Oddiy mulohazalar quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Atributiv mulohazalar.
2. Munosabat mulohazalar.
3. Mavjudlik mulohazalar.
Atributiv mulohazalar narsa va hodisaning xususiyatlari haqida ma’lumot ifodalash uchun xizmat qiladigan mulohazadir (attributuo - lotincha xususiyat, belgi ma’nolarini anglatadi). Masalan, “Toshkent go’zal shahar”, “Buxoro qadimiy shahardir”, “Zarifa a’lochi talabadir”.
Munosabat mulohazalardir. Narsa va hodisalar o’rtasidagi munosabatlarni aks ettiruvchi mulohaza munosabat mulohaza deyiladi. Masalan, “A - B ga teng”, “S - D dan kata”, “Shoxrux - Ulug’bekning otasi”, “G’ijduvon Buxoroning shimolida”, “Ibn Sino Beruniyning zamondoshi”, “Issiqlikning oshishi qaynashning sababidir” va hokazo.
Mavjudlik mulohazalar (ekzistentsial - lotincha existentia so’zidan olingan bo’lib, mavjudlik degan ma’noni ifodalaydi). Ular mulohazada aks etgan narsa va hodisalarning o’zlari mavjud emasliklari faktini aks ettiradi.
Masalan, “Mulohazalar predikatsiz bo’la olmaydi”, “Buxoroda Minorai Kalon bor”.
Mulohazalarning sifati va miqdori. Mulohazalar sifat jihatidan ikki xil - tasdiq va inkor bo’ladilar.
Tasdiq mulohazalarda narsaning biror - bir belgiga ega ekanligi e’tirod etiladi. Masalan, “O’zbekiston ko’plab xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqa bog’lagan”, “Hisobni bilmagan hamyonidan ayriladi”. Bunday mulohazaning formulasi “S - R dir” shaklida yoziladi.
Inkor mulohazalarda esa narsa va hodisalarning biror belgiga ega ekanligi rad etiladi. Masalan, “Suvsiz hayot bo’lmaydi”, “Mulohaza egasiz bo’lmaydi”, “Osmonda ustun bo’lmaydi” va hokazo. Bu mulohazalar “emas”, “-maydi” kabi qo’shimchalar yordamida hosil qilinadi.
Mulohazaning miqdori mulohaza aks etgan narsa va hodisalarning qancha ekanligini (Bir mantiqiy sinf tarkibida qancha o’rin egallab turganini) ko’rsatadi.
Mulohaza miqdor jihatidan uchga bo’linadi: