Diniy ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish bo‘yicha tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni kuchaytirish.
2017-yil IV chorak
IIV, MXX, DBQ,
Bosh prokuratura,
Mudofaa vazirligi
-
-
Chora-tadbirlar dasturi.
Diniy ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish amaliyotini o‘rganib, ushbu yo‘nalishda tashkiliy-amaliy tadbirlarni yanada kuchaytirish yuzasidan takliflar tayyorlash va kiritish.
Mazkur chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ushbu sohadagi jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha samarali usullarni ishlab chiqish imkonini beradi.
84.
Davlat organlari xodimlari, ta’lim muassasalari o‘quvchilari va jamoatchilik o‘rtasida terrorizm, ekstremizm va boshqa jinoiy faoliyatni oldini olishga qaratilgan kompleks profilaktik-tushuntirish tadbirlarini o‘tkazish. Ushbu mavzularda bir qator radio va teledasturlar tashkil etish.
Yil mobaynida
IIV, OvaO‘MTV,
Bosh prokuratura, Xalq ta’limi vazirligi,
MTRK, “Mahalla” jamg‘armasi, “Kamolot” YIH, vazirlik va idoralar
-
-
Kompleks profilaktik-tushuntirish tadbirlari.
Ushbu hujjatning qabul qilinishi jamiyatda terrorizm, ekstremizm va boshqa jinoiy faoliyatni oldini olishga qaratilgan ishlarning samarali tizimi yaratilishiga, ushbu sohada davlat organlari va jamoatchilikning o‘zaro hamkorligi mexanizmini yanada takomillashtirishga imkon beradi.
85.
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.
2017-yil I chorak
Bosh prokuratura, MXX, IIV,
Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar
-
-
O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Loyihaning qabul qilinishi amaldagi qonunchilikni yangi qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun normalariga muvofiqlashtirish imkonini beradi.
86.
Ichki ishlar organlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari va samaradorligini kompleks o‘rganish, tahlil qilish va baholash, birinchi navbatda, quyidagi sohalarda:
fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish;
huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv va dastlabki tergovni olib borish;
faoliyatning shaffofligini, ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlikni, ish natijalari to‘g‘risida aholini xabardor qilishni ta’minlash;
axborot-tahliliy ishlarni tashkil etish va faoliyatni normativ-huquqiy ta’minlash;
jazoni ijro etish, xorijga chiqish, kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish, yo‘l harakati xavfsizligini, yong‘in xavfsizligini ta’minlash hamda qo‘riqlash tuzilmalari faoliyati;
ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish.
2017-yil I chorak
Vazirlar Mahkamasi, IIV, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi
-
-
Kompleks o‘rganish.
O‘rganish natijasida ichki ishlar organlariga qonun bilan yuklatilgan vazifa va vakolatlarning amaliyotda samarali bajarilayotganligi holati, fuqarolarning huquqlari va erkinliklari, jamoat xavfsizligi ta’minlanayotganligi darajasi tahlil qilinib, ushbu yo‘nalishda tegishli takliflar ishlab chiqiladi.
87.
Quyidagi loyihalarni ishlab chiqish va kiritish:
“O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy organlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni;
profilaktika inspektorlari faoliyatini tashkil etish prinsiplari, ular faoliyatini baholashning mezonlari, profilaktika inspektori lavozimiga tayinlanadigan shaxslarga qo‘yiladigan talablar, ularning vazifa va funksiyalari, huquq va majburiyatlari, o‘zaro hamkorlikni, shu jumladan, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va aholi bilan hamkorlikni amalga oshirish tartibini nazarda tutuvchi Ichki ishlar organlari tayanch punktlari to‘g‘risidagi nizom;
ichki ishlar organlari xodimi lavozimiga nomzodlarga qo‘yiladigan malakaviy talablar, kadrlarni tanlov asosida olish jarayonlari, ichki ishlar organlari xodimlari faoliyati samaradorligini baholashning aniq mezonlarini nazarda tutuvchi ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom;
ichki ishlar organlari xodimlari xulq-atvorining yangilangan qoidalari, xodimlarni tarbiyalash va xizmat vazifalari lozim darajada bajarilishini ta’minlash maqsadida tuzilmalar rahbarlarining xodimlar bilan yakka tartibda ish olib borganligi uchun shaxsiy javobgarlik choralarini nazarda tutuvchi Ichki ishlar organlarining Intizom ustavi.
2017-yil I chorak
Vazirlar Mahkamasi, IIV,
Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi
-
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi.
Loyiha bilan Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy organlari, shu jumladan, tayanch punktlari faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanadi, amaliyotda mavjud muammolarni hal qilish bo‘yicha tegishli mexanizmlar ishlab chiqiladi.
88.
Tuman (shahar) ichki ishlar organlari tuzilmasida quyidagilarni ta’sis etish:
belgilangan shtatlar soni doirasida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari — voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi boshlig‘i lavozimi;
axborot-tushuntirish, targ‘ibot ishlarini amalga oshirishga, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni ta’minlashga va jamoatchilik bilan aloqa o‘rnatishga mas’ul bo‘lgan matbuot kotibi lavozimi;
faoliyatga yuridik xizmat ko‘rsatishni ta’minlovchi, xodimlarni huquqiy himoya qiluvchi yuridik xizmat tuzilmasi yoki yuriskonsult lavozimi.
2017-yil I chorak
IIV
-
-
Qonun hujjatlari loyihalari.
Ushbu hujjatning qabul qilinishi tuman (shahar) ichki ishlar organlari tuzilmasini takomillashtirish, ularning voyaga yetmaganlar, ommaviy axborot vositalari bilan ishlash, yuridik xizmat ko‘rsatishga oid faoliyatini kuchaytirish imkonini beradi.
89.
Ichki ishlar organlari huquqiy bazasi va norma ijodkorligi faoliyatining shaffofligi va erkinligini quyidagi yo‘llar bilan ta’minlash:
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor maxfiy tusdagi normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlarning sonini qisqartirish;
vazirlikning maxfiy bo‘lmagan idoraviy hujjatlari (buyruqlar, nizomlar, qoidalar, yo‘riqnomalar) elektron bazasini, shu jumladan, Internet tarmog‘i orqali erkin kiriladigan bazani yaratish.
2017-yil III chorak
IIV,
Bosh prokuratura,
Adliya vazirligi
-
-
Aniq chora-tadbirlar.
Mazkur chora-tadbirlarning ko‘rilishi vazirlik faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, bu haqdagi mavjud axborotlardan erkin foydalanish imkonini beradi.
90.
Barcha darajadagi hokimlarning, prokuratura va ichki ishlar organlarining aholi oldida hisobot berish tizimini joriy etish maqsadida “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi, “Prokuratura to‘g‘risida”gi, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”giO‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.
2017-yil III chorak
Oliy Majlis palatalari
(kelishuv asosida),
Vazirlar Mahkamasi,
Bosh prokuratura,
Adliya vazirligi,
IIV, AQHMI, FJShMQMI,
fuqarolik jamiyati institutlari
-
-
O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Loyiha:
huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash holati yuzasidan Oliy Majlis palatalari tomonidan ichki ishlar vazirining yillik hisobotini eshitish tartibini joriy qilishni;
barcha darajadagi hokim, prokuratura va ichki ishlar organlarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, shuningdek, aholi oldida hisobotlarini eshitish tartibi va mexanizmlarini huquqiy tartibga solishni nazarda tutadi.
91.
“Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish. Unda quyidagi munosabatlarni tartibga solish nazarda tutiladi:
normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatishning amaliy tashkiliy-huquqiy mexanizmlari;
huquqiy axborotni tarqatishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va ularning vakolatlari;
normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganidan so‘ng ularning foydalanuvchigacha yetkazish bosqichlari;
qabul qilingan qonun va qonunosti hujjatlarining konsepsiyalari, tushuntirish xatlarini e’lon qilish tartibi va boshqalar.
2017-yil II chorak
Oliy Majlis palatalari
(kelishuv asosida),
Adliya vazirligi,
Bosh prokuratura,
Oliy sud
-
-
O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Bunda qabul qilingan qonun hujjatlarini aholi va ijrochilarga o‘z vaqtida yetkazishning yaxlit tizimi yaratiladi.