1. Diniy ta’limotlar talqini. Dinlar negizida shakllangan qadriyatlar haqiqiyligini tahlil qilish


Din — tabiat, jamiyat inson va uning ongi



Yüklə 29,11 Kb.
səhifə3/4
tarix26.11.2023
ölçüsü29,11 Kb.
#135326
1   2   3   4
33499-DINLARNI TADQIQ\'ETISH-METODOLOGIYASI TIPOLOGIK,-QIYOSIY,

3.Din — tabiat, jamiyat inson va uning ongi.
Din — tabiat, jamiyat inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri insoniyatni bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo‘lgan, uni yaratgan ayni zamonda insonlarga to‘g‘ri, haqiqiy, odil hayot yo‘lini ko‘rsatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash ta’limotdir. U muayyan ta’limotlar, his-tuyg‘ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo‘ladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyatning ilk tarixidan to bizgacha o‘tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishidir. Din komil insonni tarbiyalashda salmoqli tarbiyalovchi qudratga ega bo‘lgan ma’naviy-axloqiy kuchdir. Dinlarni o‘rganishda muayyan mezon asosida tasnif etib, tadqiq etish lozim bo‘ladi. Bu dinlarning tarixi, e’tiqodiy asoslari, aqidalari, shuningdek, bir-biriga qilgan ta’siri kabi jihatlarining chuqur va har tomonlama mukammal o‘rganilishiga zamin yaratadi. Dinlar unga e’tiqod qiluvchilarning soni, miqyosi, o‘zining ma’lum millat yoki xalqqa xosligi yoxud millat tanlamasligiga ko‘ra turli guruhlarga bo‘linadi. Bu guruhlar son jihatdan qancha bo‘lishidan yoki nazariy jihatdan qanchalik yetuk bo‘lishidan qat’i nazar, ularni mutlaqlashtirib bo'lmaydi. Chunki har qanday tasnif ma’lum bir jihatga e’tibor berib, boshqa qirralarni qamrab ololmaydi.
Buddaviylik va hinduviylikda ko‘ringani kabi Xitoy va Yapon dinlarida bu manzara yorqin oydinlashadi. Dinlarning bu guruhi axloqiy tartiblarni keltirib chiqargan falsafani mavjudlik va tiriklikni birinchi o‘ringa qo‘yishi bilan alohida ajralib turadi. Bu axloqiy tartiblarga so‘fiylik tariqati orqali erishiladi va amalga oshadi. Shuning uchun ular falsafiy-axloqiy-tasavvufiy dinlardir.
Bunga muqobil ravishda ba’zi dinshunoslar yakkaxudolik dinlarini «tashri’iy (qonunchilik asoslariga ega) dinlar» deb ham ataydilar. Bu dinlar insonlar hayotini tartibga solish uchun ilohiy vahiy orqali ta’sis etilgan shar’iy ko‘rsatma va qonunlarga asoslanadi. Shariat xususiyatlaridan biri — mas’uliyatli vazifa yuklash. Inson ilohiy qonunlar va hukmlarga bo‘ysunishi va majburiyatlarni to‘liq bajarishi lozim. Yakkaxudolik dinlaridagi diniy-shar’iy majburiyatlar so‘fiylik dinlaridagi tariqatga muqobil keladi. Lekin axloq Uzoq Sharq dinlaridagi so‘fiylik tariqatlariga bog‘liq bo‘lishi bilan vahiy dinlaridagi shariat bilan ham bog‘liqdir.
Ba’zi dinshunoslar Uzoq Sharq dinlarini «nirvana dinlari» deb ham ataydilar. Chunki, bu dinlar insonning najot topishi hamda uni dunyo qiyinchiliklari, baxtsizlik va azob-uqubatlaridan chiqarib, nirvanaga erishishga harakat qiladi. Nirvana — insonning o‘tkinchilikdan xalos bo‘lib, osoyishtalik qaror topadigan yoki inson ruhi olam ruhi bilan qo‘shilib ketadigan zehniy holatdir. Bu hinduviylikda «hoi» deb ataladi yoki nirvanada fano topish — yo‘q bo'lib ketish. Bu insonning baxtsizlik, qiyinchiliklar va azob-uqubatlarga sabab bo‘ladigan moddiy talab-ehtiyojlar va dunyoviy olamga ehtiyojmandlikni his etmaydigan ruhiy osoyishtalik va yo‘qlik holatidir.
Dinlarning maxsus tasniflari borasidagi mazkur tafsilotlardan ma’lum bo‘ladiki, dinlarning mavzusiga ko‘ra tasnif dinlardan tashqarida bolgan qandaydir tashqi omillarga emas, diniy tushuncha va omillarga asoslanganligi uchun eng maqbul va afzal tasnif hisoblanadi. Shu sababli tasnifning bunday turi din tarixi fani bilan bog‘liq diniy fanlar va dinlarni qiyosiy o‘rganishda keng tarqalgan.



Yüklə 29,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin