Sport o‘yinlari - futbol, basketbol, voleybol to’garaklarni tashkil qilish va o’tkazish
Kurashchilarda yuqumli va shamollash kasalliklarining oldini olish. 1. Kurashchilar shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishlari kerak. Ular raqiblari bilan kurashganlarida ikki raqibning tanasi bir-biriga tegadi, ishqalanadi. Demak, biridagi teri kasalliklarining mikroblari va zamburug‘lari, ikkinchisiga yuqish xavfi ko‘p bo‘ladi.
2. Kurashchilarning terisidagi mikroblar, zamburug‘lar kurash gilamiga ham yuqadi, undan esa raqiblariga yuqadi.Shuning uchun:
- trenirovka mashqidan va musobaqadan keyin kurashchi dush qabul qilishi, sovunlab yuvinishi zarur;
- kurash jarayonida kurashchi ko‘p energiya sarflaydi, badani qiziydi, ko‘p terlaydi. Kurashdan keyin esa qizigan badani sovuydi va shamollashiga qulay sharoit yaratiladi.
- shu bois kurashchi o‘zini chiniqtirishi lozim. Buning uchun issiq va sovuq (kontrast) suv muolajalarini muntazam qabul qilishi maqsadga muvofiq;
- kurashchilar quyosh nurlaridan ko‘proq foydalanishlari lozim;
- kurash trenirovka zaliga ultrabinafsha nurlarini tarqatuvchi maxsus elektr lampalari o‘rnatiladi. Ular trenirovka mashqlari jarayonida kurashchilarga chiniqtiruvchi va ish qobiliyatini oshiruvchi sifatida ta’sir ko‘rsatadi;
- kurash trenirovka zaliga bakteritsid elektr lampalari bilan ta’minlangan maxsus shkaflar o‘rnatilishi kerak. Bu shkaflarda kurashchilarning kiyimlari dezinfeksiya qilinadi;
- kurash zalida bakterisid lampalari o‘rnatilgan ko‘chma moslamalar bo‘lishi kerak. Ular kurash gilamlarini dezinfeksiya qilib, mikroblardan zararsizlantiradi.