1. Futbolchining kiyimi va poyabzali. Futbol o`tkaziladigan joylarga (maydoni, manejlariga) gigiyenik talablar


Bokschilarda uchraydigan shikastlanishlarning oldini olish tadbirlari



Yüklə 25,96 Kb.
səhifə11/13
tarix26.11.2023
ölçüsü25,96 Kb.
#135088
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Sport o‘yinlari - futbol, basketbol, voleybol to’garaklarni tashkil qilish va o’tkazish

Bokschilarda uchraydigan shikastlanishlarning oldini olish tadbirlari.
Bokschilarni tayyorlashda shikastlanishlarning oldini olishga qaratilgan tadbirlarga alohida e’tibor qaratiladi. Ular quyidagilar:
1. Trenirovka mashqlarini to‘g‘ri tashkil etish va qoida asosida o‘tkazish.
2. Mashg‘ulotlar texnikasi va taktikasini bokschilar tomonidan to‘liq o‘zlashtirilishi.
3. Bokschi ayniqsa himoyalanish usullarini to‘liq egallashi kerak.
4. Razminkani to‘g‘ri o‘tkazish, muskul, tayanch-bo‘g‘im apparatini mashqqa to‘g‘ri tayyorlash.
5. Qo‘lni bint bilan mustahkam o‘rash, himoya vositalarini qo‘llash.
6. Trenirovka va musobaqa o‘tkaziladigan joyda (ringda) barcha zarur bo‘lgan texnikaviy, sanitariya-gigiyenik, tez tibbiy yordam ko‘rsatish sharoitlarini ta’minlash.
7. Bokschilar bilan tarbiyaviy ishlar o‘tkazishga alohida e’tibor berish. Ularga shikastlanishning yuzaga kelish sabablarini, oldini olish choralarini astoydil tushuntirish.
Kurashchining shaxsiy gigiyenasi va chiniqtirish.
Kurashchini tayyorlashda shaxsiy gigiyenaning hamma qoidalariga amal qilish muhim ahamiyatga ega. Shaxsiy gigiyena turli xil kasalliklarning, ayniqsa, terining zamburug‘li, yiringli, nafas a’zolarining sil va boshqa yuqumli kasalliklarining oldini olishning asosiy sharti hisoblanadi. Chunki, kurashning trenirovka mashg‘ulotlari va musobaqalari gilam ustida va raqib bilan yonma-yon, unga surkanish vaziyatida o‘tadi.
Kurashchini chiniqtirishning asosiy maqsadi organizmni baquvvat qilish, immun xususiyatini yaxshilash, ayniqsa, shamollash, gripp kasalliklarining oldini olishga qaratilgan.
Kurashchilarni chiniqtirishda suv muolajalari, havo vannalari, quyosh va sun’iy ultrabinafsha nurlari keng qo‘llanadi.
Kurashchi vaznini kamaytirish.
Zaruriyat yuzaga kelganida kurashchi vaznini kamaytirish asta-sekinlik bilan 10-12 kun davomida amalga oshirilishi tavsiya etiladi.
Vaznni kamaytirish davrida kun tartibidagi ovqat ratsioni kaloriyasini asosan yog‘lar, uglevodlar, suyuqliklarni kamaytirish hisobiga amalga oshiriladi. Ovqat tarkibida yog‘lar, shirinliklar, oq non, pishiriqlar, xamirli taomlar miqdorini kamaytirilishiga e’tibor beriladi. Vaznni kamaytirish davrida trenirovka mashqlari sonini kuniga 1 martaga ko‘paytirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ta’kidlash lozimki, vaznni atayin tez-tez kamaytirish usullarini qo‘llash sportchi sog‘lig‘iga, ish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun har bir sportchi o‘z vaznini saqlashda gigiyenik talab asosida tuzilgan kun tartibi, ratsional ovqatlanish, mashg‘ulotlar hajmini to‘g‘ri belgilash kabilarga e’tibor bilan yondashmog‘i zarur.

Yüklə 25,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin