1. Falsafa atamasining kelib chiqishi. Falsafa shakllanishining asosiy bosqichlari


Etikaning kategoriyalari, tamoyillari va me’yorlari



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə47/67
tarix13.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#140461
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   67
1. Falsafa atamasining kelib chiqishi. Falsafa shakllanishining -fayllar.org (1)

2. Etikaning kategoriyalari, tamoyillari va me’yorlari.
Axloqshunoslikda inson xatti-harakatining ikki qutbi – axloqiylik bilan axloqsizlik holatlari tahlil va tadqiq etiladi. Axloqiylik – fazilatlarda, axloqsizlik esa – illatlarda namoyon bo`ladi. Bu ikki qutb – tushuncha kun-tun, oq-qora singari bir-birini inkor va ayni paytda, taqozo etgani holda mavjuddir. Zero, fazilat, Arastudan tortib Ibn Sinogacha bo`lgan qadimgi faylasuflar ta`kidlaganlaridek, ikki illat oralig`ida ro`y beradi. Chunonchi, adolat – zulm bilan mazlumlikning, saxiylik – isrofgarchilik bilan baxillikning, iffat – qizg`anchilik bilan rujuning o`rtalig`i sifatida voqe bo`ladi.
Fazilat va illatlar esa o`z navbatida axloqiy tushunchalarda namoyon bo`ladi. Axloqshunoslik fanida barcha tushunchalarni uch guruhga bo`lib o`rganishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Axloqiy bilish bilan real hayot o`rtasidagi eng muhim aloqa va munosabatlarni in`ikos ettiruvchi, axloq ilmining mezonini ifodalovchi tushunchalardir; ularni biz axloqshunoslikning mezoniy tushunchalari yoki kategoriyalari sifatida tushunamiz.
- Axloqiy tamoyillar
- Axloqiy me`yorlar
Shunday qilib zamonaviy axloqshunoslik axloqiy kategoriyalarni, tamoyillarni va me`yorlarni g`oyada muhim ekanligi ta`kidlagan holda axloqiy kategoriyalarni quyidagicha tasniflaydi.

Muhabbat va nafrat. Muhabbat bosh mezoniy tushuncha sifatida deyarli barcha asosiy tushunchalarda va tamoyillarda o`z “hissa”siga ega. Shu jihatdan atoqli tasavvufshunos Najmiddin Komilov: “Juda ko`p irfoniy tushunchalarning sharhi muhabbatga borib taqaladi”, - deydi.[1] Na ezgulikni, na vatanparvarlikni, na insonparvarlikni muhabbatsiz tasavvur etib bo`lmaydi. Muhabbat – insoniy mohiyatning erkin tarzda namoyon bo`lishidir, u zo`ravonlik yoki zo`rma-zo`rakilik bilan chiqisha olmaydigan hodisadir. U me`yorlar, an`analar, qonunlarga bo`ysunmaydi, lekin, yuksak axloqiylik ifodasi tarzida insonga ulkan mas`uliyat yuklaydi, uni jasoratga chorlaydi. Jadidchilik harakatining mashhur namoyondalaridan biri A.Avloniy “Muhabbat” tushunchasini quyidagicha a`riflaydi: “Muhabbat deb bir narsani suymakni aytilur. Dunyodagi insonlar mehr va muhabbat soyasida yasharlar. Muhabbatsiz kishi ishni ishlamakka g`ayrat va jasorat qilolmas”.[2]

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin