ERITISH PECHLARI-ULARNING ASOSIY TASNIFI VA ISHLASH
PRINSIPLARI
Reja
1.Eritish pechlarining ishlash prinsipi.
2.Eritish pechlarining turlari
Metallurgiyada eritish pechlari alohida o‘rin tutadi. Chunki ularda quritish va
kuydirish jarayonlarida olingan tayyorlangan xomashyoni
eritib xomaki metall
olinadi. Metallurgiyada qo‘lla-niladigan eritish pechlarining turlari ko‘p bo‘lib
ularni tan-lash va qo‘llash qayta ishlanayotgan mahsulotning moddiy tarkibi-ga va
texnologik talablarga asoslangan holda amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda zamonaviy metallurgiya zavodlarida eritish pechlarining bir necha
turlari qo‘llanilib kelinmoqda. Shu bilan bir qatorda amaliyotda ko‘p yillardan
buyon foydalanilayotgan sama-radorligi yuqori bo‘lgan pechlar ham metallurgik
korxona-larda mavjuddir. Ularga yallig‘
qaytaruvchi pechlar, shaxtali pechlar,
marten pechlari misol bo‘lib, ular zamonaviy kislorod alangali eritish pechlari, ruda-
termik pechlar, elektr po‘lat eritish pechlari bilan birgalikda ishlatilib kelinmoqda.
Yallig‘ qaytaruvchi pech
- ishchi qismida yongan alanganing issiqligini pechning
linza shaklidagi shipidan qaytarilib, eritilayotgan shixtaga
uzatilishi hisobiga
shunday nomlangan.
Yallig‘ qaytaruvchi pechlarning mis, nikel metallurgiyasidagi aso-siy
agregatlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Ular rudalarni va
kam miqdorda metalli va
sulfidli minerali bo‘lgan boyitmalarni eritishda konverter shlaklarini qayta ishlashda
qo‘llanilib kelmoqda.
Yallig‘ qaytaruvchi pechlarni asosi (fundamenti) bir necha qavatdan iborat
bo‘lib, uning qalinligi 2-4 metrni tashkil etadi. Ustki qismi devorlari bir necha qator
o‘tga chidamli g‘ishtlardan terilgan bo‘lib, qalinligi 0,75–1,5 metrgacha yetadi. Pech
butun parametri bo‘ylab temir balkalar bilan mahkamlanib tortiladi. Texnologik
talablarga asosan yallig‘ qaytaruvchi pechlarning uzun-ligi 5 metrdan 30 metrgacha,
eni 2 metrdan 6 metrgacha bo‘lishi mumkin. Uning yuzasi 300-400m
2
ni
tashkil
etadi. Pechning bir yon boshidan o‘t yoqish forsunkasi o‘rnatilgan bo‘lib, ikkinchi
yonboshidan texnologik gazlar ajralib chiqadi. Yonish va oksidlanish jarayonini
davom ettirish maqsadida qutilarga havo beriladi yoki pastki qismdan havo so‘riladi.
Bu o‘z navbatida havo so‘rish yoki purkash orqali amalga oshiriladi. Tasmaning
harakatlanishi bo‘ylab mashinaning oxirgi qismigacha quyish va aglomeratsiyalash
jarayoni amalga oshiriladi.
Pechning asosiy qismlari quyidagilardan iborat:
pech ikkita mustahkam
balkaga o‘rnatilgan bo‘lib, u butun konstruktsiyani ko‘tarib turadi. Pechning ustki
qismiga harakatlanuvchi shiftidan iborat bo‘lib, uni harakatga kelitirish uchun
maxsus mexanizm bilan ta’minlangan.
Undan tashqari pech yonboshiga 45-60° burilish imkoniyatiga ega. Bu esa
jarayonda olingan mahsulotni kovshlarga quyish imkonini beradi.
Pechning ichki
qismi 500-800 mm gacha o‘tga chidamli materiallar bilan qoplangan. Pechga
elektrodlar o‘rnash-tirish alohida ahamiyatga ega. Chunki bu elektrodlar jarayon
davomida vertikal – yuqoridan pastga va aksinchi harakatlanadi.