1. Futbolchining kiyimi va poyabzali. Futbol o`tkaziladigan joylarga (maydoni, manejlariga) gigiyenik talablar



Yüklə 25,96 Kb.
səhifə1/13
tarix26.11.2023
ölçüsü25,96 Kb.
#135088
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Sport o‘yinlari - futbol, basketbol, voleybol to’garaklarni tashkil qilish va o’tkazish


Sport o‘yinlari - futbol, basketbol, voleybol to’garaklarni tashkil qilish va o’tkazish

Reja:



1. Futbolchining kiyimi va poyabzali.
2. Futbol o`tkaziladigan joylarga (maydoni, manejlariga) gigiyenik talablar.
3. Futbolchilarda uchraydigan shikastlar va ularning oldini olish.
4. Basketbolchining kiyimi va poyabzali.
5. Basketbolchining shaxsiy gigiyenasi.
6. Basketbol o`yinlari o`tkaziladigan joylarga gigiyenik talablar.
7. Basketbolchilarda uchraydigan shikastlanishlarni oldini olish.
8. Voleybolchilarning kiyimi va poyabzali.
9. Voleybol maydoni va zaliga gigiyenik talablar.
10. Voleybolchilarda uchraydigan shikastlanishlar va ularning oldini olish.


Sport o‘yinlarining gigiyenik tavsifi.
Sport o‘yinlari mashg‘ulotlari bilan muntazam shug‘ullanish odam bajaradigan barcha jismoniy harakatlar sifatini takomillashtiradi. Jumladan, harakatlarda tezlik, aniqlik, chaqqonlik, kuchlilik, chidamlilik, muvozanatlilik kabi sifatlar takomillashadi.
Sport o‘yinlari mashg‘ulotlari ob-havoning turli xil sharoitlarida ochiq havoda o‘tkaziladi. Shu bois, ular odam organizmiga chiniqtiruvchi va sog‘lomlashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Sport o‘yinlari jarayonida sportchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlar tarbiyalanadi, shakllanadi. Bular quyidagilardan iborat: jamoatchililik, intizomlilik, tashabbuskorlilik, tezlik, shijoatlilik, chidamlilik kabilar.
Futbol, basketbol, voleybol o‘yinchilarida o‘yin paytida maydonda vujudga kelgan murakkab vaziyatlarda o‘ta tezlik bilan vaziyatni baholash va tezkorlik, aniqlik, uyushqoqlik va muvozanatni saqlagan holda mo‘ljal sari harakat qilish sifatlari shakllanadi.
O‘yinchilarda g‘alaba yoki mag‘lubiyatdan qat’iy nazar asab-psixik holatini idora qilish, ya’ni g‘alabadan o‘ta mag‘rurlanmaslik, mag‘lubiyatdan tushkunlikka tushmaslik sifati shakllanadi.
Sport o‘yinchilari yil davomida musobaqalarda qatnashadilar. Buning uchun doimiy ravishda katta hajmdagi trenirovka mashqlarini bajaradilar. Ular turli xil iqlim, noqulay ob-havoga ega bo‘lgan hududlarda musobaqa o‘tkazadilar. Bularning barchasi sportchi-lardan mustahkam sog‘liqni, chiniqishni, chidamlilikni, kuchli, shijoatli, matonatli bo‘lishni talab qiladi.
Sport o‘yinlarini gigiyenik ta’minlashda sportning barcha turlarida qo‘llanadigan gigiyenik tartib va qoidalarga amal qilinadi.
Birinchi navbatda sog‘liqni mustahkamlash, kun tartibini to‘g‘ri tuzish va unga rioya qilish, chiniqish, shaxsiy gigiyena, ovqatlanish, trenirovka mashqlari va musobaqalardan keyin kuch-quvvatni tezroq tiklanishi va ish qobiliyatini oshirishga qaratilgan gigiyenik tadbirlarni amalga oshirish.



Yüklə 25,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin