1. Futbolchining kiyimi va poyabzali. Futbol o`tkaziladigan joylarga (maydoni, manejlariga) gigiyenik talablar


Voleybolchilarda uchraydigan shikastlanishlar



Yüklə 25,96 Kb.
səhifə7/13
tarix26.11.2023
ölçüsü25,96 Kb.
#135088
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Sport o‘yinlari - futbol, basketbol, voleybol to’garaklarni tashkil qilish va o’tkazish

Voleybolchilarda uchraydigan shikastlanishlar.
Voleybolchilarda tayanch-harakat a’zolarining quyidagi shikastlari nisbatan ko‘proq uchraydi:
1. Gavdaning shikastlanishi, ya’ni ko‘krak, qorin, umurtqa pog‘onasi, chanoq sohalarining terisi, muskul-paylari, suyaklari.
2. Qo‘l barmoqlari boylamlarining lat yeyishi va cho‘zilishi, suyaklarining sinishi.
3. Tirsak-kaft, bilak, yelka, tizza bo‘g‘imlari boylamlarining lat yeyishi va cho‘zilishi, suyaklarini sinishi.
Voleybolchilarda uchraydigan shikastlanishlarning oldini olish.
1. Trenirovka va musobaqa mashqlarini qoida bo‘yicha o‘tkazilishini ta’minlash.
2. Mashg‘ulot o‘tkaziladigan joyning sanitariya-gigiyenik sharoiti talab darajada bo‘lishi.
3. O‘yinchilar tomonidan qo‘pollikka, o‘yin qoidalarining buzilishiga yo‘l qo‘yilmaslik.
4. Voleybolchi tizza, tirsak kaft bo‘g‘imlarini himoyalovchi moslamalardan foydalanishlari mumkin.
Qilichbozlikning gigiyenik tavsifi.
Qilichbozlik bilan muntazam shug‘ullanish organizmning jismoniy rivojlanishining har tomonlama yuksalishiga, harakat-larning tezligi, chaqqonligi, aniqligi, muvozanatligi kabi sifatlari takomillashuviga sharoit yaratadi. Shuningdek, sportchida yuksak axloqlilik, matonatlilik, shijoatlilik, jasoratlilik kabi sifatlarning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qilichbozning kun tartibi.
Kun tartibi umumiy gigiyenik qoidalar asosida tuziladi. Sportning bu turida kuzatiladigan yuqori darajadagi asab-psixik zo‘riqishni hisobga olgan holda mashqlardan keyin asab va kuch-quvvatning tiklanishiga, nofaol va faol dam olishga qaratilgan tadbirlarga alohida e’tibor beriladi.
Qilichbozning shaxsiy gigiyenasi. Trenirovka mashqlarida qilichboz juda ko‘p terlaydi. Shuning uchun shaxsiy gigiyena va tanani parvarish qilish, mashqdan keyin dush qabul qilish, ustidan suv quyib yuvinish tadbirlariga alohida e’tibor berishi lozim.
Qilichbozning chiniqishi. Sportning barcha turlari kabi qilichbozlarning chiniqishi muhim ahamiyatga ega. Chiniqishning hamma vositalari, birinchi navbatda, suv muolajalari va quyosh radiatsiyasi keng qo‘llanishi tavsiya etiladi.

Yüklə 25,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin