1. Futbolchining kiyimi va poyabzali. Futbol o`tkaziladigan joylarga (maydoni, manejlariga) gigiyenik talablar



Yüklə 25,96 Kb.
səhifə10/13
tarix26.11.2023
ölçüsü25,96 Kb.
#135088
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Sport o‘yinlari - futbol, basketbol, voleybol to’garaklarni tashkil qilish va o’tkazish

Boks zaliga gigiyenik talablar.
Boks zali derazalarining pastki qirrasi poldan 2 metr balandda joylashtiriladi.
Derazalar janubga yoki janubiy-sharq tomonga qaratiladi.
Tabiiy yorug‘lik koeffitsiyenti 1:6 bo‘lishi kerak.
Zal devorlarida bo‘rtib turadigan, ya’ni bokschining shikastlanishiga sabab bo‘ladigan narsalar bo‘lishi mumkin emas (isitish vositalari va h.k).
Zal devorining pastdan 1,5 metr baland qismi yog‘li bo‘yoq bilan bo‘yaladi.
Zalda havo harorati +14 +15o, nisbiy namlik -35-60%, havo harakati tezligi -0,5 m/sek.
Zal havosini almashib-yangilanib turishini ta’minlovchi markaziy ventilyatsiya 1 soatda bir nafar bokschini 80 ml havo bilan bir nafar tomoshabinni 20 ml havo bilan ta’minlashga rejalashtiriladi.
Markaziy ventilyatsiya bo‘lmagan hollarda zal havosi deraza darchalarini ochish orqali almashtiriladi.
Zalning sun’iy yorug‘ligi – 200 lk.
Ring yuqoridan sun’iy yoritiladi. Yon tomondan lampa bilan yoritish mumkin emas.
Jang o‘tkaziladigan ringning 4 tomoni bir xil 5-6 metr bo‘lishi kerak.
Agar ring pomostda joylashtirilsa, uning tomonlari 8 x 8 metr bo‘lishi kerak.
Ring poli tekis bo‘lib, 4 sm qalinlikdagi kigiz, uning ustiga brezent to‘shaladi. Kigiz va brezent qirrasi kanatdan kamida 0,5 metr tashqariga chiqishi kerak:
- ring atrofi eni 3-4 sm lik 3 qator kanat bilan chegaralanadi. Kanatlar ringning har qaysi burchagida yostiqchalar bilan birlashtiriladi (yostiqchaning qalinligi 5-7 sm, eni 20 sm);
- kanatlar bilan zal devori yoki boshqa buyumlar o‘rtasidagi masofa kamida 2 metr bo‘lishi kerak;
- tomoshabinlar ringdan kamida 3 metr masofada joylashtiriladi;
- bokschilar raundlar o‘rtasidagi tanaffus vaqtida ring burchaklarida maxsus joyda dam oladi;
- ringdan (kanatdan) tashqarida maxsus idishda suv, krujka, urna va kanifol solingan yashik bo‘ladi.
Musobaqa paytida zal havosining harorati +16o dan past yoki +25o dan yuqori bo‘lmasligi kerak.
Ochiq havoda o‘tkaziladigan musobaqada ring quyosh nuridan himoya qilinishi lozim. Havo harorati +18o dan past, +30o dan yuqori bo‘lmasligi kerak.
Shamol va yomg‘ir kunlari ochiq havoda musobaqa o‘tkazish mumkin emas.
Boks zali, shuningdek, yozgi boks maydonida aptechka bo‘lishi, unda tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur dorilar bo‘lishi ta’minlanadi.

Yüklə 25,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin