O‘zbekiston Respublikasida innovatsion faoliyatning hozirgi holati va uni rivojlantirish kontseptsiyasi asoslari
Dunyoda ilmiy-texnik salohiyat tez sur’atlarda rivojlanish bilan bir qatorda ishlab chiqarishning asosiy omillarini intelektualizatsiya qilish o‘sib bormoqda. Innovatsiyalarni joriy etish iqtisodiy o‘sishning va bozorning raqobatbardoshligini ta’minlashning muhim omiliga aylandi.
Jahon iqtisodiyotida inqirozi sharoitlarida korxonalar va ilmiy jamoalarga ajratilayotgan mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirish masalasi birinchi o‘ringa chiqadi. Shu maqsadlarda Evropa Ittifoqi davlatlarida har yili “yevropa innovatsiyalar tablosi” (European Innovation Scoreboard — EIS) nashr etiladi. Faoliyat ko‘rsatuvchilar muhitini tahlil qilish usuli asosida bir qator Evropa Ittifoqi davlatlari uchun texnik samaradorlik ko‘rsatkichlari hisoblab chiqilgan. Olingan natijalar asosida barcha davlatlar 4 guruhga birlashtirilgan: innovatsion lider davlatlar; innovatsion izdoshlar; mo‘’tadil innovator bo‘lgan mamlakatlar; innovatsion rivojlanishdan orqada qolgan davlatlar.
Ushbu usul yordamida quyidagi ko‘rsatkichlar tahlil qilib boriladi:
axborot kommunikatsiya texnologiyalari eksporti, jami eksportga nisbatan.
Umuman olganda hozirgi davrda innovatsion iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini belgilaydigan hal qiluvchi omil – bu ilmiy tadqiqot va tamoyil jihatidan yangi mahsulot turlarini yaratish uchun ishlanmalar natijalaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan mamlakatning innovatsion muhitini shakllantirish va rivojlantirish, mahsulotlarni ishlab chiqarishning yangi texnologiyalarini yaratish va ishlatish hamda keyinchalik bozorda joriy etish va sotishdir.
2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib iqtisodiy o‘sish sifati va aholi turmush farovonligi darajasiga erishishning birdan-bir yagona yo‘li innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar asosida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va sohalarini innovatsion rivojlanishini ta’minlash hisoblanadi.
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida yangi innovatsion turdagi mahsulotlar ulushi Germaniyada 69,7%, Buyuk Britaniyada 43,7%, Norvegiyada 41%ni tashkil etgan66. O‘zbekiston sanoatining bir qator tarmoqlarida yangi innovatsion turdagi tayyor mahsulotlarning yaratilishi va ishlab chiqarilayotgan tovarlar nomenklaturasining kengaytirilishi natijasida sanoatni diversifikatsiyalash darajasi o‘sdi. Masalan, 2005 - 2018 yillar davomida tarmoqning umumiy ishlab chiqarish hajmida yangi innovatsion turdagi mahsulotlarning ulushi: engil sanoatda 0,02 %dan 2,2 %ga; oziq - ovqat sanoatida 0,6%dan 2,5 %ga; kimyo va neft - kimyo sanoatida 1,7 %dan 7,5 %ga; metallurgiyada 0,1%dan 6,8%ga o‘sgan. Shu tufayli, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida yangi innovatsion turdagi
mahsulotlar ulushi 2008 yildagi 4,5 %dan 2018 yilda 9,6 %gacha o‘sgan va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 138,8 % ni tashkil etgan67.
O‘zbekiston Respublikasini innovatsion iqtisodiyotga o‘tishi mamlakat YaIMda innovatsion mahsulotlar, ishlar va xizmatlar hajmini o‘sishiga hamda unda faoliyat olib borayotgan korxona va tashkilotlar sonining o‘sishiga olib kelmoqda. Masalan, innovatsion mahsulotlar hajmi 2008 yilda 1325 mlrd so‘mdan 2018 yilga kelib 21746 mlrd so‘mga ortgan. Shunga mos ravishda innovatsion mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar soni respublikamizda 2010 yilda 289 tadan 2018 yilga kelib 8,5 barobarga ko‘payib 2456 taga etgan. Jumladan, birinchi marta innovatsion mahsulotlar, ishlar, xizmatlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirgan korxonalar soni 1007 taga ko‘paygan.
O‘zbekiston Respublikasida innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish, yuqori iqtisodiy o‘sish sifati darajasiga erishish, yuqori texnologik mahsulotlar bozoriga kirib borish va innovatsion texnologiyalar bozorida o‘z o‘rnini egallash uzoq bozor davrini va katta miqdordagi xorijiy investitsiyalarni talab etadigan murakkab jarayondir. Respublikamizda asosiy kapitalga kiritilgan xorijiy investitsiya va kreditlarning moliyalashtirish manbalaridagi ulushi 2005 yilda 21,7 %ni, 2010 yilda 28,8%ni, 2015 yilda 21,4 %, va 2018 yilga kelib 29,2 %ni tashkil qilib o‘sib
bormoqda. 2018 yilda milliy iqtisodiyotda 31350,0 mlrd. so‘m. asosiy kapitalga xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi68.
Xususan, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy hamda innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari hamda texnoparklarni tashkil qilishga alohida e’tibor qaratilgan.
13.1-rasm. O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan innovatsion mahsulotlar, ishlar, xizmatlar hajmi va xarajatlar dinamikasi (2010-2018 yillar)69 Shu bilan birga, ilg‘or xorijiy tajriba, jahon fanining zamonaviy yutuqlari, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar asosida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal innovatsion rivojlantirishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi PF- 5264 sonli farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilangan:
mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishning uzoq muddatli stsenariylari asosida ustuvor soha va tarmoqlarni innovatsion rivojlantirishning kelajakdagi modellarini shakllantirish imkonini beradigan strategik rejalashtirish
67 Ўзбекистон Республикасининг ижтимоий-иқтисодий ҳолати. –Т. 2019.-Б. 69.
68 Ўзбекистон Республикаси Давлат статистика қўмитаси. (Асосий капиталга инвестициялар) . Т. 2018. – Б.1 tizimini yaratish;
davlat xizmatlari ko‘rsatishning tartib-taomillarini optimallashtirish va soddalashtirishni, davlat boshqaruvi organlari faoliyatining samaradorligini oshirishni ta’minlaydigan davlat boshqaruvining innovatsion shakllarini joriy etish;
ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g‘oyalari va ishlanmalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish, shuningdek, ushbu faoliyatda iqtidorli yoshlar faol ishtirok etishi uchun qulay sharoitlar yaratish;
innovatsiya faoliyati sohasida ilg‘or xorijiy (xalqaro) tashkilotlar bilan, shu jumladan ularni nou-xau, nanotexnologiyalar va yuqori texnologik tovar (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish bo‘yicha uzoq muddatli hamkorlik o‘rnatish, 2017- 2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasining “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari”da belgilangan chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish maqsadida “Davlat boshqaruvi tizimiga strategik rejalashtirishning zamonaviy shakllari, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish”ga qaratilgan davlat siyosatini qadam-baqadam izohlab beradigan kontseptsiya ishlab chiqilgan bo‘lib, u 10 ta pog‘onadan iborat. Dastlabki beshta pog‘ona iqtisodiyotda innovatsiyalar uchun qulay muhitni shakllantirish zarurligini ko‘rsatadi. Bu vazifalar ado etilgan taqdirdagina innovatsion taraqqiyot uchun qulay muhit yaratish, shunda O‘zbekistonda innovatsiyalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash samara berishi mumkin.
Qulay muhitni ta’minlashdan tashqari, innovatsiya siyosatining uzviy tarkibiy qismi bo‘lmish ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish ham muhim hisoblanadi. Faol moliyaviy qo‘llab-quvvatlash siyosati davlat uchun jozibaliroq. Chunki u aniq o‘lchanadigan natijalarga tezroq erishishini ko‘zlaydi. Jozibali muhitni yaratish esa unga nisbatan uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, murakkab tizimlashtiriladi va unda kim aniq naf oluvchi ekanini oldindan bilib bo‘lmaydi. Hozirda muhokamada bo‘lgan “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida innovatsion siyosat 5 yil muddatga tasdiqlanuvchi Milliy innovatsion tizimni rivojlantirish davlat dasturi orqali amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Innovatsiyalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash davlat uchun jozibador bo‘lsa-da, aynan qulay muhit yaratishga ustuvorlik berilishi kerak. Innovatsion taraqqiyotda muvaffaqiyatlarga erishgan barcha mamlakatlar, qanday model doirasida rivojlanmasin, birinchi navbatda, qulay innovatsion muhit yaratib olgan.