1. Falsafa atamasining kelib chiqishi. Falsafa shakllanishining asosiy bosqichlari



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə7/67
tarix13.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#140461
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   67
1. Falsafa atamasining kelib chiqishi. Falsafa shakllanishining -fayllar.org (1)

O‘zbekiston falsafa jamiyati. 1973 yilda O‘zbekiston falsafa jamiyati tashkil qilingan va uning raisi etib Ibrohim Mo‘minov saylangan. I.Mo‘minov vafotidan so‘ng, 1974-1980 yillarda Muzaffar Xayrullaev, 1980-1986 yillarda Q.Xonazarov, 1988-1990 yillarda Erkin YUsupovlar O‘zbekiston falsafa jamiyati raisi lavozimida ishlar ekanlar, asosiy e’tiborni O‘zbekistonda yashab ijod qilayotgan faylasuflarning ijodiy hamkorligini ta’minlash, ularning ajdodlarga munosib avlod ekanligini dunyo hamjamiyatiga tanishtirishga qaratdilar. SHu bois o‘zbek faylasuflari muntazam xalqaro konferensiyalar va falsafa kongresslarida ishtirok etganlar.

O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. 1998 yilda tashkil qilingan, 2001 yilgacha uning raisi Inomjon Rahimov bo‘lgan. 2001 yildan O‘FMJ raisi Q.Nazarovdir. Jamiyat qoshida tashkil etilgan nashriyotda uning a’zolari falsafa, milliy g‘oya va mafkuraga oid yangi turkum adabiyotlarni yaratish, nashr qilish va ular orqali aholi turli qatlamlari ongida dunyoni falsafiy idrok etish, o‘z-o‘zini anglash, hayotning maqsadini ko‘rish hamda mafkuraviy immunitetni shakllantirishda faol ishtirok etish bilan shug‘lulanmoqdalar.

4. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G‘arb falsafasi
Yunonistonda dastlabki falsafiy ta’limotlar eramizdan avvalgi VII-VI asrlar o‘rtasida Milet shahrida yuzaga kelgan va rivojlangan. Milet maktabi vakillari Fales, Anaksimandr, Anaksimenlardir. Uning asoschisi Fales (eramizdan avvalgi 624 — 547 yillarda yashagan). U yunon fani va falsafasining asoschisi bo‘lib, o‘z davrining etuk siyosiy arbobi, jo‘g‘rofi, faylasufi bo‘lgan. Fales ta’limotiga ko‘ra, tabiatdagi turli-tuman jism va hodisalar dastlabki ibtido — suvdan paydo bo‘lgan va yana suvga aylanadi va bu moddiy birlik doimo o‘zgarishda bo‘ladi. Geraklit (eramizdan avvalgi 520-460 yillar) stixiyali dialektikaga asos solgan, olov — olamning asosi, deb bilgan. uning fikricha, olamda hamma narsa harakatda. «Oqar suvga bir soniyada ikki marta tushish mumkin emas, chunki suv har daqiqada yangilanib turadi».


Pifagor (eramizdan avvalgi 580-500 yillar) dunyoni bilish jarayoni, avvalo, raqamlarni bilishdan boshlanishi kerak. Pifagorchilarning ta’limotiga ko‘ra, olamning asosida modda ham, tabiat ham emas, balki ideallashgan raqamlar yotadi; narsa va hodisalar aynan ana shu raqamlar mahsulidir.

Ksenofan (eramizdan avvalgi YI — V asr) shoir va faylasuf bo‘lgan. U tabiat - o‘zgarmas va harakatsizdir, «Hamma narsa erdan unib chiqadi va pirovardida yana erga qaytadi. Biz hammamiz erdan tug‘ilganmiz va erga aylanamiz».

Sofistlar antropologiya (inson haqidagi fan) va gnoseologiya (bilish to‘g‘risidagi fan) muammolari bilan shug‘ullangan. Sofistlar yangi kasblarning mohir ustalari, ya’ni o‘qituvchilar, diplomatlar, notiqlar, sud mahkamalarida ishlovchi mutaxassislardan iborat bo‘lib, haqiqat, osoyishtalik, adolat o‘rnatishga xizmat qilgan.

Suqrot (eramizdan oldingi 469-399 yillar.) fikricha, falsafaning markazida axloq masalalari turmog‘i lozim. Jamiyatning ravnaqi, tinchlik va osoyishtaligi, farovon hayoti axloq va odobning ahvoliga bog‘liq.


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin