Xususiy ilmiy kategoriyalaralohida olingan xususiy ilmiy fanlarda qo‘llaniladigan, mohiyat nuqtai nazaridan boshqa fanlarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan kategoriyalardir. Masalan, fizika, kimyo geologiya, geografiya fanlari kategoriyalari xususiy xarakterga ega
Falsafiy kategoriyalar – borliqning umumiy, muhim tomonlari, xossalari, aloqalari va munosabatlari haqida fikrlash uchun qo‘llaniladigan o‘ta keng tushunchalar majmuidir. Ayni shu sababli falsafiy kategoriyalar hech qachon hajman cheklangan tabiiy til tushunchalari darajasida soddalashtirilishi mumkin emas.
Munosabatdosh kategoriyalar biri ikkinchisi bilan uyg‘un bog‘liq bo‘lib, bilish jarayonida biri ikkinchisini nazarda tutadi; ularning biri haqida tasavvur hosil qilganda boshqasini hisobga olmaslik mumkin emas. Bunday kategoriyalar qatoriga quyidagilar kiradi: yakkalik va umumiylik; hodisa va mohiyat; shakl va mazmun; qism va butun; sabab va oqibat; tasodif va zaruriyat; imkoniyat va voqelik.
Biz munosabatdosh kategoriyalarni batafsilroq ko‘rib chiqamiz.
Umumiylik, yakkalik, xususiylikkategoriyalari borliq narsalari va hodisalarining nisbatan mustaqilligi, ularning rang-barangligi va birligi in’ikosi hisoblanadi.
Yakkalik – faqat mazkur ob’ektga xos bo‘lgan xossalarni ifodalovchi kategoriya.
Umumiylik ayrim narsaning muayyan turkumga mansub barcha narsalar bilan o‘xshashligini belgilovchi xossalar bilan ifodalanadi.
Grammatik jihatdan umumiylik turdosh ot bilan, yakkalik esa – atoqli ot bilan ifodalanadi. Falsafada yakkalik va umumiylik borliq hodisalarining o‘xsh
Xususiylik – yakkaga nisbatan umumiy bo‘lgan va umumiyga nisbatan yakka bo‘lgan narsa yoki hodisa. Masalan: modda (qonun moddasi) – yakka; qonun – xususiy; huquq - umumiy. «Qonun» tushunchasi «modda» tushunchasiga nisbatan umumiydir. O‘z navbatida «qonun» tushunchasi «huquq» tushunchasiga nisbatan yakkalikni aks ettiradi.
Yakkalik, umumiylik va xususiylik kategoriyalari bilish jarayonida uning tayanch nuqtalari, bilimsizlikdan bilim sari bosqich rolini o‘ynaydi.