Futbolchining kiyimi. 1. Futbolka.
2. Trusi.
3. Getra.
Trusi ichidan jinsiy a’zoni himoyalash uchun plavka yoki maxsus moslama kiyiladi.
Getraning yuqori qismi bint bilan bog‘lanadi yoki uning yuqori qismiga oyoqni qismaydigan keng, enli rezina o‘tkaziladi.
Darvozabon kiyimi. 1. Futbolka ustidan sviter.
2. Sviterning yengi ostidan tirsak bo‘g‘imini shikastlanishdan himoyalovchi qalin charm moslama.
3. Qo‘lqop.
Sovuq ob-havo sharoitida futbolchilar va darvozabon quyidagi qo‘shimcha issiq kiyim kiyadilari:
Sport kiyimi ostidan: 1. Issiq flannel kuylak;
2. Issiq reytuz.
3. Issiq trenirovka kostyumi.
4. Issiq qalpoq.
5. Qo‘lqop.
Futbolchining poyabzali. 1. Butsi – ichiga kigiz to‘shaladi.
2. Jun paypoq.
Qorda trenirovka mashqi o‘tkazilishi oldidan butsiga moy yoki suv o‘tkazmaydigan malham surtiladi. Mashq va musobaqadan keyin butsi tozalanadi, quritiladi, u baliq yog‘i yoki poyabzal kremi bilan moylanadi.
Trenirovka mashg‘ulotlarida rezina shippak yoki keda qo‘llanishi mumkin. Ularning ichiga, hatto issiq ob-havo sharoitida ham, kigiz patak to‘shaladi, jun paypoq kiyiladi. Bu oyoqni qavarishining oldini olish uchun zaruriy chora hisoblanadi.
Futbol o‘yinlari o‘tkaziladigan joylarga gigiyenik talablar. Futbol o‘yinlari, trenirovka mashqlari futbol maydonlarida va sport o‘yinlari zallarida o‘tkaziladi.
Futbol maydoniga qo‘yiladigan gigiyenik talablar. 1. Futbol maydoni tekis bo‘lishi kerak. Uning atrofida, ya’ni darvozaning orqa tomonida 4 metr, yon tomonida 2 metr bo‘sh joy-himoya zonasi bo‘lishi lozim.
2. Maydonning uzunligi 112 metr, eni 73 metr bo‘ladi.
3. Maydon maysa o‘t bilan ko‘kalamlashtiriladi. Ayrim hollarda maydonga sintetik material to‘shaladi.
4. Maydondagi maysa o‘t uzunligi 5 sm.dan oshsa qaychilab turiladi.
5. Havo issiq paytlarda har 2-3 kunda maydon o‘tlariga suv sepiladi.
6. Maydonning o‘ti qurigan joylariga muntazam ravishda o‘t ko‘chatlari o‘tqiziladi.
7. Maydonda shikastlanishga sabab bo‘ladigan chuqurchalar, g‘adir-budur joylar, tosh va boshqa yot buyumlar bo‘lishi man etiladi.
8. Maydonning yon tomondan sun’iy yoritilishi tomoshabinlar soni 1500-10000 gacha bo‘lsa-100 lk, tomoshabinlar 10000-15000 gacha bo‘lsa - 200 lk, tomoshabinlar soni 25000 dan oshsa - 400 lk bo‘lishi kerak.