KAZUSLAR:
1. F.Mamanov uzoq yillardan beri TDYUU qarashli yotoqxonada komendant bo‘lib
ishlab kelmoqda. 23.03.2020 yilda u yotoqxonaga ichib mast holatda keldi va
yotoqxonada turadigan ko‘plab talabalarni ko‘rakda turmas so‘zlar bilan haqorat
qildi. Shundan so‘ng yaʼni 30.03.2020 yilda u bilan mehnat shartnomasi Mehnat
kodeksining 100-moddasi 4-qismi bilan bekor qilindi va bu yozuvlar
F.Mamanovning mehnat daftarchasida ham aks ettirildi. Bu harakatlardan norozi
bo‘lgan F.Mamanov o‘zi yashab turgan tuman prokuraturasiga shikoyat arizasi bilan
murojaat qildi. Shikoyat arizasida esa, mehnat daftarchasiga kiritilgan yozuvdan
hafa bo‘lganligini, u shu universitetda salkam 20 yil ishlaganligini bildirib o‘tdi.
Yuqoridagi muammoli vaziyatga javob berishimizdan oldin baʼzi savollarga javob
berishimiz kerak.
1. Mamanov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 100-
moddasi 4-qismi bilan bekor qilinishi o‘rinlimi?
2. Mehnat daftarchasida mehnat shartnomasini bekor qilish sabablari ko‘rsatilishi
shartmi?
3. Mamanov tuman prokuraturasiga murojaat qilishi o‘rinlimi.
Yuqoridagi muammoli vaziyatda keltirilishicha uzoq vaqt davomida TDYUU ga
qarashli yotoqxonada komendant bo‘lib ishlab kelgan va 23.03.2020 yilda u
yotoqxonada mast holda kelgan va talabalarni haqorat qilgan. Shundan Mamanov
bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan va mehnat daftarchasiga nima
sababdan mehnat shartnomasi bekor qiliganligi tushirilgan. Bundan norozi bo‘lgan
Mamanov tuman prokraturasiga murajaat qilgan. Ushbu holatda ish beruvchi
tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilishi o‘rinli hisoblanadi qachonki
muassasaning ichki lokal hujjatida yoki jamoa shartnomasida hamda ichki
nizomda tartib qoida belgilangan bo‘lsa. TDYUU ning ichki tartib qoidalari mavjud
hamda yuqoridagi holat ichki tartib qoidalarni qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi.
Qo‘pol buzishga nimalar kiradi.
Mehnat daftarchasiga mehnat shartnomasi nima uchun bekor qilinganligi haqidagi
yozuvlar aks etganligi aytilgan. Xo‘sh mehnat daftarchasida yozilishi kerakmi? Ish
beruvchi hamda xodim o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasini bekor bo‘lganda
mehnat shartnomasida nimalar yozilishi kerak. Birinchidan mehnat shartnomasini
bekor qilish to‘g‘risidagi yozuvlar mehnat daftarchasiga quyidagi tartibda yoziladi:
1. Yozuvning tartib soni;
2. Mehnat shartnomasining bekor qilinish sanasi;
3. Ustunda mehnat shartnomasining bekor qilinishi;
4. Ustunda esa ushbu yozuvning nimaga asoslanib kiritilgani, buyruq sanasi va son
raqami ko‘rsatiladi. Masalan: xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi mehnat
shartnomasi bekor qilinayotganda va 2022 yilning 26 yanvar oxirgi ish kuni
hisoblangan vaqtda xodimning mehnat daftarchasiga quyidagi yozuvlar kiritilishi
lozim: ishi to‘g‘risidagi maʼlumotlar bo‘limining ustunida yozuvning tartib soni
qo‘yiladi, 2-ustunda bo‘shatilish sanasi 2022 yilning 26 yanvar 3-ustunda "mehnat
shartnomasi bekor qilindi" deb yoziladi.
4-ustunda buyruqning sanasi va son raqami ko‘rsatiladi. Bundan tashqari
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 29 yanvarda 402-son
bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Mehnat daftarchasini yuritish tartibi
to‘g‘risida” yuriqnomaning 2.20 bandida “Mehnat daftarchasida mehnat
shartnomasini bekor bo‘lganligi to‘g‘risidagi yozuv amaldagi qonunchilik
talablariga mos bo‘lishi, yaʼni, mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari