTV,
Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik
va idoralar

-

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Loyiha bilan:
akademik sohada, o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, o‘quv jarayonini tashkil etish, pullik xizmatlar ko‘rsatish va moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini izlashda oliy o‘quv yurtlarining vakolatlarini kengaytirish yo‘li bilan ularning mustaqilligini bosqichma-bosqich rivojlantirish;
milliy kadrlarning raqobatbardoshligi va umumjahon amaliyotiga asoslangan oliy ta’lim milliy tizimining sifati oshishiga, Bolonya jarayoni ishtirokchi-mamlakatlari diplomlarini o‘zaro tan olish, o‘qituvchi va talabalar bilan almashuv dasturlarini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi 1999-yil 19-iyundagi Bolonya deklaratsiyasiga qo‘shilish masalasini ko‘rib chiqish.

260.

Maktabgacha ta’lim muassasalarining 106 tasini rekonstruksiya qilish va 195 tasini kapital ta’mirlash, shuningdek, ularni mebel va boshqa inventarlar bilan ta’minlash.

Yil davomida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Xalq ta’limi vazirligi,
Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi, Davarxitektqurilish

Qurilish-montaj ishlari uchun — 195 000,0

Budjetdan tashqari ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari,

Respublikadagi 301 ta maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi.

42 200,0

Davlat budjeti mablag‘lari

261.

Respublikadagi 367 ta umumta’lim maktabining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jumladan:
9 ta yangi maktab qurish;
268 ta maktabni rekonstruksiya qilish;
90 ta maktabni kapital ta’mirlash;
maktablarni mebel, o‘quv-laboratoriya jihozlari va boshqa inventarlar bilan ta’minlash.

Yil davomida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Xalq ta’limi vazirligi,
Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi, Davarxitektqurilish

Qurilish-montaj ishlari uchun — 389 200,0
Jihozlash ishlari uchun — 59 000,0

Budjetdan tashqari ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Respublikadagi 367 ta umumta’lim maktabining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi.
O‘quvchilarning ta’lim olishlari va o‘qituvchilarning faoliyat yuritishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi.

262.

Respublikadagi 135 ta o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jumladan:
44 ta o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini rekonstruksiya qilish;
91 ta o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini kapital ta’mirlash.

Yildavomida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi,
Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi, Davarxitektqurilish

246 400,0

Budjetdan tashqari ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Respublikadagi 135 ta o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi.
O‘quvchilarning ta’lim olishlari
va o‘qituvchilarning faoliyat yuritishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi.

263.

Hududlardagi oliy ta’lim muassasalari uchun ilmiy-pedagogik kadrlar zaxirasini yaratish maqsadida tayanch oliy ta’lim muassasalarida magistratura va doktoranturaga maqsadli qabul kvotalarini joriy etish.

2017 yil mart

OvaO‘MTV,
Fanlar akademiyasi, Iqtisodiyot vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar

-

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha qaroriga taalluqli takliflar ishlab chiqish.
Hududlardagi oliy ta’lim muassasalari uchun ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlanadi.
Chekka hududlar uchun joylarda mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish uchun sharoitlar yaratiladi.

264.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi o‘quv sinflari va guruhlaridagi o‘quvchilarning sonini optimallashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2017-yilII chorak

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengash, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq ta’limi vazirligi,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

-

-

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim sifati oshadi.

265.

Bolalar sportining ommaviyligini oshirish hamda musiqa va san’at ta’limini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish.
251 ta umumta’lim maktabi, 12 ta bolalar va o‘smirlar sport maktabida sport zallarini qurish, 9 ta yopiq suzish havzasini qurish va 2 tasini rekonstruksiya qilish, 8 ta bolalar musiqa va san’at maktabini yangidan qurish va 12 tasini rekonstruksiya qilish.

Yildavomida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Xalq ta’limi vazirligi,
Madaniyat va sport vazirligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi,
Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Davarxitektqurilish

373 200,0

Bolalar sportini rivojlan-tirish jamg‘armasi mablag‘lari

Chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Bolalar sportining ommaviyligini oshirish hamda musiqa va san’at ta’limini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratiladi.

266.

Aholining ijtimoiy nochor qatlamlari sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida inklyuziv ta’lim tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish.

2017-yilIV chorak

Xalq ta’limi vazirligi, OvaO‘MTV, Moliya vazirligi, Davlat test markazi, O‘zNNTMA

-

-

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.
Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:
nogiron bolalarni zarur maxsus adabiyotlar va qo‘llanmalar bilan ta’minlashni qamrab oluvchi inklyuziv ta’lim tizimini yanada rivojlantirish;
inklyuziv ta’lim tizimi o‘qituvchilariga imtiyozlar berish, jismoniy imkoniyati cheklangan talabalarning oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish;
nogiron bolalarni uyda o‘qitadigan pedagoglarning ishini rag‘batlantirish.

267.

Ilm-fan sohasini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2017-yil IV chorak

Fanlar akademiyasi, OvaO‘MTV,
Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi,
Fan va texnologiyalar agentligi,
Oliy attestatsiya komissiyasi

-

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi. Loyihada quyidagi masalalar aks ettiriladi:
ilmiy-tadqiqot muassasalarining innovatsion infratuzilmasini rivojlantirish, istiqbolli sohalarda kichik innovatsion korxonalar, texnoparklarni tashkil etish (biotexnologiya, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati, elektrotexnika, robototexnika, metallurgiya, nanotexnologiya);
intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni (mualliflik huquqi, turdosh huquqlar, ixtirolarga bo‘lgan huquqlar va boshqalar) buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish, shuningdek bu sohadagi davlat nazoratini kuchaytirish.


Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin