3.Jihozlarning klassifikatsiyasi va ularga qo`yiladigan talablar. Noorganik moddalar va nometall materiallar zavodlarida kullaniladigan asosiy jixozlarni kuyidagi xillarga bo’lish mumkin:
- mexanik jaraenlarni bajaradigan jixozlar;
- issiklik jaraenlari bajaradigan jixozlar;
- bulak va kukinsmon materiallarni xillarga ajratish va klassifikatsiyalash;
- gazlarni changdan tozalaydigan jixozlar;
- tashish vositalari.
Jixozlar kuyidagi asosiy ish kursatkichlari bilan ifodalanadi: ish unumdorligi, elektr kuvvati sarfi, foydalanish koeffitsienti. Ish unumdorligi vakt birligi moybanida maxsulot ishlab chikarish bilan baxolanadi. Elektr kuvvati kattalik: yuritmaning umumiy urnatish kuvvati va ishlab chikarilayotgan maxsulot birligiga elektr energiyaning solishtirma sarfi bilan tavsiflash mumkin. Jixozdan foydalanish koeffitsienti mashina tuzilishi puxta ishlashni baxolaydi va mashina xakikiy ish vaktining kalendar vaktiga nisbati bilan belgilanib, xar doim birdan kichik buladi.
Barcha jixozlarga xos bulgan umumiy talablar: tuzilishining oddiyligi, unga xizmat kursatishni kulayligi va xavfsizligi, yoyiladigan dettalarning iloji boricha kamligi - ularni iloji boricha oson almashtirish mumkinligi, foydalanish koeffitsientining yukoriligi, elektr kuvvati va yokilgi solishtirma sarfining kichikligi, ulchamlarini kichikligi va yengilligi, shovkun, titrash va xavoning changliligi jixatidan sanitariya-gigiena me’yorlariga rioya kilinishi, avtomatik tarzda rostlashga utkazish mumkinligi.
Materiallarni maydalash jixozlariMaydalash deganda kattik material bulaklarini zarur ulchamlargacha ya’ni materialdan sanoatda foydalanish uchun zarur bulgan ulchamgacha yemirish tushuniladi.
Materiallarni maydalash jaraeni - maydalash va kukunlash boskichlariga bulinadi. Dastlabki bulakning murtligiga karab maydalash jaraeni uz navbatida yirik 350-100 mm, urta 100-30 mm, mayda 30-8 mm va mayin 0,5 mm maydalashga bulinadi. Kukuklashda dagal 0,5 mm, mayin - 0,1 mm va urta mayin - 0,01 mm boskichlar farklanadi. Vazifasi va ishlash tarziga karab xar kaysi maydalash agregatida maydalanadigan material bulaklariga yemiruvchi kuchning 4 ta’sir xilidan foydalanish mumkin: ezish, (1 - rasm, A), zarb, (1 rasm. B), egish (1 rasm. G), ishkalash (1 rasm. D).