1. Falsafa atamasining kelib chiqishi. Falsafa shakllanishining asosiy bosqichlari


Elektron axborot vositalar – estetik tarbiyaning zamonaviy vositasi



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə63/67
tarix13.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#140461
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
1. Falsafa atamasining kelib chiqishi. Falsafa shakllanishining -fayllar.org (1)

Elektron axborot vositalar – estetik tarbiyaning zamonaviy vositasi. Hozirgi kunda estetik tarbiyaning shunday vositalari mavjudki, uning ma'naviy jarayonlarga ko'rsatayotgan global ta'siriga befarq bo'lish aslo mumkin emas. Ana shunday ta'sirlardan biri – bu elektron axborot vositalardir. Elektron axborot vositalari muhim estetik tarbiya vositasi sifatida qator xususiyatlarga ega. Bular:
— narxining arzonligi;
— asosiy mahsulot — bilim, axborot, moda va imidj;
— yangi iqtisodiyot — u axborotga ega bo'lishni xohlaydigan odamlarga imtiyoz beradi;
— chinakam global xarakterga ega ekanligi.

Mehnat — estetik tarbiyaning asosiy vositasi. Mehnat ham moddiy, hamda ma'naviy go'zalliklar yaratish bilan estetik tarbiyaning muhim vositasi hisoblanadi. Bu jarayon ijtimoiy-foydali mehnatning badiiylik bilan aloqasi ta'sirida vujudga keladi. Mazkur munosabat pirovardida mehnat vositalarining insonga keltiradigan zararini kamaytiradi. Qolaversa, mehnatga ijodiy yondashuv jamiyat ma'naviy qiyofasini belgilovchi omil hisoblanadi. Tashabbuskorlik va tadbirkorlikni rag'batlantirish, odamlarda mulkka egalik hissiyotini tarbiyalash o'z navbatida mehnatga bo'lgan estetik munosabat orqali ro'yobga chiqadi.

Ommaviy axborot vositalari – estetik tarbiyaning ta'sirchan vositasi. Bu vosita insonga yaqindan ta'sir qiluvchi qudratli va faol kuchdir. Ayniqsa, televideniya shaxs hamda ommani estetik dunyoqarashini shakllantirishda, ularni nafosatli jihatdan tarbiyalashda yuksak ahamiyat kasb etadi. Rang-barang mavzulardagi ko'rsatuvlar badiiy va hujjatli filmlar, ijtimoiy-ma'naviy mazmundagi reklamalar, telemarafonlar nafosatli tarbiyani maqsadli yo'naltirishda, insonlar tafakkurida go'zallikka bo'lgan yangicha munosabatni shakllantirishda salmoqli ahamiyat kasb etadi.

Sport — estetik tarbiyaning zamonaviy vositasi. Sport estetik tarbiya vositasi sifatida zamonaviy insonni kamol toptirishda alohida e'tiborga ega. Sport va sport musobaqalari mohiyatan inson nafosatli dunyoqarashini, tafakkurini sog'lomlashtirishga qaratilgan. Estetik tarbiya omillari.


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin