|
|
səhifə | 7/8 | tarix | 06.04.2023 | ölçüsü | 83,5 Kb. | | #124889 |
| 1. Eski o‘zbek tili morfologiyasi haqida ma’lumot. Eski o‘zbek tBu səhifədəki naviqasiya:
- 11. –ma, -mä
- 12. -q, -k, -ğ, -g, -ïğ, -ig, -uğ, -üg, -ïq, -ik, -uq, -ük
- 14. -ču, -čü
10. –n, -in, -ïn, -un, -ün qo‘shimchasi. Negizga qo‘shilish tartibi –m niki singari bo‘lib, fe’l bildirgan harakat natijasida paydo bo‘lgan predmetni anglatadi: aqïn (“oqmoq”) “sel”, terin (“termoq”) “jamoa”, bulun (“topmoq”) “asir”, egin (<eg- “egmoq”) “yelka”.
11. –ma, -mä qo‘shimchasi. Qalin negizga –ma, ingichka –mä varianti qo‘shiladi. Fe’l anglatgan harakat natijasida paydo bo‘lgan va shu harakatni bajaruvchini ifodalaydi: yelmä (“yelmoq”) “tez otliq guruh”, kesmä (<kes“kesmoq”) “kokil”.
12. -q, -k, -ğ, -g, -ïğ, -ig, -uğ, -üg, -ïq, -ik, -uq, -ük qo‘shimchasining ham negizga qo‘shilish tartibi –m, -n affikslari singari bo‘lib, fe’l ifodalagan harakatni bajaruvchi va shu harakat bilan bog‘liq predmetni anglatadi: qaraq (<qara-“qaramoq”) “koʻz qorachiği”, yazuq (“yomonlik qilmoq”) “gunoh”, töšäk (<töšä- “toʻshamoq”) “toʻshak”, ornağ (<orna-“oʻtirmoq”) “oʻrindiq”, qapïğ (<qap-“yopmoq”) “eshik”, tutuğ (<tut- “tutmoq”) “garov”, bilig (körüg (<kör-“ko‘rmoq”) “kuzatuvchi, aygʻoqchi”, bitig (<bit- “bitmoq”) “xat, yozuv”, yaruq (<yaru-“yorishmoq”) “yorugʻ, nur”.
13. –č qo‘shimchasi mavhum ot yasaydi: saqïnch (saqïn- “o‘ylamoq, eslamoq”)“o‘y, fikr”, ökünč (<ökün- “o‘kinmoq”) “oʻkunch”, ötünč (<ötün- “o‘tinmoq”) “oʻtinch”, tarqanč (<tarqan- “tarqalmoq”) “tarqalish”, qïlïnč (<qïlïn-“amalga oshmoq”) “ish, qiliq”.
14. -ču, -čü qo‘shimchasi qalin negizga –ču, ingichkasiga –čü shakli qo‘shiladi: abïnchu (<abïn- “ovin”) “ovinchoq”, erinčü (erin- “erin”) “ayb”.
15. –t qo‘shimchasi fe’ldan anglashilgan harakatni predmetlashtiradi: adïrt (adïr- “ayirmoq”) “farq”.
Dostları ilə paylaş: |
|
|