1. Firma tushunchasi va uning turkumlanish


Firma tushunchasi va uning turkumlanishi



Yüklə 292,57 Kb.
səhifə2/9
tarix08.08.2023
ölçüsü292,57 Kb.
#128665
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1. Firma tushunchasi va uning turkumlanish

1. Firma tushunchasi va uning turkumlanishi
Bozor xo'jaligining asosiy elementlaridan biri firma hisoblanadi. Ammo amaliyotda ko'pincha korxona so'zi ko'p ishlatiladi. Eng avvalo korxona va firma so'zlarining terminologik farqlarini ko'rib chiqsak.

  1. Korxona - bu zavod, fabrika, ferma va boshqa ko'rinishdagi tashkilot bo'lib, u asosan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish hamda taqsimlash bilan shug'ullanadi.

  2. Firma esa, egaligida alohida mol-mulki bo'lgan va o'ziga qarashli bo'lgan korxonada (korxonalarda) mustaqil xo'jalik faoliyatini amalga oshiradigan yuridik tashkilotdir. Firma maksimal foyda olish va iqtisodiy ne'matlarni ishlab chiqarish maqsadida resurslarni birlashtiradi.

Firma tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasining 2012 yil 3 mayda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida”gi qonunining 3-moddasida “Tadbirkorlik faoliyati” tushunchasiga quyidagicha ta'rif beriladi: “Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) - tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o'z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat” hisoblanadi.
Firmalarni turli mezonlar bo'yicha turkumlash mumkin

  1. Huquqiy maqomi bo'yicha:

  • jismoniy shaxs;

  • yuridik shaxs.

  1. Mulkchilik shakli bo'yicha:

  1. Band bo'lgan xodimlar soni bo'yicha:

  • yakka tadbirkor;

  • mikrofirma;

  • kichik korxona;

- yirik korxona.



Tadbirkorlik sub’ektlarining turkumlanishi.

  1. Tashkiliy-huquqiy shakli bo'yicha:

  • yakka tartibdagi tadbirkorlik;

  • xususiy firma;

  • oilaviy korxona;

  • fermer xo'jaligi;

  • dehqon xo'jaligi;

  • to'liq shirkat;

  • kommandit shirkat;

  • mas'uliyati cheklangan jamiyat;

  • qo'shimcha mas'uliyatli jamiyat;

  • aksiyadorlik jamiyati ;

  • ishlab chiqarish kooperativlari;

  • unitar korxona va boshq.

  1. Faoliyat yo'nalishi bo'yicha:

  • ishlab chiqarish yo'nalishidagi;

  • xizmat ko'rsatish yo'nalishidagi;

  • tijorat yo'nalishidagi;

  • moliyaviy yo'nalishdagi;

  • konsalting (maslahat) yo'nalishidagi va boshq.

  1. Tarmoq tarkibi bo'yicha:

  • sanoat;

  • qishloq xo'jaligi;

  • savdo va umumiy ovqatlanish;

  • xizmat ko'rsatish;

  • transport va aloqa;

  • uy-joy va kommunal xo'jaligi;

  • qurilish;

  • moliya;

  • ta'lim va fan;

  • boshqa sohalardagi.



Amaldagi qonunchilikka ko'ra, tadbirkorlik faoliyati bilan jismoniy yoki yuridik shaxs sifatida shug'ullanish mumkin. O'zbekiston
Respublikasining “Fuqarolik Kodeksi”ga muvofiq fuqarolar (jismoniy shaxslar) deganda respublikamizning fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek, fuqaroligi bo'lmagan shaxslar tushuniladi. Fuqaro (jismoniy shaxs) yakka tadbirkor sifatida davlat ro'yxatidan o'tgan paytdan boshlab tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishga haqlidir.
Fuqarolik Kodeksning 39-moddasiga muvofiq: “o'z mulkida, xo'jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo'lgan hamda o'z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o'z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo'la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da'vogar va javobgar bo'la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi”. Ammo yuridik shaxslarning faqatgina foyda olishni o'z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan turlari, ya'ni tijoratchi tashkilotlar tadbirkorlik sub'ektlari hisoblanadi.
Mulk shakli bo'yicha firmalar quyidagicha guruhlanadi:

  • yakka mulk egaligi (yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xo'jaliklari, fermer xo'jaliklari, xususiy firmalar);

  • hamkorlikdagi mulk egaligi (xo'jalik shirkatlari (to'liq va kommandit), mas'uliyati cheklangan va qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatlar, qishloq xo'jaligi shirkatlari, kooperativlar boshq.);

  • korporasiya (aksiyadorlik jamiyati).

Yakka mulk egaligi o'z manfaatlari yo'lida biznesni mustaqil tashkil etish imkonini beradi. Yakka mulk egaligidagi firmalarning mulki bir kishiga tegishli bo'lib, bo'linmasdir.
Afzalliklari:

  • yakka mulk egaligiga asoslangan tadbirkorlikni tashkil etish nisbatan oson kechadi, ya'ni ularni davlat ro'yxatidan o'tkazish va hisobga qo'yish hamda tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi yengil;

  • yakka mulk egasi o'z biznesiga o'zi xo'jayin va mustaqil xo'jalik yuritish hamda qarorlar qabul qilish imkoniyatiga ega;

  • olinadigan foyda bir kishiga tegishli ekanligi biznesni samarali yuritishga kuchli iqtisodiy rag'batni vujudga keltiradi.

  • Nuqsonlari:




  • ko'p holatlarda yakka tadbirkorning keyinchalik o'z biznesini kengaytirish va ko'proq daromad topish imkoniyatlari moliyaviy jihatdan cheklangan bo'ladi;

  • moliyaviy resurslarning cheklanganligi sababli tijorat banklari va boshqa moliyaviy muassasalar ko'p holatlarda yakka tadbirkorlar bilan hamkorlik qilishga moyil bo'lmaydi;

  • yakka mulk egasi tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarish bilan bog'liq barcha vazifalarni (xodimlarni yollash va boshqarish, moddiy ta'minot, mahsulotni sotish, ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini tashkil etish, mablag'larni jalb etish, buxgalteriya hisobi va hisobot shakllarini yuritish va boshq.) bir o'zi bajarishiga to'g'ri keladi va bular uning ko'p vaqtini band etadi; .

  • yakka tadbirkorlik sub'ekti cheklanmagan moddiy javobgarlikka ega bo'ladi, ya'ni noto'lovlar vujudga kelganda kreditorlar uning shaxsiy mulkiga ham da'vo qo'zg'atishi mumkin.

Hamkorlik biznesni tashkil etishning yakka tadbirkorlikka nisbatan mukammalroq shakli hisoblanadi. Hamkorlikda ikki yoki undan ortiq sheriklar firma tashkil etish va uni birgalikda boshqarishga kelishib oladilar. Bunda ular firmani ta'sis etish jarayonida o'zlarining moliyaviy mablag'larini va ishbilarmonlik qobiliyatlarini ham birlashtiradilar. Shu bilan birga biznesni yuritish bilan bog'liq tadbirkorlik xatari hamda foyda yoki zararlarni o'zaro taqsimlaydilar.
Firma faoliyatida ishtirok etishiga ko'ra, hamkorlar turlicha mavqega ega bo'ladi. Ayrim hollarda hamma sheriklar biznesni boshqarishda birdek faol ishtirok etishsa, boshqa holatlarda bir nechta sheriklar boshqaruvda ishtirok etmasligi mumkin (masalan, kommandit shirkatda).
Hamkorlikning afzalliklari:

  • yakka tadbirkorlikdagi kabi hamkorlikdagi biznesni tashkil etish ham birmuncha oson kechadi;

  • ishtirokchilar sonining ko'pligi boshqaruvda ixtisoslashuv imkoniyatini yaratadi;

  • bir nechta sheriklarning resurslarini birlashtirish oqibatida firmaning moliyaviy barqarorligi kuchayadi va kredit beruvchi muassasalardan qarzga mablag'lar jalb etish imkoniyati kengayadi.


Yüklə 292,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin