1. Ekonometrika fanining maqsadi, metodi va vazifalari. Iqtisodiy ma’lumotlarning statistik tabiati


Ekonometrik tenglamalar tizimi yordamida prognozlash uslubiyoti



Yüklə 3,37 Mb.
səhifə4/39
tarix08.11.2023
ölçüsü3,37 Mb.
#131410
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
1. Ekonometrika fanining maqsadi, metodi va vazifalari. Iqtisodi

3.Ekonometrik tenglamalar tizimi yordamida prognozlash uslubiyoti.
Ekonometrik tenglamalar tizimi uch xilga bo‘linadi:
a) Tizimga bir-biri bilan bog‘lanmagan tenglamalar kiradi. Har biri alohida yechilib, umumiy modelning bir qismi bo‘lib qoladi;

b) tizimga bir-biri bilan bog‘langan statistik xususiyatga ega bo‘lgan tenglamalar kiradi.Masalan, ishlab chiqarilgan mahsulotga bir nechta omillar, ya’ni ishchilar soni va asosiy fondlar o‘z ta’sir kuchini ko‘rsatadilar. O‘z navbatida, ishchilar soni aholi soni bilan va asosiy fondlar miqdori kapital qo‘yilmalar bilan bog‘langan. Buning natijasida ekonometrik tenglamalar tizimi quyidagi ko‘rinishda yozilishi mumkin:
Y = f (OPF, PPP),
PPP = f(L),
OPF = f (KK),
bu yerda Y - asosiy ko‘rsatkich, PPP - ishchilar soni, OPF - asosiy fondlar hajmi, L - aholi soni, KK - kapital qo‘yilmalar.
4.Ijtimoiy-iqtisodiy prognozlashning umumiy tushunchalari va obyektlari.
Prognoz - bu ehtimoliy yo‘nalishlar, ob’ektlar va hodisalarning rivojlanishi natijalari. Prognozlash - bu ob’ektni rivojlantirish istiqbolinibelgilab beradigan maxsus ilmiy tadqiqotlardir.
Prognozlash nima bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib beradi; rejalashtirish - bo‘lishi shart degan ma’noni bildiradi.
Prognozlash sohalari juda keng: geografik, geologik, ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy, tashqi-siyosiy, yuridik va h.k.
Iqtisodiy prognozlash – bu iqtisodiy jarayonlarni bilishning ilmiy usullari hamda prognozlashning barcha usul va yo‘llari yig‘indisini qo‘llash orqali iqtisodiy prognozlarni ishlab chiqishidir.
Iqtisodiy prognozlashning nazariy muhim muammolaridan biri prognozlar turlarining tuzilishi hisoblanadi. Turlar - har xil mezonlar va belgilariga asoslanib tuzilishi mumkin.
9-variant
1. Ekonometrik modellarni tuzishda qatnashadigan iqtisodiy ma’lumotlarga qo‘yiladigan talablar.
Korrelyatsion va regression tahlilni qo‘llash vaqtida, omillarni tanlab olish va ulardan modellarda foydalanish hamda baholashdagi asosiy qoidalar quyidagilardan iborat:

      1. Omillarni o‘rganish bilan qamrab olinadigan ro‘yxat chegaralangan, omillar esa nazariy asoslangan bo‘lishi lozim.

      2. Modelga kiritilgan barcha omillar miqdor o‘zgarishlarga ega bo‘lishi kerak.

      3. Tadqiq qilinayotgan to‘plam sifatli bir jinsli bo‘lishi lozim.

      4. Omillar o‘zaro funksional bog‘lanmasliklari shart.

      5. Kelajakda omillar o‘zaro ta’sirini ekstrapolyatsiya qilish uchun modellardan foydalanilayotgan vaqtda xarakter jiddiy o‘zgarmasligi, statistik mustahkam va barqaror bo‘lishi lozim.

      6. O‘rganilayotgan omillar tadqiq etilgan, natijaviy ko‘rsatkichli, mantiqan davriy bo‘lishi lozim.

      7. Regression tahlilda har bir omilning (x) qiymatiga bir xil regressiyali natijaviy o‘zgaruvchi (y) taqsimoti normal yoki yaqin darajada mos kelish lozim.

Demak, ekonometrik modellarga qo‘yiladigan asosiy talablar: 1) Modelda kuzatilayotgan "𝒚"ning o‘zgarishiga kuchli ta’sir qilayotgan asosiy omillar qatnashishi kerak; 2) Barcha bog‘liq bo‘lmagan "𝒙"omillar asosiy bog‘liq bo‘lgan omil "𝒚" bilan zich bog‘langan bo‘lishi kerak; 3) Bog‘liq bo‘lmagan "𝒙" omillar o‘zaro sust (kuchsiz) bog‘langan bo‘lishi kerak.
Iqtisodiy jarayonlar dinamikasini aks ettirish mohiyatiga ko‘ra, statik va dinamik modellar mavjud.

Yüklə 3,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin