1. Ehtimollar nazariyasining predmeti. Tasodifiy hodisalar, ularning klassifikatsiyasi


Tasodifiy hodisalar, ularning klassifikatsiyasi



Yüklə 172,4 Kb.
səhifə2/6
tarix03.06.2023
ölçüsü172,4 Kb.
#127719
1   2   3   4   5   6
1. Ehtimollar nazariyasining predmeti. Tasodifiy hodisalar, ular

2. Tasodifiy hodisalar, ularning klassifikatsiyasi


Dastlab ehtimollar nazariyasining asosiy tushunchalaridan biri “tasodifiy hodisa” tushunchasini keltiramiz. Natijasini oldindan aytib bo‘lmaydigan tajriba o‘tkazilayotgan bo‘lsin. Bunday tajribalar ehtimollar nazariyasida tasodifiy deb ataladi.
Tasodifiy hodisa(yoki hodisa) deb, tasodifiy tajriba natijasida ro‘y berishi oldindan aniq bo‘lmagan hodisaga aytiladi.
Hodisalar, odatda, lotin alifbosining bosh harflari …lar bilan belgilanadi.
Tajribaning har qanday natijasi elementar hodisa deyiladi va orqali belgilanadi.
Tajribaning natijasida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan barcha elementar
hodisalar to‘plami elementar hodisalar fazosi deyiladi va orqali belgilanadi.
1.1-misol. Tajriba nomerlangan kub(o‘yin soqqasi)ni tashlashdan iborat bo‘lsin. U holda tajriba 6 elementar hodisadan hodisalar lardan iborat bo‘ladi. hodisa tajriba natijasida ochko tushishini bildiradi. Bunda elementar hodisalar fazosi: .
Tajriba natijasida albatta ro‘y beradigan hodisaga muqarrar hodisa deyiladi.
Elementar hodisalar fazosi muqarrar hodisaga misol bo‘la oladi.
Aksincha, umuman ro‘y bermaydigan hodisaga mumkin bo‘lmagan hodisa deyiladi va u orqali belgilanadi.
1.1-misolda keltirilgan tajriba uchun quyidagi hodisalarni kiritamiz:
A={5 raqam tushishi};
B={juft raqam tushishi};
C={7 raqam tushishi};
D={butun raqam tushishi};
Bu yerda va hodisalar tasodifiy, hodisa mumkin bo‘lmagan va D hodisa muqarrar hodisalar bo‘ladi.

3. Hodisalar ustida amallar.


Tasodifiy hodisalar orasidagi munosabatlarni keltiramiz:
va hodisalar yig‘indisi deb, va hodisalarning kamida bittasi(ya’ni , yoki , yoki va birgalikda) ro‘y berishidan iborat ( ) hodisaga aytiladi.
va hodisalar ko‘paytmasi deb, va hodisalar ikkalasi ham (ya’ni va birgalikda) ro‘y berishidan iborat ( )hodisaga aytiladi.
hodisadan hodisaning ayirmasi deb, hodisa ro‘y berib, hodisa ro‘y bermasligidan iborat ( ) hodisaga aytiladi.
hodisaga qarama-qarshi hodisa faqat va faqat hodisa ro‘y bermaganda ro‘y beradi(ya’ni hodisa A hodisa ro‘y bermaganda ro‘y beradi). ni uchun teskari hodisa deb ham ataladi.
Agar hodisa ro‘y berishidan hodisaning ham ro‘y berishi kelib chiqsa hodisa hodisani ergashtiradi deyiladi va ko‘rinishida yoziladi.
Agar va bo‘lsa, u holda va hodisalar teng(teng kuchli) hodisalar deyiladi va ko‘rinishida yoziladi.

Yüklə 172,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin