1. Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qaroriga 2-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘qituvchilar va o‘quvchilar turmushi moddiy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 20-avgustdagi 409-son qarorida: a) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “5. Xalq ta’limi vazirligi: a) 2021-yil 1-sentabrdan boshlab quyidagilarni har yili: birinchi sinf o‘quvchilari hamda kasalligi tufayli yakka tartibda uyida ta’lim oladigan nogiron bolalar uchun beriladigan o‘quv qurollari to‘plami; maktablardagi barcha 1 — 11-sinflar o‘quvchilarining 15 foizidan ko‘p bo‘lmagan kam ta’minlangan oilalarga mansub o‘quvchilarni zamonaviy yagona maktab formasi to‘plamlari; b) 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab 1-sinfga qabul qilinadigan ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun maxsus o‘quv qurollari to‘plami bilan bepul ta’minlash joriy qilinsin”; b) quyidagi mazmundagi 51 va 52-bandlar bilan to‘ldirilsin: “51. 2022/2023 o‘quv yilida 1-sinfga qabul qilinadigan ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun maxsus o‘quv qurollari to‘plami ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 52. 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab o‘quv qurollari ro‘yxati va sonini tasdiqlash vakolati Xalq ta’limi vazirligiga berilsin”; v) quyidagi mazmundagi ilova bilan to‘ldirilsin: “Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-avgustdagi 409-son qaroriga ILOVA 2022/2023 o‘quv yilida 1-sinfga qabul qilinadigan ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun maxsus o‘quv qurollari to‘plami RO‘YXATI
Yüklə 212,52 Kb. Dostları ilə paylaş: |