1. Falsafa atamasining kelib chiqishi. Falsafa shakllanishining asosiy bosqichlari



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə1/67
tarix13.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#140461
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
1. Falsafa atamasining kelib chiqishi. Falsafa shakllanishining -fayllar.org (1)


1. Falsafa atamasining kelib chiqishi. Falsafa shakllanishining asosiy bosqichlari

1. Falsafa atamasining kelib chiqishi. Falsafa shakllanishining asosiy bosqichlari.



1. Falsafa atamasining kelib chiqishi. Falsafa shakllanishining asosiy bosqichlari.
Har qanday noma’lum so‘z mazmunini uning etimologiyasidan, ya’ni u qachon, qanday va nima uchun yuzaga kelganini aniqlashdan boshlash o‘rinli bo‘ladi. «Falsafa» tushunchasi yunoncha phileo – sevaman va sophia – donolik so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, mazkur atamaning dastlabki ma’nosini donolikka muhabbat deb talqin qilish mumkin. Falsafa so‘zini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri Pifagor miloddan avvalgi VI asrda tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, an’analar orqali) avloddan avlodga o‘tuvchi bilim va inson o‘z aqliga tayanib, mushohada yuritish va borliqni tanqidiy tushunish yo‘li bilan olishi mumkin bo‘lgan bilimni farqlash maqsadida ishlatgan.
Ong paydo bo‘lishi ilmiy tasavvurlarga muvofiq, inson tarixiy rivojlanishining odam miyasi o‘sib borayotgan mehnat faolligi va verbal (nutq orqali) muloqot ta’sirida o‘ta rivojlanib, murakkab mavhumliklarni tushunadigan darajaga etgan davri bilan bog‘lanadi. Shunday qilib, inson tushunchalarga ta’rif berish, mulohazalar bildirish va mushohadalar yuritish yo‘li bilan sodda, lekin tom ma’noda aqliy ish olib bora boshladi.
Falsafa Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va qadimgi Yunonistonda taxminan bir vaqtda avvalo dunyoni oqilona anglash usuli sifatida vujudga keldi.
Odamlar dunyoqarashida nisbatan qisqa vaqt ichida tub o‘zgarishlar yuz berdi; unda bilim, tafakkur, tahliliy fikrlash tobora muhimroq rol o‘ynay boshladi, ular sirtdan olingan axborotni sezgilar va emotsiyalar darajasida idrok etishga asoslangan har xil e’tiqodlarni chetga chiqarib qo‘ydi. Faqat so‘zlariga ishonish kerak bo‘lgan ota, kohin, ruhoniy o‘rnini, savollar beruvchi va anglashga chorlovchi muallim faylasuf egalladi. U shubha urug‘ini sochib, qiziqish uyg‘otdi va: «Ishonma, balki o‘zing fikr qil!», deya da’vat etdi.
Ajdodlardan meros qolgan «donishmandlik» manbai sanaluvchilar, tayyor bilimlar va shak-shubhasiz haqiqatlarni e’tiqod sifatida qabul qilishga chorlovchilardan farqli o‘laroq, faylasuf savollarni ta’riflashni va avvalo sog‘lom fikr va o‘z aql-zakovatining kuchiga tayanib, ularga javob qidirishni o‘rgatatdi.
Qadimgi Yunoniston va Rim davridan buyon o'tgan ikki ming yildan ziyodroq vaqt mobaynida «Falsafa eidi yo'q bo'ldi, uni o'rganishning hech bir zarurati qolmadi» qabilidagi gaplar ko'p bo'lgan.
«Falsafa» atamasi «filosofiya» so'zining Sharq ijtimoiy tafakkuridagi shaklidir. Sharqning atoqli faylasufi, mashhur mutafakkir Abu Nasr Forobiy filosofiya so'zini «Hikmatni qadrlash» deb talqin etgan. Falsafa Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida «donishmandlikni sevish» degan mazmun bilan birga, olam sirlarini bilish, hayot va insonni qadrlash, umr mazmuni haqidagi qarash va hikmatlarni e'zozlash ma'nosida ishlatilgan.
Falsafaning ijtimoiy ong tizimida tutgan o'rni, jamiyat va shaxs hayotidagi ahamiyati nimadan iborat, degan masala hamma davrlarda ham dolzarb bo'lgan. Ayniqsa, tarixiy taraqqiyotning tub burilish davrlarida falsafaning asl mohiyatini bilish, uning usul va g'oyalari kuchidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etgan.
Falsafa kishilarga olam to'g'risida yaxlit tasavvur beradi, boshqa fanlar esa, uning ayrim jihatlarini o'rganadi. Masalan, biologiya o'simlik va hayvonot dunyosini, turlarining kelib chiqishi, o'zgarishi va takomillashib borishi kabi masalalarni o'rganadi. Umuman, rivojlanish jarayonining o'zi nima, uning mohiyati qanday? Masalaning aynan shu taxlitda qo'yilishi ilmiy muammolarni falsafiy masalaga aylantiradi.
Endi Faylasuf kim, degan savolga javob beraylik. «Filosof» so'zini ham yuqorida aytganimizdek, ilk bor buyuk matematik va mutafakkir Pifagor qo'llagan. Bu tushunchaning ma'nosini u Olimpiya o'yinlari misolida quyidagicha tushuntirib bergan: anjumanga keladigan bir guruh kishilar bellashish, kuch sinashish, ya'ni o'zi va o'zligini namoyon etish uchun, ikkinchi bir guruh — savdo-sotiq qilish, boyligini ko'paytirish uchun, uchinchisi esa, o'yindan ma'naviy oziq olish, haqiqatni bilish va aniqlashni maqsad qilib oladi. Ana shu uchinchi guruhga mansub kishilar, Pifagor talqiniga ko'ra, faylasuflar edi. Bu, bir qarashda, oddiy va jo'n misolga o'xshaydi. Ammo uning ma'nosi nihoyatda teran. Chunki, inson umri ham shunday. «Dunyo teatrga o'xshaydi, unga kelgan har bir kishi sahnaga chiqadi va o'z rolini o'ynab dunyoni tark etadi», degan fikr bejiz aytilmagan. Kimdir bu dunyoga uning sir-asrorlari to'g'risida bosh ham qotirmasdan kelib ketadi, umrini yeyish-ichish, uy-ro'zqor tashvishlari bilan o'tkazadi. Boshqasi — nafs balosiga berilib, mol-mulkka ruju qo'yadi. Uchinchisi esa, olam hikmatlarini o'rganadi, umrini xayrli va savob ishlarga sarflaydi, boshqalar uchun ibrat bo'larli hayot kechiradi.
Qadimgi davrlarda har tomonlama chuqur bilim va katta hayotiy tajribaga ega bo'lgan, inson ma'naviyatini boyitish va haqiqatni bilishga intiluvchi kishilarni faylasuf deb ataganlar. Fozil va komil insonlargina falsafa bilan shug'ullanganlar. Aslida, o'sha davrlarda falsafani o'rganish deyilganda, ilmning asoslarini egallash ko'zda tutilgan. Grek mutafakkiri Geraklit (eramizdan avvalgi 520—460 yillarda yashagan) shogirdlariga murojaat qilib, «Do'stim, sen hali yoshsan, umringni bekor o'tkazmay desang, falsafani o'rgan», deganda aynan ana shu haqiqatni nazarda tutgan. Boshqa bir buyuk grek faylasufi Epikur (eramizdan avvalgi 470—399-yillarda yashagan) bu haqiqatni quyidagicha ifoda etgan: «O'z-o'zingni yerga urish, tubanlashish nodonlikdan boshqa narsa emas, o'zligingdan yuqori turish esa — faylasuflikdir». Xuddi shuningdek, Sharqda ham Konfutsiy va Moniy, Xorazmiy va Forobiy, imom Buxoriy va imom Termiziy, Beruniy va ibn Sino, Naqshband va Navoiy kabi donishmand bobolarimiz o'z hayotiy kuzatishlari va tajribalarini umumlashtirish, insonga xos xato va kamchiliklardan saboq chiqarish, bashariyat tomonidan to'plangan bilim va tajribalarni o'zlashtirish orqali faylasuf darajasiga ko'tarilganlar.
Umuman olganda, bilimdon kishilarning barchasini ham donishmand yoki mutafakkir deb bo'lmaydi. Haqiqiy faylasuflar hayotda nihoyatda kam bo'ladi. Ular o'z davri va millatining farzandi sifatida insoniyat tarixiga katta ta'sir ko'rsatadi. Xudoning o'zi aql-zakovat, iste'dod, kuch-quvvat ato etgan, yorqin tafakkurga ega bo'lgan bunday buyuk shaxslar umumbashariy taraqqiyot miqyosida tanilgan, teran insoniv g'oyalar, ma'naviy boyliklarning qadr-qimmatini chuqur anglaydigan donishmand odamlar bo'lgan.
Falsafaning umumbashariy fan ekani, uning bahs mavzulari va asosiy muammolarini belgilab beradi. Shu ma'noda odam va olam, ularning ibtidosi va intihosi, hayoti va o'zaro munosabatlari, inson tafakkuri, tabiat va jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari falsafa uchun azaliy muammolardir. Shu bilan birga, muayyan davrda tug'iladigan va hal etiladigan o'tkinchi muammolar ham bo'ladi. Ular abadiy muammolar darajasiga ko'tarilmasa-da, o'z davrining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqani uchun, muhim ahamiyat kasb etadi. Falsafa yangi g'oyalarning tug'ilishiga imkon beradi. Hayot, ijtimoiy tajriba bilan uzviy bog'liq holda rivojlanadi. U tarixiy davr bilan mustahkam aloqadorlikda taraqqiy etadi. Har bir tarixiy davr, uning oldiga yangi masala va muammolarni qo'yadi. Falsafiy muammolar bevosita hayot zaruratidan tug'iladi. Aynan ular orqali falsafada davrning taraqqiyot tamoyillari va o'ziga xos xususiyatlari aks etadi. Masalan, hozirgi zamonda yurtimiz falsafasi uchun istiqlol davriga xos qonuniyatlar va xususiyatlarning falsafiy asoslarini izohlash zarurati shu bilan belgilanadi. Falsafiy ta'limotlarda jamiyat hayotining barcha sohalari tarixiy jarayonga xos tamoyiUar, ijtimoiy guruhlarning manfaat va kayfiyatlari, tafakkur usullari o'z aksini topadi. Shuning uchun ham muayyan ijtimoiy kuch, sinf, guruh, partiya va oqimlar o'z maqsad-muddaolari va g'oyalarini ilmiy asoslashda falsafadan foydalanadi. Falsafadagi ustuvor qarash va qoidalar davr mahsuli bo'lgani uchun, zamonning taraqqiyot tamoyillari va muammolari unda o'z ifodasini topadi.


Dunyoqarash – insonning o‘zini qurshagan borliqqa va o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatga nisbatan yondashuvlar tizimi, shuningdek odamlarning mazkur yondashuvlar bilan belgilangan hayotiy ideallari, e’tiqodlari, bilish va faoliyat tamoyillari, qadriyat va mo‘ljallaridir.
Dunyoqarashda bilish, qadriyatlarga munosabat va xulq-atvorni belgilash funksiyalari mujassamlashadi.



Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin