Yashirin kadr orqali ta'sir qilish. Bu insonning ong osti hislariga yashirin ta'sir qilishda ko'rinadi. Mutaxassislarning fikricha, bu turdagi tashviqot har doim ham ezgu yo'lda ishlatilavermaydi, bu aksariyat holatlarda shum niyatli insonlarga qo'l kelishi mumkin. Misol uchun kino yoki seriallarda, agar bir insonga davomli ravishda «Qo'shningni o'ldir!» shaklidagi yashirin kadr bilan ta'sir qilinsa, u hech ikkilanmasdan qotillikka qo'l urishi mumkin ekanligini tibbiyot psixologiyasi isbotlab berdi.
Estetik tarbiyada fan, ta'lim va madaniyatning o'zaro aloqasi. Shaxsning estetik kamolotini fan, ta'Iim va madaniyatning, xususan estetik madaniyatning uyg'unligisiz tasavvur etish qiyin. Chunki, estetik madaniyat — bu inson ehtiyojlarining murakkab tizimi bo'lib, unda odamzod hissiyotlari, malakalari, ko'nikmalari, bilimlari, me'yorlari, maslaklari bir-biri bilan chambarchas bog'lanib ketganligi.
Kasb estetikasi estetik madaniyatning eng yuksak shakllaridan biridir. Har bir kasb o'ziga xos axloqiy me'yorlariga ega bo'lgani kabi, o'z mehnat faoliyati taqozo etadigan estetik me'yorlarga ham egadir. Kasb etikasi va kasb estetikasi o'zaro bog'liqdir. Barcha kasb uchun umumezon bo'ladigan axloqiy me'yorlar rostgo'ylik, halollik, xushfe'llik xulq go'zalligini tashkil etadi. Xulq go'zalligi esa kasb etikasigagina emas, balki kasb estetikasining ham muhim tarkibiy qismi desak xato bo'lmaydi. Bu shifokor, o'qituvchi, jurnalist kabi barcha kasb egalari uchun muhimdir.
Har bir kasb o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bu kasb estetikasida ham o'z aksini topadi. O'qituvchi faoliyati, mehnat mahsuli muhandisnikidan farq qiladi. Uning mehnat mahsuli o'quvchining axloq odobi, bilim darajasi, estetik didi bilan belgilanadi. Muhandis estetik didi esa u yaratgan avtomobilning qulay, chiroyli, foydaliligi bilan belgilanadi. O'qituvchining yurish-turishi, estetik fazilatlari uning o'quvchilarida aks-sado bersa, muhandisning mehnat mahsuli inson uchun qulaylik yaratadi, moddiy madaniyatimizga hissa qo'shadi. Albatta, bunda muhandis tabiiy fanlar qatori estetika, ruhshunoslik kabi fanlarni ham egallagan va estetik didga ega bo'lishi lozim.