Fanlararo tadqiqot metodlari–asosan fan sohalari tutashgan joyda amal qiladigan (metodologiyaning turli darajasi elementlarini birlashtirish natijasida yuzaga kelgan) bir qancha sintetik va integrativ usullar majmui. Mazkur metodlar kompleks ilmiy dasturlarni amalga oshirishda keng qo‘llaniladi.
Metodologiyaga faqat metodlarni emas, balki tadqiqotni ta’minlovchi boshqa vositalarni ham o‘rganish xos. Tamoyil, qoida va ko‘rsatmalar, shuningdek, kategoriya hamda tushunchalar mana shunday vositalar jumlasiga kiradi. Nomuvoziy, beqaror dunyo sharoitlarida voqelikni metodologik o‘zlashtirishning o‘ziga xos vositalarini ajratish fan rivojlanishining «postnoklassik», deb nomlangan hozirgi bosqichida ancha dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Voqelik qonunlaribizning ongimizdan, biz ularni bilish-bilmasligimizdan qat’iy nazar mavjud va amal qiladi.
Fan qonunlariodamlar tomonidan anglab etilgan voqelik qonunlarining ongimizdagi in’ikosi hisoblanadi.
Falsafa qonunlaritabiat va jamiyatda insonningsh ongiga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan biri ikkinchisini taqozo qiluvchi qonunlardir. Falsafa qonunlari tizimida dialektik ziddiyatlilik qonuni markaziy o‘rinni egallaydi. Qonunning muhim jihatlarini aniqlash uchun uning asosiy kategoriyalarini ko‘rib chiqish kerak. Tahlilni qarama-qarshilik tushunchasidan boshlaymiz.
Qarama-qarshiliklar birligi qonuni. Qarama-qarshilik – narsalar va hodisalardagi bir-birini taqozo qiluvchi va bir-birini istisno etuvchi tomonlar, xossalar, tendensiyalar, jarayonlarni aks ettiruvchi falsafiy kategoriya (assimilyasiya – dissimilyasiya, o‘zgaruvchanlik – tug‘malik, ishlab chiqarish – iste’mol qilish, yaxshilik – yomonlik va sh.k.). Qarama-qarshiliklar o‘rtasida ikki xil munosabat mavjud: yagonalik munosabati va qarshi harakatga doir munosabat. (qonunning klassik ta’rifida «kurash» atamasi ishlatiladiki, u qonunning mohiyatini soddalashtiradi, chunki mazkur atama ko‘proq jamiyatga tegishlidir.)