1. Futbolchining kiyimi va poyabzali. Futbol o`tkaziladigan joylarga (maydoni, manejlariga) gigiyenik talablar


Basketbolchilarda uchraydigan shikastlanishlarning oldini olish



Yüklə 25,96 Kb.
səhifə6/13
tarix26.11.2023
ölçüsü25,96 Kb.
#135088
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Sport o‘yinlari - futbol, basketbol, voleybol to’garaklarni tashkil qilish va o’tkazish

Basketbolchilarda uchraydigan shikastlanishlarning oldini olish.
Basketbolchilarda uchraydigan shikastlanishlarning oldini olish uchun quyidagi gigiyenik tadbirlarga e’tibor berilishi lozim:
1. Trenirovka va musobaqa mashqlari uslubiy jihatdan to‘g‘ri rejalashtirilishi va qoida bo‘yicha o‘tkazilishi lozim. Bu vazifa trener va hakam zimmasiga yuklatiladi;
2. Trenirovka mashqi va musobaqa o‘tkaziladigan joyning sanitariya-gigiyenik sharoiti talab darajasida bo‘lishi. Bu vazifa sport inshoati rahbari zimmasida bo‘ladi. Shuningdek, trenirovka oldidan trener, musobaqa oldidan hakam nazoratidan o‘tkazilishi lozim;
3. Basketbolchining kiyimi va poyabzali o‘ziga mos bo‘lishi;
4. Trenirovka mashqlari va musobaqalarni qoida asosida tashkil etish, o‘yinchilar tomonidan qo‘pollikka, o‘yin qoidalarining buzilishiga qat’iy yo‘l qo‘ymaslik. Mazkur vazifalar trenirovka paytida trener zimmasida, musobaqa paytida hakam zimmasida bo‘lishi tabiiydir.
Voleybolning gigiyenik tavsifi.
Voleybolning gigiyenik tavsifi basketbolga o‘xshash.
Voleybolchilar orasida uzun bo‘yli va katta tana vazniga ega bo‘lgan sportchilar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Voleybolchilarning kiyimi.
1. Mayka. 2. Trusi
Hakamning ruxsati bilan voleybolchilar musobaqada trenirovka kostyumida o‘ynashlari mumkin.
Voleybolchilarning poyabzali.
1. Rezina yoki charmdan tayyorlangan yumshoq, yengil, poshnasiz poyabzal.
- hakamning ruxsati bilan ayrim voleybolchilar musobaqada poyabzalsiz o‘ynashlari mumkin.
Voleybolchilar tizza bo‘g‘imini himoyalovchi moslamadan foydalanadilar.
Voleybol bo‘yicha musobaqalar havo harorati +10o dan past bo‘lganda o‘tkazilmaydi.
Voleybol maydoniga gigiyenik talablar.
Voleybol maydoni yuqorisi (tepasi) da 9 metr bo‘sh joy bo‘lishi kerak. Bu joyda elektr, radio, telefon simlari, simyog‘och, daraxt shoxlari bo‘lishi mumkin emas. Xalqaro musobaqalarda esa maydon tepasidagi bo‘sh joyning balandligi kamida 12,5 metr bo‘lishi talab etiladi.
Voleybol to‘ri o‘rnatiladigan ikkala ustunlar yon chiziqlardan 50 sm ichkarida bo‘lishi kerak.
Voleybol maydonini yon tomondan sun’iy yoritilishi – 50 lk, yuqoridan yoritilishi – 30 lk.
Voleybol zalining yon tomondan sun’iy yoritilishi – 300 lk, yuqoridan yoritilishi – 100 lk.
Voleybol bo‘yicha respublika va xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan musobaqalarda maydon atrofidagi chiziqning tashqi tomonida 6-10 metr bo‘sh joy (himoya zonasi) bo‘lishi kerak.

Yüklə 25,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin