1. Falsafa atamasining kelib chiqishi. Falsafa shakllanishining asosiy bosqichlari



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə3/67
tarix13.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#140461
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
1. Falsafa atamasining kelib chiqishi. Falsafa shakllanishining -fayllar.org (1)

Diniy dunyoqarash odamlarning g‘ayritabiiy narsalar (xudolar, «oliy aql», qandaydir absolyut va sh.k.)ga bo‘lgan e’tiqodiga asoslanuvchi tegishli xulq-atvori va o‘ziga xos harakatlaridir. Agar mifologiyada an’anaga, rivoyat qiluvchining, ya’ni oqsoqolning obro‘siga e’tiqod kuchli bo‘lsa, dinda g‘ayritabiiy narsalarga e’tiqod birinchi o‘rinda turadi, oliy kuchlar nomidan rivoyat qiluvchi ruhoniylar obro‘si esa ikkinchi darajali rol o‘ynaydi.

Falsafiy dunyoqarash. Dunyoqarashning avvalgi shakllari – mif va dindan farqli o‘laroq, falsafa dunyoni e’tiqod va tuyg‘ularga tayanib emas, balki aql va bilimlarga tayangan holda tushuntiradi.
Dunyoni falsafiy idrok etishning o‘ziga xos xususiyati, dunyoni bilish, sezish, ko‘rish va tushunishning butunlay yangi sohasi – falsafa vujudga kelishida namoyon bo‘ladi. 
Xullas, falsafa haqiqat qanday bo‘lsa, uni shunday ifodalab ko‘rsatishdir, din esa –uning ramziy, timsoliy aks etishi. Falsafa asos va mohiyat bo‘lsa, din timsol va shakl. Dialektik munozara usuli jamiyatning kam sonli ayonlari uchun kerak. Vahiy yo‘lidagi ifoda – xalq ommasining idroki, tarbiya va ta’limi uchun kerak.

2. Falsafa fanining predmeti funksiyalari. Hozirgi davrda milliy falsafani rivojlantirish va xalqaro aloqalarni tashkil etishning ahamiyati.



2. Falsafa fanining predmeti funksiyalari. Hozirgi davrda milliy falsafani rivojlantirish va xalqaro aloqalarni tashkil etishning axamiyati.
Falsafaning predmeti - insonda bilishga qiziqish uyg‘otadigan, mifologiya, din yoki fan javoblaridan qoniqmagan kishining o‘ziga ma’lum bilimlar va tajriba,, muayyan e’tiqod, ishonch va intuitsiyaga tayangan holda oqilona asoslangan javoblar berishga harakat qiladigan, savollar tug‘diradigan har qanday ob’ektiv va sub’ektiv borliqdir. Boshqacha aytganda, inson o‘z qiziqishi ob’ekti haqida muayyan tasavvur hosil qilish maqsadida savol berishga asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan hamma narsa falsafaning predmetidir. SHu munosabat bilan u yoki bu odamning falsafiy qarashlari haqida va hatto uning falsafasi to‘g‘risida so‘z yuritish mutlaqo o‘rinli bo‘ladi va bunga biz kundalik hayotda tez-tez duch kelamiz.
Falsafiy yo'nalishlar, tadqiqot olib boradigan sohasiga ko'ra, o'ziga xos bo'lib, asosiylari quyidagilardir:

Ontologiya — olam, inson va jamiyatning obyektiv-universal mohiyati to'g'risidagi falsafiy ta'limotdir. Boshqacha aytganda, u borliq to'g'risidagi, insonning olamga bo'lgan munosabati haqidagi falsafiy bilim sohasidir.

Gnoseologiya — bilish falsafasi bo'lib, olamni anglash, bilish nazariyasi, bilishning shakli, usullari va imkoniyatlari to'g'risidagi
ta'limotdir.


Aksiologiya — qadriyatshunoslik yoki qadriyatlar to'g'risidagi falsafiy ta'limot.

Praksiologiya — insonning predmetli-o'zgartiruvchan, amaliy faoliyati to'g'risidagi falsafiy ta'limot.

Metodologiya — bilish va o'zgaruvchan faoliyat usullari to'g'risidagi ta'limot.

Logika — tafakkur shakllari (tushuncha, hukm, xulosa) va tafakkur vositalarini (ta'rif, qoida, muhokama, tafakkur qonuniyatlari),
ularning mazmunidan qat'i nazar, xolis o'rganuvchi ta'limot.


Etika axloq falsafasi, insoniyatning axloqiy tamoyillari, talab va tartib-qoidalari to'g'risidagi fan.

Estetika — nafosat falsafasi, jamiyat va inson hayotida go'zallikning o'rni, qonun-qoidalari to'g'risidagi qarashlar majmuyi.
Falsafiy muammolar mohiyatini tushunib etish, ularning eng muhimlarini aniqlash va nihoyat, falsafiy bilimlar bilan oshno bo‘lish – ko‘rsatilgan bo‘limlarni sinchiklab o‘rganish, bunda ularga yaxlit bir butunning tarkibiy qismlari sifatida yondashish demakdir.
O‘zini oqlamagan g‘oyalar, yo‘nalishlar va konsepsiyalar bisyor, ularning aksariyati hozir juda og‘ir ahvolda, ayrimlari esa kuchli inqiroz holatini boshdan kechirmoqda. Ammo falsafa o‘zining birinchi ma’nosida – «donolikni sevish» sifatida, haqiqatning tagiga etish usuli sifatida, jon holati sifatida va nihoyat, dunyoqarashning alohida shakli sifatida insoniyat turguncha mavjud bo‘ladi.


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin