1. Fanning mazmuni Respublikamizda noorganik moddalari sanoatining rivojlanishi



Yüklə 58,45 Kb.
səhifə1/3
tarix08.11.2023
ölçüsü58,45 Kb.
#131450
  1   2   3
1Ma\'ruza Korhona lihozlari Yangier


1.MA’RUZA
Korxona jixozlari faninig mazmuni, predmeti va metodi
Reja
1. Fanning mazmuni
2.Respublikamizda noorganik moddalari sanoatining rivojlanishi
3. Jihozlarning klassifikatsiyasi va ularga qo`yiladigan talablar.
Tayanch iboralar : qurilish materiallar, asbob-uskunalar, jihozlar, texnologiya, tsement, pechlar, tegirmonlar maydalagichlar, maydalash, saralash, kuydirish
1. Fanning mazmuni
Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarda noorganik moddalar ishlab chiqarish korxonalarida qo`llaniladigan uskunalar turlari, tuzilishi, ishlatish ko`lami, xisoblash asoslari va ularni muayyan sharoitlarga mos xolda tanlash hamda amaliy masalalarni hal qilishni o`rgatish, o`zining fikr-mulohaza, xulosalarini asosli tarzda aniq bayon etish bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi - Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazaruy bilimlar, amaliy ko’nikmalar,ishlab chiqarish uskunalari va loyihalashga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
2.Respublikamizda noorganik moddalari sanoatining rivojlanishi


Mustaqil 0 ‘zbekiston o‘z xalqi tanlagan yo‘ldan — ochiq erkin bozor munosabatlari yo‘lidan, adolatli jamiyat qurish, bosqichma-bosqich kuchli demokratik huquqiy davlat qurish yo'lidan bormoqda.
Davlatimiz o‘z fuqarolarining ozod, erkin, baxtiyor, farovon
yashashini ta’minlashni, ularning moddiy va ma’naviy hayot darajasini
oshirishni o‘z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan. Bu maqsadni amalga oshirish ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ilm-fan va texnika taraqqiyotiga suyangan holda yoMga qo‘yishni va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni talab etadi. Fan va texnika taraqqiyotining tezlashishiga avvalambor turli jarayonlarni avtom atlashtirish va m exanizatsiyalashni joriy etish, ishlab chiqarilayotgan jihozlarni yaratishga kam material va metall sarflash orqali erishiladi. Bu narsa birinchi navbatda kimyo mashinasozligida ishlab chiqarilayotgan uskunalar, texnologik tizimlar hamda ko‘p tonnali kimyoviy mahsulotlar: kislotalar, ishqorlar, metanol, mineral o‘g‘itlar, jumladan, karbamid va boshqa moddalar ishlab chiqariladigan avtomatlashtirilgan tizimlarga taalluqlidir. Yangicha kechadigan texnologik jarayonlar uchun zamonaviy issiqlik va massa almashinuvi, vakuumli reaktorlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish lozim.
Sanoatda metall mahsulotlar va konstruksion materiallaming tejamkor turlari, shu jumladan, kompozitsion materiallar keng miqyosda ishlatilishi ko‘zda tutilmoqda. Ushbu materiallarning mustahkamlik va korroziyaga qarshi ko‘rsatkichlari yaxshilanishi lozim. Korroziyaga chidamliligi nihoyatda yuqori boMgan qurilmalar ishlatilishini talab qiluvchi toza va o‘ta toza reaktivlar ishlab chiqarish va ularning assortimentini kengaytirish alohida ahamiyatga ega. Faqatgina yangi zavodlar qurish yoki ishlab turgan korxonalarning sonini ko‘paytiribgina kimyoviy mahsulotlarning miqdorini oshirish bilan birgalikda ularning tannarxini pasaytirishga erishib boMmaydi, balki bu narsani ta'minlash uchun takomillashtirish va yakka quwati yuqori bo’lgan qurilmalami yaratish zarur. Bunday qurilmalar tejamkor bo’lib, kam joy egallaydilar, ularni yasashga kam metall sarf bo’ladi hamda
ularga nisbatan kam odam xizmat ko‘rsatadi. Ayrim qurilma va sexlarning unumdorligi anchagina oshganda ishlab chiqarishning bir tekis faoliyat ko‘rsatishini ta'minlash uchun zaxiraviy va bufer idishlar qollash iqtisodiy jihatdan samarasiz bo’lib qoladi, chunki bu narsa ishlab chiqarish maydonlarining keskin ravishda kengaytirilishini
talab qiladi. Shu tufayligina mashina va qurilmalarning mustahkamligini oshirish masalasi juda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu narsaga esaularning tuzilishini takomillashtirish, yangi materiallardan foydalanish va korroziyadan asrashning ishonchli usullarini qollash orqali erishishmumkin. Korxona faoliyatining bir tekisda kechishini ta'minlash uchun reja bo‘yicha belgilangan ehtiyot ta'mirlash ishlarini ilmiy asosda tashkil etishni yaxshilash zarur, qurilmalarning unumdorligini oshirishning eng samarali usullaridan biri, bu «qaynovchi qatlam» usulini, yuqori bosimkatalizatorlar, ultratovush bilan ta’sir ko‘rsatishni va hokazolarni qo'llash
orqah jarayonni jadallashtirishdir. Bu tadbirlar texnologik jarayonga alohida turdagi qurilmalar qo‘llashni taqozo etadi.
Texnologiya va ishlatiladigan qurilmalar o‘zaro uzviy bog‘langan boTib, har bir jarayonga mashina va qurilmalarning maTum aniq turlari termasi mos keladi. Ishonchli va tejamkor ishlab chiqarish jarayonini yaratish mutaxassisdan ushbu ishlab chiqarishda o'rnatilgan mashina, moslama va qurilmalar to‘g‘risida aniq bilimlarga ega boTishini talabqiladi. Undan mashina va qurilmalarning tuzilishi va ishlash tamoyillarini, ulaming afzalliklari va kamchiliklarini, unumdorligini hisoblash usullarini, qurilmaning mexanik mustahkamligini taxminiy baholash mahoratiga ega bo'lish hamda ularni korroziyadan saqlashning asosiy chidashini bilish talab etiladi. Yangi ishlab chiqarishni tashkil etish yoki amaldagisini qayta qurishda mutaxassis laboratoriya sharoitida va yarimsanoat sharoitidagi qurilmalarda olib borilgan tadqiqot natijalarini qo‘llay olish va qurilmalarni keng miqyosda joriy etishning tamoyillarini
bilishi zarur. Buning uchun ko‘pgina fanlardan: kimyoviy texnologiyaning qurilmalari va jarayonlari, jarayonlarning fizik-kimyoviy asoslari, ishlab chiqarishning maxsus texnologiyasi, amaliy mexanika va kimyo sanoati iqtisodiyoti bo‘yicha olgan bilimlaridan foydalanadi. Yangi ishlab chiqarishni barpo etish jarayonlari. Respublikada sanoat ishlab chiqarish o‘sish sur’atlarini oshirish va mahsulotlarning dunyo standartiga mosligini ta’minlash uchun yangi korxonalarni qurish va eskilarini ta’mirlash zarur boTdi. Ijtimoiy mehnat unumdorliginio‘stirishga sanoatni tez sur’atlar bilan rivojlantirish uchun sarflanadigan mablag'ni ko‘paytirish bilan emas, balki texnika bilan qurollanish darajasini oshirish, loyihalanuvchi korxonalarni oqilona joylashtirish bilan erishiladi.
Ushbu tarmoqning texnikaviy bazasini quyidagi muhim omillar bo‘yicha yanada rivojlantirish mumkin:

  1. Yangi va yanada unumli pechlar, tegirmonlar, shuningdek boshqa turdagi asbob-uskunalar (agregatlar, mashina, mexanizm va apparatlar)ni joriy etish va o‘zlashtirish.

  2. Asbob-uskunalarni modernizatsiyalash.

  3. Mavjud texnologik jarayonlarni takomillashtirish va yangi texnologik jarayonlarni joriy qilish.

  4. Ishlab chiqarishdagi og‘ir va sermehnat ishlarni mexanizatsiyalashtirish va kompleks avtomatlashtirish.

  5. Ilmiy tadqikotlar natijalarini ishlab chiqarish amalyotiga tadbiq etish.

  6. Materiallar va yonilg‘ilarning yangi turlarini ishlatish, asosiy hamda yordamchi materiallar xom ashyosining sifatini o‘zgartirish.




Yüklə 58,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin