Qilichbozning kiyimiga gigiyenik talablar. Qilichbozning kiyimi trenirovka mashqi va musobaqada erkin harakatlanishiga qulay bo‘lishi va uning tanasini himoyalashi kerak.
- erkaklar uchun jinsiy a’zoni himoyalovchi rakovina;
- ayollar uchun ko‘krak sohasini himoyalovchi qattiq matodan tayyorlangan byutsgalter qo‘llanadi.
Qilichbozning asosiy kiyimlari va poyabzali. 1. Kurtka. Kurtkaning pastki qirrasi shimni yuqoridan pastga tomon 10 sm ni yopib turishi mumkin.
2. Golfi tipidagi tizzadan pastida tugmalanadigan shim.
3. Getri – tizza bo‘g‘imlarini to‘liq yopadigan.
4. Tufli oq rangli.
Qilichbozning himoyalovchi vositalar. 1. Qo‘lqop. Uning manjeti (qo‘nji) qurollangan qo‘lning bilagini yarmigacha yopib turadi.
2. Qilichbozda qalin matodan tayyorlangan biqiniga qo‘yiladigan himoya vositasi va qo‘ltig‘i ostiga qo‘yiladigan tikuvsiz yeng bo‘lishi kerak.
3. Qilichbozning metall to‘rdan yasalgan niqobi bo‘ladi. To‘rning kataklari teshigining hajmi ko‘pi bilan 2,1 mm gacha bo‘lishi mumkin.
Ixtisoslashtirilgan (maxsus) qilichbozlik zali. Zalda jang o‘tkaziladigan joy “Jang maydoni” deyiladi.
Sportchining xavfsizligini ta’minlash uchun jang maydoni har qaysi tomonga 2 metrga kengaytirilgan bo‘ladi.
Jang maydoni polining yuzasi tekis, siypanmaydigan bo‘lishi kerak. U yog‘ochdan, rezin yoki kauchukdan qilinadi.
Agar jang pomostda o‘tkaziladigan bo‘lsa, uning kengligi kamida 2,5 metr, uzunligi 19 metr, balandligi 50 sm bo‘lishi kerak.
Qilichbozlik rapira va shpagada o‘tkazilsa, jang maydonining hamma tomoni elektrlashtirilgan yo‘lakcha bilan aylantirib o‘ralgan bo‘ladi.
Qilichbozlik yarog‘i musobaqa qoidalariga muvofiq bo‘lishi kerak. U qilichbozning o‘zini va raqibini jarohatlamasligi lozim.
Qilichbozlik zalining harorati +12 +14o, nisbiy namligi 40-60%, sun’iy yorug‘ligi 200 lk bo‘lishi ta’minlanadi.
Boksning gigiyenik tavsifi. Boks mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish jarayonida botirlik, shijoatlilik, jasoratlilik, irodalilik va himoyalanish ko‘nikmalari shakllanadi. Boks mashqlarida tezlik, aniqlik, harakatlarning muvozanatliligi, e’tiborni mujassamlashtirish, kuchni tejamkorlik va maqsadli sarflash harakat tezligi va aniqligi yuqori darajada rivojlanadi.
Bokschining trenirovka mashqlari va musobaqalari katta jismoniy va psixik zo‘riqish bilan o‘tadi. Bundan tashqari musobaqalarda bokschi kuchli, og‘riqli, ba’zida shikastlantiruvchi zarbalar oladi.
Yuqorida bayon etilganlardan ma’lumki, bokschilar tayyorlashni gigiyenik ta’minlash o‘ziga xos xususiyatlarga ega.