1. Firma tushunchasi va uning turkumlanish


Daromad va foyda tushunchasi va ularning shakllanish



Yüklə 292,57 Kb.
səhifə3/9
tarix08.08.2023
ölçüsü292,57 Kb.
#128665
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1. Firma tushunchasi va uning turkumlanish

2. Daromad va foyda tushunchasi va ularning shakllanish
manbalari
Daromad — keng maʼnoda kirim boʻlgan har qanday pul mablagʻlari yoki pul qiymatiga ega boʻlgan moddiy boyliklarni olish, iqtisodiy subʼyekt o z faoliyati natijasiga kura oladigan pul va tovar — moddiy tushum. D. pul va moddiy shaklga ega boʻlib, ularning yigʻindisi jami D.ni hrsil qiladi. D. egalik nuqtai nazaridan aholi D.i, korxona (korporativ) D.i va davlat D.iga boʻlinadi. Aholiga tegadigan D. ish haqi, foyda, foiz, renta, dividend shakllariga ega.
Foyda - pul daromadlaridan sarflangan barcha [xarajat]lar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismiga aytiladi. Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablagʻlar ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi.
Daromad – iste’mol chizigʻi. Daromadning oʻzgarishi byudjet chizigʻini oʻziga parallel ravishda siljishiga olib keladi, nima uchun deganda, narxlar nisbati oʻzgarmaydi. Daromad oshganda, byudjet chizigʻi oʻngga-yuqoriga siljiydi, kamayganda pastga-chapga siljiydi. Xuddi shunday siljishlar ne’matlar narxi bir xil oʻzgarganda ham sodir boʻladi. Narxlarning pasayishi real daromadni oshiradi, natijada byudjet chizigʻi oʻngga-yuqoriga siljiydi. Xuddi shunday narxlarning oʻsishi, real daromadni kamaytiradi - byudjet chizigʻi pastga-chapga siljiydi.
Real daromadning oʻsishi natijasida byudjet chizigʻi holatlarga ketma-ket siljiydi.

“Daromad-iste’mol” chizigʻi.


Daromadlarning oʻzgarishiga mos ravishda iste’molchining yangi holatdagi muvozanat nuqtalari oʻrnatiladi: . Ushbu muvozanat nuqtalarini tutashtiruvchi chiziqni amerikalik olim Dj.Xiks “daromad-iste’mol” chizigʻi deb atadi va bu chiziq ilmiy adabiyotlarda “turmush darajasi” chizigʻi deb ham ataladi.
Agar “daromad-iste’mol” chizigʻi koordinata boshidan burchak ostidagi toʻgʻri chiziqdan iborat boʻlsa, daromadning oʻsishi, iste’molchining iste’mol qiladigan ne’matlari bir xil proporsiyada oʻsadi. Agar iste’molchi ne’matlarni har xil proporsiyada xarid qilsa, chizigʻining yotiqligi oʻzgaradi. 8.2-rasmda tovarlar sotib olish boshida tez sur’atda oʻsadi, keyinchalik tovarni sotib olish, tovarga nisbatan oshib boradi.
Nemis olimi Ernst Engel (1821-1896) birinchi boʻlib daromad oʻzgarishining iste’mol tarkibiga ta’sirini tadqiq qilgan. Tovarlar tarkibining daromadga nisbatan oʻzgarishini ifodalovchi chiziqlar, Engel egri chiziqlari deyiladi (8.3-rasm).
Gorizontal oʻq boʻyicha iste’molchi daromadi ordinata oʻqi boʻyicha - sotib olinadigan tovarlar miqdori belgilangan.

Engel egri chiziqlari.
Iste’molchi ehtiyoji birinchi navbatda oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻyinadi ( - oziq-ovqat mahsulotlari), keyin standart sifatli sanoat mahsulotlari bilan va nihoyat, oliy sifatli tovarlar va xizmatlar bilan. Bulardan tashqari, oliy sifatli tovarlar va xizmatlarga oʻtganda ham, standart sifatli sanoat mahsulotlariga talabning yangi sakrash qonuniyati kuzatilgan.

Narx-iste’mol” (a) va talab chizigʻi (b).


“Narx-iste’mol” chizigʻi. Yuqorida “daromad-iste’mol” chizigʻi qaralganda, ne’matlar narxi oʻzgarmaydi, deb qabul qilingan edi. Endi daromadni oʻzgarmas, deb qaraymiz va ne’matlardan bittasini, masalan, ne’matning narxini oʻzgaruvchan deb qaraymiz. Faraz qilaylik, ne’matning narxi ketma-ket kamayib bormoqda, ya’ni va hokazo.
Grafikda narxning bunday oʻzgarishi, byudjet chizigʻining holatdan va holatlarga siljitadi (5.12-rasm).
Masalan, tovar olma boʻlsin, tovar apelsin boʻlsin. (a) rasmda apelsin narxi oʻzgarmaydi, olma narxi pasayib bormoqda. Natijada byudjet chizigʻining oʻq bilan kesishgan nuqtasi oʻzgarmaydi, oʻq bilan kesishgan nuqtasi oʻng tomonga siljib boradi. Olma narxining tushishi, real daromadni oshiradi, natijada iste’molchi olma narxi oshmasdan oldin ola olmagan apelsin va olma majmualarini endi olishi mumkin boʻladi. Ya’ni, berilgan daromadda endi koʻproq olma va koʻproq apelsin olish mumkin boʻladi. Ikkinchidan, byudjet chizigʻi narx pasayishiga mos ravishda yotiqroq boʻlib boradi.
Iste’molchi endi bir birlik qoʻshimcha olma olish uchun, oldingidan kamroq miqdordagi apelsindan voz kechadi. Masalan, bitta apelsin narxi 10 soʻm va bitta olma narxi 5 soʻm boʻlsa, yarimta apelsinga bitta olma toʻgʻri keladi, olma narxi 2,5 soʻmga tushsa, qoʻshimcha bitta olma olish uchun 1/4 qism apelsindan voz kechishi kerak. Olma narxining pasayishi, ma’lum miqdordagi olmani apelsin bilan almashtirish imkoniyatini yaratadi. Natijada optimal majmua (olma va apelsinlarning optimal miqdori) nuqtadan yuqoriroq naflik darajasiga ega boʻlgan befarqlik egri chiziqlarida joylashgan va nuqtalarga oʻtadi.
Agar biz optimal majmua nuqtalarini (befarqlik egri chiziqlari bilan byudjet chiziqlari kesishgan nuqtalarni) chiziq bilan birlashtirsak, bu chiziq “Narx-iste’mol” chizigʻi boʻladi (a rasmdagi chizigʻi). “Narx-iste’mol” chizigʻiga koʻra, talab chizigʻini aniqlash mumkin (b) rasm. Bu holda ordinata boʻyicha narx, abssissa oʻqi boʻyicha ne’mat miqdori belgilanadi.

Yüklə 292,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin