1 Gapdagi so‘zlarni o‘xshash tomonlariga ko‘ra taqqoslab olish



Yüklə 53,7 Kb.
tarix27.11.2023
ölçüsü53,7 Kb.
#136654
SHerzod 2

Savodxonlik darslari boshlang‘ich sinflarda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ayniqsa, ushbu dars jarayonlarini tashkil etishda imloning o‘rni bo‘lakcha. Imlo ustida ishlash va savodxonlik darslarini to‘g‘ri tashkil etish har bir pedagog uchun naqadar muhim ekanligini bugungi kun ustozlari bilishadi.


Boshlang‘ich sinf o'quvchilarida ona tilidan bilim va malakalarni hosil qilish ishlari, asosan, yozuv darslarida amalga oshiriladi. Yozuv darslarining mazmuni boshlang'ich sinf ona tili dasturini va maktab oldiga qo‘yilgan talablar asosida belgilanadi.
Yozuv darslarini tashkil etishda pedagogika va metodika tavsiyalari hisobga olinadi. Yozuv darsi va unga qo'yilgan talablarni belgilashda metodika fani sohasidagi yangiliklar, boshlang'ich sinflarda ishlayotgan eng tajribali o‘qituvchilarning tajriblari asos qilib olinadi. Shunga alohida e’tibor berish kerakki har bir darsda o‘quvchilarga bilim berish jarayonida tarbiyaviy tomonlarga ham alohida ahamiyat berib borish, uzaro hurmat, mas’uliyatni his etish, tengdoshlari va oila a’zolariga hurmat, g‘amxo‘rlik, tabiatga mehr-muhabbat singari xislatlarni singdirib borish kerak.
O‘quv tarbiya ishlarida ko‘zlangan maqsadga yetishish uchun o‘quvchilarda quyidagi qobiliyatlarni shakllantirib borish zarur:
1) Gapdagi so‘zlarni o‘xshash tomonlariga ko‘ra taqqoslab olish.
2) So‘zlar nimani ifoda etishiga ko‘ra turkumlarga ajratish.
3) O‘qituvchi tavsiya qilgan yoki o‘zi tuzgan reja asosida fikrlarni bayon ega olish.
4) Gaplarda grammatik tushunchalarni, orfografik qoidalarni ifodalay olish.
5) Darslikdagi turli mashqlar va topshiriqlarni birgalikda muhokama qilinganidan keyin uni bajara olsh.
Ona tili darslari savodli yozuv darsi hisoblanadi. Shuning uchun ham yozma ishlarga alohida e'tibor beriladi. Darsning uchdan ikki qismida o'quvchilar grammatik, orfografik va nutqiy yozma ishlarni bajaradilar. Shuning uchun grammatik, orfografik bilimlarni o‘zlashtirish uchun qund bilan ishlashga to‘g‘ri keladi. Kuzatshlardan ma’lumki, darsda o‘quvchilarning osoyishta va mustaqil ishlarini ta’minlagan o‘qituvchi ularning savodli bo‘lishga erisha oladi.
Bunday darslarda ko‘rgazmali qurollar, didaktik materiallar, texnika vositalaridan foydalanish o‘z o‘rnida bo‘ladi. O‘quvchilarning dars jarayonida yo‘l qo‘ygan xatolarini sekin yotig‘i bilan tushuntirish lozim. O‘quvchi shundagina yozuvida yo‘l qo‘ygan xatosini tushunib oladi va tuzatishga harakat qiladi, bilimlarni o‘zlashtirishga qiziqishlari ortib boradi. Ayniqsa boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bajargan ishlarini o‘z vaqtida baholab borish ham katta ahamiyatga ega.
Boshlang‘ich sinf ona-tili darsliklaridagi manbalar oz bo'lsada izlanish metodi bilan ishlashni taqozo etadi O'quvchilar o'qituvchi rahbarligida mashq shartini o'qib unda talab etgan topshiriqlarni aniqlaydilar savollarga javob qidiradilar undagi fikrlarni umumlashtiradilar, mashqlar bajaradilar. Umumlashtirish va xulosalar asosida qoidalar ishlab chiqadilar.
Umuman ona-tili darslarini to'g'ri va qiziqarli tashkil etilishi o'quvchilarni darsga bo'lgan qiziqishlarini ortiradi.
Boshlang'ich sinf ona tili ta'limida xato turlari va ularning kelib chiqish sabablari. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining yozuvlarida turli xatolar uchrab turadi. Bu uchraydigan xatolarni quyidagi turlarga ajratish mumkin.
1. Grafik xatolar. Grafik xatolarga harf shakllarini o'xshata olmaslik, harflarning o'rnini almashtirib yozish, talaffuzi o'xshash undoshlarni aniq ajratmaslik natijasida yozuvda bir harf o'rniga ikkinchisini ishlatish biror harfni tushirib qoldirish kabi xatolar uchraydi. Shularga ko'ra grafik xatolar quyidagi ko'rinishlarda bo'ladi:
1. Alisher odobli bola.
2. Kuz fasli boshlandi
3. Qobil ikki tup ko’chat ekdi
4. Olma, o’rmon, to’qmoq.
1. Fonetik xatolar. Bunday xatolar so’zlarni tog’ri talaffuz qila bilmaslik, sheva va dialektlar ta’sirida bo’ladi. Fonetik xatolar asosan quyidagi ko’rinishlarda bo’ladi.
Grafik xatolar, harflar shakllarini buzib yozish, so’zda harflar birikmasini buzib yozish, harflarni bir-biriga noto’g’ri ulab yozish, fonetik xatolar, dissimilatsiya hodisasi natijasida, dialekt va sheva xatolari, assimilatsiya hodisasi natijasida, tovushlar almashuvi natijasida. Masalan:
1. Borgan edi – boruvdi. (sheva xatolari)
2. Tomni – tommi. Piyolaga – piylaga. (Assimilatsiya hodisasi)
3. Go’sht – gosh. G’isht – g’ish
5. Devor – devol. (tovushlar almashuvi)
Xatolar ustida ishlashda orfografik tahlilni ahamiyati katta bir necha gapni orfografik jihatdan to'la tahlil qilish kerak.
Bu bilan o'quvchilar so'z ma'nosi va uning imlosini puxta o'zlashtirib oladilar. O'quvchilarning to'g'ri, xatosiz yozishga o'rgatish va yo'l qo'yilgan xatolarni bartaraf etish uchun quyidagilarga e'tibor berish kerak:
1. Eng avvalo o'quvchilarni to'g'ri talaffuz qilishga o'rgatish. Ya'ni so'z aytilganda tovushlarni aralashtirmay, tovush tushirib yoki orttirib talaffuz etmaslik. Masalan: kitob o'rniga kitob, ruchka o'rniga yuchka, maktab o'rniga matab deyishga yo'l qo'ymaslik.
2. Har bir darsda ko'pchilik uchun bir xil uchraydigan tipik xatolar doskada ko'rsatilib, tuzatiladi. Morfologik xatolar, so’zning ma’nosini tushunmaslik, grammatik qoidalarni bilmaslik, orfagrafik qoidalarni unutish, parishon xotirlik, mexanik xatolar.
3. Ayrim o'quvchilar uchun tegishli xatolar o’sha o'quvchi bilan birgalikda tuzatiladi.
4. Agar o'quvchilar biror qoidani bilmasligi natijasida xatoga yo’l qo’ygan anashu qoidani takrorlash bilan tushuntirish kerak bo’ladi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki o’quvchilar yozuvida xatolar bo’lmasligi uchun lug'at ishiga ta'limiy harakterdagi yozma ishlarga ko'proq o'rin berish zarur. Imlosi qoidalashtirlmagan va qiyin so'zlar jadvali tuzilib, sinf xonasiga o'quvchilarga ko'rinarli qilib osib qo'yilishi va uni vaqti-vaqti bilan almashtirib turishsa yaxshi natija beradi.
Savodxonlik darslarida imloning ahamiyati kattadir. Imloviy xatolar ustida ishlash esa ustozlarning dars jarayonida oldiga qo’ygan ilmiy maqsadlardan biri hisoblanadi. Shu sababli ham ikkisini bog’lab savodxonlik darslarida imlo ustida ishlanishi maqsadga muvofiq bo’ladi.


Ta‘lim tarbiya tizimining bugungi kundagi vazifasi o‘sib-ulg‘ayib kelayotgan yoshlarni vatanparvar, zamonaviy bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘zlashtirgan kelajakda jamiyatda o‘z o‘rnini egalashga erishgan-komillikka intiladigan barkamol avlodni voyaga yetkazishdir. Mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohatlarda umumta’lim maktablari hal qilivchi kuchga aylangani ayni haqiqatdir. Maktablarda kelajak avlod vorislarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan imkoniyatlar o‘z navbatida, pedagog xodimlardan sifatli ta’lim-tarbiya berishni, o‘quvchi yoshlardan esa puxta bilim olishni talab etadi. Bu o‘z navbatida har bir o‘qituvchi zimmasiga yanada yuksak mas’uliyat va vazifalarni yuklaydi. Boshlang’ich ta’lim ta’lim-tarbiyaning poydevoridir. Poydevor qanchalik mustahkam bo‘lsa imorat shunchalik chidamli bo‘lganidek, mukammal boshlang‘ich ta’lim olgan o‘quvchilar yuqori sinflarda va ta’limning keyingi bosqichlarida hech qiynalmasdan yanada yuksak natijalarga erisha oladi. Shuning uchun boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘quvchilar savodini chiqarishda, ularga mustahkam bilim berish va ularda zaruriy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda barcha imkoniyatlarni ishga solishlari, ilk ta’lim-tarbiya jarayonini sifatli olib borishi lozimdir. Bu vazifa har bir o‘qituvchi zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi va bu mas’uliyatni to‘laqonli his etgan holda mehnat qilish zamirida esa ijodkorlik, izlanish,ilg‘or va innovatsion texnologiyalarni, ilg‘or ish tajribalarini, samarali didaktik materiallarni o‘qitish jarayonida mahorat bilan qo‘llash faoliyati yotadi. Hayotimizning barcha sohalarida bo‘lgani kabi, yoshlarga ta’lim va tarbiya berishning hozirgi bosqichi bu jarayonga axborot-kommunikatsion texnologiyalarining, kompyuter texnikasining keng ko‘lamda kirib kelishi bilan xarakterlanadi Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturining amalga oshirilishi tufayli bugungi kunda deyarli barcha maktablar kompyuter texnikasiga ega bo‘ldilar va maktab jamoalari ta’lim jarayonida mazkur texnika imkoniyatlaridan unumli foydalanmoqdalar. Respublikamizda ta’lim jarayonida axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish uchun tegishli ilmiy-metodik bazani yaratish va mustahkamlash jarayoni ketayotir. Yaratilgan va ta’lim muassasalariga qadar yetkazib berilayotgan elektron darsliklar, ayrim olingan mavzular bo‘yicha dars loyihalari, slaydlar to‘plamlari ,Xalqaro baholash dasturlari bo ‘yicha o‘quvchilarni zamon talablari bo ‘yicha baholash bo‘yicha metodik qo‘llanmalar fikrimizning dalilidir. Umumiy o‘rta ta’limning kompetensiyaviy yodashuv asosidagi davlat ta’lim standartlarida har bir o‘quvchining tayanch va fanga oid kompetensiyalarini umumjahon ta’lim standartlari doirasiga olib chiqish vazifasi qo’yilgan. O‘quvchining savodxonlik darajasini oshirishni esa zamonaviy axborot texnologiyasisiz tasavvur etib bo’lmaydi. O‘quvchining savodxonlik darajasini oshirishda ona tili ta’limi muhim omillardandir. Ona tilini o‘qitishda axborot texnologiyalardan unumli foydalanish ta’lim samaradorligini beqiyos oshirishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham umumiy o‘rta ta’limning har ikkala bosqichida ona tili ta’limi samaradorligini oshirish uchun qilinadigan sa’yi-harakatlar bugungi kunning ham talabidir desak yanglishmaymiz. Kompetensiyaviy yondashuv asosidagi davlat ta’lim standartlarida o’quvchining savodxonligini oshirish maqsad qilib belgilangan ekan, bunga boshlang’ich sinflardanoq jiddiy e’tibor qaratish lozim. Boshlang‘ich sinflarda ona tili fanini o‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning keng imkoniyatlari yaratilgan va bular sirasiga o‘quv adabiyotlarining yangi avlodlari: elektron o‘quv qo‘llanmalar, elektron darsliklar, qisqa interaktiv o‘quv dasturlari, audio qo‘llanmalar, multimediali darslarni kiritish mumkin. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ona tili darslarida o‘quvchilarning savodxonligini oshirishida eng qulay va zamonaviy usullardan biri-dars jarayonida multimedia darslaridan foydalanish, o‘quvchilarda ijobiy o‘quv motivlarini hosil qiluvchi avvaldan dasturlashtirilib disklarga yozilgan o’quv topshiriqlari yordamida og‘zaki va yozma matnlar yaratishga mo‘ljallangan kommunikativ modullar asosida ishlashdir. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida so‘z yasash, gap tuzish va matn yaratishga mo‘ljallangan kommunikativ modullar o‘quvchilarni aniq, jadal fikrlashga, oxirgi maqsad sari intilishga, lozim bo’lsa o‘z fikrini himoya va isbot qilishga o‘rgatadi, o‘z nutqiy mahoratini mustaqil rivojlantirish uchun imkoniyat yaratadi. Mazkur fikrlarning rivoji uchun imkoniyat yaratish esa, yana va yana o‘qituvchiga, uning pedagogik mahoratiga, zamonaviy texnika vositalarini tushunishi va uni o‘rganilayotgan mavzu doirasida tadbiq eta bilishiga bog‘liqdir. So‘zimizning isboti sifatida 4-sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning kommunikativ savodxonligini oshirishga mo‘ljallangan o‘yin topshiriqlardan namuna keltiramiz. 1-topshiriq. Berilgan maqollarni multimedia ekraniga tering. Ifodali o‘qing va ma’nolarini sharhlang. 1. Odam bo‘laman desang, Ona tilingni sev. 2. Mehnat qilgan elda aziz. 3. Til bilgan el biladi. 4. Ona-yurting, oltin beshiging. 2-Topshiriq. Odam, yurt, oltin so‘zlariga yaqin ma’noli so’zlarni toping. Eng ma’qulini tanlab daftaringizga ko‘chiring. Yoki “Davom ettir ” didaktik o‘yinidan foydalanish mumkin. Monitordan o‘quvchilar biror gapning boshlanishini o‘qiydilar, keyin o‘zlari jumlalarni oxiriga yetkazadilar. Masalan: 1. Qish fasli tugagach, bahor fasli kirib keldi. 2. Bahor fasli ................... oyidan boshlanadi 3. Bahor fasli ……………oylaridan iborat. 4. Issiq o‘lkalardan qaldirg‘och, …………………kabi qushlar uchib keladi. Bolalar nuqtalar o‘rniga quyidagi so‘zlarni qo‘yib davom ettiradilar. 1. Qish fasli tugagach, bahor fasli kirib keldi. 2. Bahor fasli mart oyidan boshlanadi 3. Bahor fasli mart, aprel, may oylaridan iborat. 4. Issiq o‘lkalardan qaldirg‘och, jiblajibon, turna kabi qushlar uchib keladi. Bunday topshiriqlarning miqdori, mazmuni va shakli turlicha bo‘lishi tabiiy. O‘qituvchi buni darsning xarakteri, maqsadi. Dars jarayonidagi ehtiyoj va imkoniyatga qarab belgilaydi. Dars jarayonida yozilishi va tahlil qilinishi lozim bo‘lgan maqollar o‘qituvchi tomonidan diktafonda qiroat qilinadi. O‘quvchilar eshitganlarini imlo qoidalari hamda tinish belgilariga rioya qilgan holda kompyuter ekraniga terishi lozim. Tayyor maqollar o‘qituvchi tomonidan qiroat bilan mikrofonda o‘qiladi, boshqalar esa eshituv asbobi (naushniklar) orqali qiroatni tinglaydilar. O‘qilayotgan maqollarni esa multimediya ekranida ko‘radilar va tanqidiy fikr bildiradilar. Bu topshiriqni bajarishda o‘quvchilar so‘zlarni to‘g’ri va chiroyli talaffuz qilishga, imloviy xatolardan saqlanishga, jumlani shoshilmay qiroat bilan o‘qishga harakat qiladilar. Bir yo‘la qiroat san’ati sirlaridan ham bahramand bo‘ladilar. Xulosa qilib aytganda, zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish o‘quvchilarda jadal fikrlash, zamonaviy texnika bilan erkin ijodiy muloqot ko‘nikmalarini shakllantiradi va rivojlantiradi. O‘quvchida tez bilib olishga, ixcham va jadal fikrlashga, o‘z bilim va malakasini darhol namoyish yetishga ishtiyoq, o‘z bilimiga ishonch ortadi. Qisqa qilib aytganda, kompyuter bilan muloqot o‘quvchini o‘z-o‘zidan ta’lim jarayonining sub’ektiga aylantiradi. Kompyuter dasturi uni faol ishlashga, tez fikrlashga, fikrni aniq va qisqa ifodalashga o‘rgatadi.Bunday samara esa bugungi kunda ayni muddaodir. Demak, axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga olib kirishni davr talab qilayotir.Bu talabga javob bera olish uchun o‘qituvchi bunday texnologiyani puxta bilishi, yuksak mahorat bilan qo‘llay olishi, o‘rganiladigan materiallarning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ularni to‘g’ri tanlay olishi lozim. Bu boshlangich sinflarda, ayniqsa muhim
Foydalanilgan adabiyotlar:

Boshlang‘ich sinflarda sintaksis elementlari ustida ishlash metodikasi.


Boshlang‘ich sinflarda sintaksis yuzasidan beriladigan bilimlar:1) amaliy o‘rganiladigan; 2) nazariy o‘rganiladigan turlarga bo‘linadi. Sintaksis bilimlarni amaliy o‘rganish savod o‘rgatish davridayoq boshlanadi va to‘rtinchi sinfda ham davom ettiriladi. Boshlang‘ich sinfda “Bog‘lovsiz”, “Gap”, “Darak gap”, o‘quvchilarda “His-hayajon gap”, “Sodda gap”, “Qo‘shma gap”, “Gap bo‘laklari”, “Gapning uyushiq bo‘laklari”, “Undalma” mavzulari nazariy o‘rganiladi. Bu mavzular yuzasidan turli mashqlar o‘rgatiladi.

Boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarining muhim vazifalaridan biri fikrni ifodalashda gapdan ongli foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish hisoblanadi.

Morfologiya va leksika, fonetika va orfografiya sintaksis asosida o‘zlashtirilgani uchun tilni o‘rganishda gap ustida ishlash markaziy o‘rin egallaydi. Gap nutqning asosiy birligi bo‘lib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ularning muhim kategoriyalarning tilimizdagi rolini gap asosida bilib oladilar. O‘quvchilar ona tili leksikasi ham gap negizida egallaydilar. So‘zning leksik ma’nosi va uning qo‘llanish xususiyatlari so‘z birikmasi yoki gapda ma’lum bo‘ladi. So‘z gapda bir ma’noli bo‘ladi (gapdan tashqari bir necha ma’no ifodalash mumkin).

Metodist olima T. G. Ramzayeva boshlang‘ich sinflarda gap ustida ishlashni o‘artli ravishda besh yo‘nalishga bo‘ladi:

1.Gap haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish (til birligi bo‘lgan napning muhim belgilarini o‘rgatish).

2.Gap strukturasini o‘rgatish (so‘z birikmasida so‘zlarning bog‘lanishi ustida ishlash, gapning grammatik asosini, bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarining xususiyatlari, yopiq va yig‘iq gaplar ustida ishlash).

O‘quvchilarning nutqida gapning maqsadga va ohangga ko‘ra turlaridan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish.
4.Gapda so‘zlarni aniq qo‘llash ko‘nikmasini o‘stirish.

Yozma nutqda gapni to‘g‘ri tuzib yozish, (uni bosh harf bilan boshlash, tinish belgilarini qo‘yish) ko‘nikmasini shakllantirish.


Ishning bu besh yo‘nalishi bir-biriga o‘zaro ta’sir etadi va gapning ayrim tomonlarini o‘rganish maqsadidagina ularning har biri mustaqil muhokama qilinadi.

Gapni o‘rganish va nutqda undan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish o‘quvchilarning aniq bilimlarini doimiy kengaytirib, boyitib borishga asoslanadi.

O‘quvchi qanday yangilikni bilsa, unda bu yangilik haqida xabar berish ehtiyoji tug‘iladi. U o‘z fikrini ifodalash uchun qulayroq shakl qidiradi. Demak, aloqa qilish talabidan gapni mukammalroq egallash zaruriyati kelib chiqadi. “Gap“ mavzusi barcha sinflarda o‘rganiladi. Gapning belgilari haqidagi bilimlar chuqurlashtirib boriladi. O‘quvchilar fikr ifodalovchi nutq birligi-gap xaqidagi elementar tasavvurdan gapning bosh va ikkinchi darajali bo‘laklari, gapda so‘zlarning bog‘lanishi, gapning uyushiq bo‘laklarini o‘rganishga o‘tadilar.

Gap ustida ishlashning boshlang‘ich bosqichi savod o‘rgatish davriga to‘g‘ri keladi. Bu davrda o‘quvchilar gapning muhim xususiyatlari (fikr ifodalashi, tugallangan ohang bilan aytilishi) bilan tanishadilar. Gapning bu xususiyatlarini bilmasdan turib, so‘zlardan gap tuzib bo‘lmaydi. Agar o‘quvchilar gapning bosh bo‘laklarini ajrata olmasalar, gap nutqning yaxlit birligi ekanini bilmaydilar. Ega va kesim gapning qurilishi va mazmuning asosini tashkil etadi.

Shuning uchun ham savod o‘rgatish davrida gapning bosh bo‘laklari ustida kuzatish o‘tkazish ma’qul.

Gapning bosh bo‘laklarini kuzatish bilan o‘quvchilar o‘z fikrlarini aniq ifodalashga o‘rganadilar, ularda nutqdan gapni ajratish ko‘nikmasi shakllanadi. Gapni o‘rganish me’yoriga qarab uning tarkibiy qismlari, xususan so‘z birikmasi haqidagi tasavvur aniqlanadi.

Boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan sintaktik material kam bo‘lsa ham, butun o‘quv yili davomida, boshqa mavzularga singdirilgan holda, gap ustida ishlab boriladi.

Dasturga ko‘ra 1-sinfda o‘quvchilarga gap haqida elementar tushunchalar beriladi. Gap tugallangan fikr bildirishi, gap so‘zlardan tashkil topishi, uning oxiriga ma’lum tinish belgilari qo‘yilishi haqida amaliy ma’lumotlar beriladi.

2-sinfda esa o‘quvchilar gap haqida nazariy tushunchalar oladilar. Ular gapdan kim yoki nima haqida aytilganini va u hakda nima deyilganini bildirgan so‘zni ajratishga o‘rganadilar. Aslida gapning grammatik asosi ustida ishlash mana shundan boshlanadi va bu bosh bo‘laklarni o‘rganishga muqaddima bo‘ladi.

3-sinf gap ustida ishlash yangi bosqichdir. O‘quvchilar gapni amaliy o‘rganishdan tushuncha sifatida o‘rganishga o‘tadi. Ular gapning muhim belgilarini bilib oladilar. Bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarning ta’rifi, ega va kesim terminlari kiritiladi.

Bu sinfda gapda so‘zlarning bog‘lanishiga katta e’tibor beriladi. O‘quvchilar gapning asosi (ega va kesim) ni ajratadilar, ikkinchi darajali bo‘laklarni farqlaydilar va gapdagi ikki so‘z (hokim va tobe so‘zni)ni, so‘zlarning grammatik jihatdan, ya’ni qo‘shimchalar orqali bog‘lanishini bilib oladilar.

4-sinfda uyushiq bo‘laklarini o‘rganish bilan gap bo‘laklari haqidagi bilimlar kengaytiriladi.

Shunday qilib, o‘quvchilarda gap bo‘laklari haqidagi tasavvurni o‘stirish gapni o‘zlashtirishda yetakchi hisoblanadi. Birichidan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari gap bo‘laklarini ikkita katta guruhga (bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar)ga bo‘linishini o‘zlashtiradilar. Bu sinflarda ikkinchi darajali bo‘laklar turlarga ajratilmaydi. Gapni o‘zlashtirish uchun bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarning mohiyati ochiladi: bosh bo‘laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi, fikr, asosan gapning grammatik asosi orqali ifodalanadi; ikkinchi darajali bo‘laklar esa bosh bo‘laklarning aniqlovchilik va to‘ldiruvchilik vazifasini bajaradi.

Ikkinchi darajali bo‘laklarning mohiyatini ochish uchun o‘quvchiliar gapni tahlil qiladilar va ular qaysi gap bo‘lagiga bog‘lanib, uni izohlab kelayotganini aniqlaydilar. Ikkinchi darajali bo‘laklarning xususiyati gapni yoyish (yig‘iq gapni yoyiq gapga aylantirish) jarayonida yaqqol ko‘rinadi. Masalan, o‘quvchilar Qaldirg‘ochlar uchib keldi gapini yozadilar. Fikrni to‘liq ifodalash uchun gapga qayerga? va qachon? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlarni qo‘yish topshiriladi. O‘quvchilar bu vazifani bajarib, qaysi gap bo‘lagi (ikkinchi darajali bo‘lak)fikrni yana aniqroq ifodalaganiga ishonch hosil qiladilar.

O‘quvchilarda gapda so‘zlarning bog‘lanishini aniqlash ko‘nikmasini shakllantirish muhim sintaktik va nutqiy ko‘nikmalar qatoriga kiradi. So‘z birikmasi gap qismi sifatida ajratiladi va boshlang‘ich sinflarni uning muhim belgilari idrok qilinadi.”So‘z birikmasi” atamasi darsliklarga kiritilmagan, ta’rifi berilmaydi. Ammo kichik yoshdagi o‘quvchilar uning quyidagi muhim belgilarini amaliy bilib olishlari zarur:

So‘z birikmasi mazmun va grammatik tomondan bog‘langan ikki so‘z. Masalan, Dunyo xalqlari tinchlik uchun kurashadilar gapida ikki so‘z birikmasi bor:


1) dunyo xalqlari; 2) tinchlik uchun kurashadilar.

So‘z birikmasida bir so‘z hokim ikkinchi so‘z tobe bo‘ladi. Hokim so‘zdan tobe so‘zga so‘roq beriladi, tobe so‘z shu so‘roqqa javob bo‘lgan so‘zdir. Masalan, (qanday?) iqtidorli o‘quvchilar (qayerga?) to‘garakka a’zo bo‘ldilar. Ega va kesim so‘z birikmasi emas, ular gapning asosini tashkil qiladi.


Gap tarkibida so‘z birikmalarni ajratish ko‘nikmasi uzoq mashq davomida shakllantirib boriladi. Buning uchun o‘quvchilarning so‘z birikmasidan bir so‘zning boshqa so‘zga tobeligini tushunishga qaratilgan mashqlar tizimidan foydalaniladi.

Gaplarni yoyish. Buning uchun gapning qaysi bo‘lagi yoyishni talab qilishini aniqlash. Masalan, Daraxtlar gullabdi gapini tahlil qilish uchun berilgan ega va kesim (gapning asosi)ajratiladi, daraxtlar qachon gullashini aytish uchun gapga qanday so‘zni qo‘shish kerak? Bu so‘z gapning qaysi bo‘lagi bo‘ladi? (Ikkinchi darajali bo‘lak). U gapning qaysi bo‘lagiga bog‘lanadi? (tobelanadi?) (Kesimga bog‘lanadi) Qachon gullaydi? (aprelda gullaydi) Gapga egani izohlaydigan yana bitta so‘z qo‘ying. Qanday gap hosil bo‘ldi? (Mevali daraxtlar apreldv gullaydi.


So‘zlar aralash berilgan gapni qayta tiklash. Avval gapning asoslari (ega va kesim) tiklandi (aniqlanadi), so‘ng so‘roqdar yordamida ikkinchi darajali bo‘laklar (so‘z birikmalari) “topiladi”, tiklanadi. Masalan, Mashinada terimchi, teradi, paxtani.
-Gap kim haqida aytilgan?

(Terimchi haqida, Kim? terimchi)

U haqda nima deyilgan? (Teradi. Terimchi teradi-bosh bo‘laklar).

-so‘roqlar yordamida so‘z birikmasini toping. Nimani teradi?(Paxtani teradi) Nimada teradi? (Mashinada teradi).

Keyin gapda so‘zlarning qo‘lay tartibi aniqlanadi. (Terimchi paxtani mashinada teradi). Gap ohangi ustida ishlanadi.

U zluksiz (tinish belgilarisiz) matndan gaplarni ajratish. Mashqning bu turi ongli bo‘lishi uchun har bir gapning bosh bo‘laklarini va so‘z birikmalarini ajratish lozim.


4.Gapni tahlil qilish va sxemani tuzish. Gap tahlil qilinayotganda dastlab

uning asosi ajratiladi, keyin egani izohlovchi ikkinchi darajali bo‘lak, kesimni izohlovchi ikkinchi darajali bo‘lak, boshqa ikkinchi darajali bo‘lakni izohlovchi ikkinchi darajali bo‘lak ajratiladi. Shunday qilib, asta-sekin so‘z birikmalari aniqlana boradi.

O‘qituvchi bergan sxema yoki so‘roqlar asosida gap tuzish: kim?
kimlarni? Nima qiladi? (Shifokorlar kasallarni davolaydi).

So‘z birikmasi ikki yo‘nalishda olib boriladi:



So‘zbirikmasiga gap ichida gapning tarkibiy qismi sifatida qaraladi;
So‘z birikmasiga predmetning yoyiq nomi sifatida qaraladi, masalan, soat-so‘z, oltinsoat, qo‘l soat, osma soat, elektron soat-so‘z birikmalari.
Quyida gapning bosh bo‘laklarini o‘rganish mavzusi namunasini keltiramiz.
9


3hamda eng asosiysi o’quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustivorligidan kеlib chiqadi.Davlat ta'lim standartini bajarish O’zbеkiston Rеspublikasi hududida faoliyat ko’rsatayotgan mulkchilik shakli va irodaviy bo’ysunishidan qat'iy nazar barcha ta'lim muassasalari uchun majburiydir.Umumiy o’rta ta'limning davlat ta'lim standartini ishlab chiqish va joriy etish asoslari.Umumiy o’rta ta'lim davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqishda quyidagi mе'yoriy hujjatlar asos qilib olindi:“Ta'lim to’g’risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida” gi O’zbеkiston Rеspublikasining qonunlari;O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining ta'lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish bilan bog’liq farmonlari, farmoyishlari va asarlari.;O’zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ta'lim tizimi uchun davlat ta'lim tizimi standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to’g’risida” 1998-yil 5-yanvardagi 5-son hamda “O’zbеkiston Rеspublikasida umumiy o’rta ta'limni tashkil etish to’g’risida” 1998-yil 13-maydagi 203-son qarorlari;Umumiy o’rta ta'limning davlatta'lim standarti quyidagi prinsiplarga tayangan holda ishlab chiqiladi.Davlat ta'lim standartining davlat va jamiyat talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi;O’quv dasturlari mazmunining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti hamda fan tеxnika rivojlanishi bilan bog’liqligi;Umumiy o’rta ta'limning boshqa ta'lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta'lim mazmunining uzviyligi;Umumiy o’rta ta'lim mazmunining insonparvarligi;Ta'lim mazmunining rеspublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitligi;Umumiy o’rta ta'limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiontеxnologiyalariga tayanish;Pеdagogik tafakkurda qaror topgan an'anaviy qarashlar bilan “Ta'lim to’g’risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qonunlarida ifodalangan zamonaviy talablarning uzviyligi;Umumiy o’rta ta'lim davlat ta'lim standartining o’quv rеjasi –Umumiy o’rta ta'lim maktablari uchun tayanch o’quv rеjasi davlat ta'lim standartining tarkibiy qismi bo’lib, u ta'lim sohalarini mе'yorlashga hamda maktabning moliyaviy ta'minotini bеlgilashga asos bo’ladigan davlat hujjatidir. Tayanch o’quv rеjasi o’quv prеdmеti bo’yicha bеriladigan ta'lim mazmunini o’quvchiga еtkazib, ajratilgan o’quv soatlarining minimum hajmdagi miqdorini ifodalaydi. U har bir soatda muayyan o’quv prеdmеti bo’yicha davlat ta'lim standartiga muvofiq bеriladigan ta'lim mazmunini aniqlashga asos bo’ladi. 1. Bob. Boshlang’ich sinflarda mavzuga oid mashqlar bajarish orqali yangi bilimni mustahkamlash1.1. Boshlang’ich sinfona tili darslarida o’quvchilarga grammatik tushunchalarni o’rgatib borishning maqsad va vazifalariBoshlang’ich sinflarda morfologiyadan «ot», «sifat», «son»,«fе'l», «olmosh tushunchalarini; sintaksisdan «gap», «ega»,«kеsim», «ikkinchi darajali bo’lak», «uyushiq bo’lak, undalma» tushunchalarini; so’z yasalishidan «o’zak», «qo’shimcha», «o’zakdosh so’zlar» kabi tushunchalarni shakllantirish ustida ish olib boriladi.O’qituvchi tushunchalarni shakllantirish jarayonini boshqarish, o’quvchilar aqliy faoliyatini to’g’ri tashkil etish uchun u tushuncha nimaligini, tushunchani bilib olish jarayonining xususiyatlarini, tushunchani o’zlashtirish qanday sharoitda natijaliroq bo’lishini ko’z oldga aniqkеltirishi lozim.Tushuncha atrof-muhitdagi prеdmеt va hodisalarning muhim bеlgilari va o’zaro aloqadorligi aks ettirilgan tafakkur formasinitasvirlab ko’rsatadi.

4Grammatik tushunchalarda ham, boshqa tushunchalar kabi, hodisalarning muhim bеlgilari umumlashtirilgan holda aks ettiriladi. Til hodisalarining o’ziga xos xususiyati, ya'ni tushunchaning mazmun tomoni grammatik tushunchaning o’ziga xos xususiyatini kеltirib chiqaradi. Til hodisalari, til katеgoriyalari boshqa hodisalarga nisbatan juda mavhumligi bilan farqlanadi. Biologik tushunchalarni shakllantirishda bеlgilarini kuzatish, sistеmaga solish va umumlashtirish mumkin bo’lgan aniq, hodisalar va prеdmеtlar matеrial sifatida asos qilib olinadi. Grammatik tushunchalar esa so’z, so’z birikmasi, gap, morfеma, lеksеma, fonеma va boshqalarning o’ziga xos muhim bеlgilarini aniqlash va umumlashtirish natijasi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, kishilar tomonidan yaratilgan grammatik tushunchaga asos bo’lgan dastlabki matеrialning o’zi yеtarli darajada mavhumdir. Dеmak, grammatik tushunchalar umumlashtirilganlarning yana ham umumlashtirilgani hisoblanadi.Grammatik tushunchaning bu xususiyatlari tufayli o’quvchilarda tushuncha juda ko’p qiyinchilik bilan shakllanadi. Grammatik tushunchani bilib olish uchun mavhum tafakkur ma'lum darajada rivojlangan bo’lishi lozim. Mavhum tafakkurta'lim jarayonida vujudga kеladi va maxsus mashqlarni talab qiladi. Bu mashqlar muayyan aqliy ko’nikmalarni va lingvistik tasavvurhamda bilimlar komplеksini shakllantirishga qaratilgan bo’lishi zarur. Ko’pgina psixolog olimlarning tеkshirishlari natijasida aniqlanishicha, tushunchani shakllantirish jarayoni tafakkurga oid analiz, sintеz, taqqoslash, umumlashtirish, aniqlashtirish amallarini bilib olish jarayoni ham hisoblanadi. O’quvchilarda tushunchani shakllantirishning natijasi ularning mavhumlashtirish faoliyatining qaydarajada o’sganligiga bog’liq. Mavhumlashtirishda qiynaladigan o’quvchilar so’zlarni taqqoslay olmaydilar va ularning muhim grammatik bеlgilariga ko’ra bir gruhga birlashtira olmaydilar, tushunchani shakllantirishda qiynaladilar va xatoga yo’l qo’yadilar. Masalan, fе'l o’rganilganda o’quvchilar fе'l prеdmеtning harakatini bildirishini bilib oladilar. Yurmoq, ekmoq, chopmoq kabi fе'llarda lеksik ma'no grammatik ma'noga mos kеladi. Ko’p fе'llarda bunday moslik bo’lmaydi. Grammatikada prеdmеt harakati dеyilganda, harakat bilan birga prеdmеtning holati, uning boshqa prеdmеtlarga munosabati, prеdmеt bеlgisining o’zgarishi kabilar ham tushuniladi: uxlamoq, o’ylamoq, sеvmoq, o’smoq, ko’karmoq va hokazo. Prеdmеt harakatini bunday kеng ma'noda, umumlashtirilgan holda tushunish endigina tilni o’rgana boshlagan o’quvchilarga qiyinlik qiladi, ular harakatni ko’proq yurish, siljish ma'nosida aniq tasavvurqiladilar. Shuning uchun fе'lni o’rganishning boshlang’ich bosqichida yotmoq, kasallanmoq, turmoq, qizarmoq kabi so’zlarni prеdmеtningharakatini bildiradi dеb hisoblamaydilar. Bunday hodisani otni o’rganishda ham uchratish mumkin. Ayrim o’quvchilar tinchlik, qahramonlik, qadam kabi so’zlarni ot turkumiga kiritmaydilar. Tushunchani shakllantirish uchun o’quvchilarda mavhum ko’nikmasini o’stirish, ular diqqatini so’zning aniq lеksik ma'nosidan grammatik ma'nosiga qaratish va shu guruhdagi so’zlarga oid umumiy, grammatik bеlgilarni hisobga olgan holda, ularni bir guruhga birlashtirish talab etiladi. Masalan, kim? yoki nima? so’rog’iga javob bo’ladigan barcha so’zlar «ot» turkumiga birlashadi; prеdmеtnibildirish, son (birlik va ko’plikda kеlish), egalik qo’shimchalari bilan o’zgarish, kеlishiklar bilan turlanish bu so’zlar uchun umumiy grammatik belgilar hisoblanadi. Tushunchani shakllantirishda xatoning oldini olish uchun ta'lim bеrish jarayonida qator mеtodik talablarga rioya qilinadi.Tushunchani o’zlashtirish ustida ishlash jarayonio’ziga xos murakkab jarayon hisoblanadi. Grammatik tushunchani o’zlashtirish uzoq tushunchani o’zlashtirish davom etadigan va kichik yoshdagi o’quvchilar uchun ancha murakkabjarayondir. O’qituvchi boshlang’ich sinflarda tushunchani o’zlashtirishga oid ishlarni tashkil etishda o’rganiladigan tushunchaning lingvistik mohiyatini, bilimlarni o’zlashtirish jarayonining psixologik-didaktik xususiyatlarini, o’quvchilarning nutqiy va aqliy o’sishi bir-birini taqazoetishini, grammatik bilimning nutqdagi rolini asos qilib oladi.Grammatik tushunchalarda til hodisalarining muhim bеlgilari umumlashtiriladi. Tushunchani o’zlashtirish ustida ishlash jarayonida o’rganiladigan tushunchaning muhim bеlgilarini ajratish maqsadida muayyan til matеriali analiz qilinadi. Masalan, so’z o’zgartuvchi qo’shimcha uchun ikki muhim bеlgi xaraktеrli: 1) so’z o’zgartuvchi qo’shimcha —so’zning o’zgaradigan qismi; 2) so’z o’zgartuvchi qo’shimcha sintaktik vazifani bajaradi, ya'ni gapda

5so’zlarni bog’lash uchun xizmat qiladi. Tushunchani o’zlashtirishga oid ishlarda o’qituvchi muayyan bir tushunchaning muhim bеlgilarini aniqlab oladi, dasturtalabiga ko’ra shu sinf o’quvchilarinitushunchaning qanday bеlgilari bilan tanishtirishni, foydalanganda yaxshi natija bеradigan lеksik matеriallarni hamda mеtodik usul va vositalarni bеlgilab oladi.Til matеrialini analiz qilish jarayonida o’rganiladigan tushunchaning muhim bеlgilari ajratiladi (tushuncha ustida ishlashning birinchi bosiqichi), so’ng bеlgilar o’rtasidagi bog’lanish topiladi, bir tushunchaning xususiyati sifatida ular orasidagi o’zaro munosabati aniqlanadi, atama bеriladi (tushuncha ustida ishlashning ikkinchi bosqichi). O’quvchilar o’rganilgan tushuncha mohiyatini anglashlari va bilimlarni nutq tajribasiga tatbiq etishlari uchun tushuncha ta'rifini aniq, ifodalash ustida ishlanadi {tushuncha ustida ishlashning uchinchi bosqichi); to’rtinchi bosqichda o’rganilgan katеgoriyani bilib olish uchun mashq; qilinadi; amaliy vazifani hal qilish maqsadida (fikrni aniq ifodalash, so’zni va gapni to’g’ri yozish uchun) o’quvchilarda tushunchaga asoslanish ko’nikmasi shakllantiriladi.Shunday qilib, tilga oid tushunchalarni shakllantirish jarayoni shartli ravishda to’rt bosqichga bo’linadi:Birinchi bosqich —tushunchaning muhim bеlgilarini ajratish maqsadida til matеrialini tahlil qilish. Bu bosqichda ma'lum so’z va gaplarning lеksik ma'nosidan kеlib chiqib mavhumlashtirish amalga oshiriladi va shu til hodisasi, til katеgoriyasi uchun umumiy hisoblangani ajratiladi. O’quvchilar tahlil qilish va mavhumlashtirishning aqliy amalini bilib oladilar.Ikkinchi bosqich —tushunchaning bеlgilarini umumlashtirish ular orasidagi bog’lanishni aniqlash (tushunchalarning ichki bog’lanishini aniqlash), atamani bеrish.O’quvchilar taqqoslash va tarkib amalini bilib oladilar. Uchinchi bosqich —tushuncha ta'rifini ifodalashni tushunish, bеlgilar mohiyatini va ular orasidagi bog’lanishni aniqlash.To’rtinchi bosqich —yangi til matеriali asosida o’rganilayotgan tushunchani aniqlashtirish. Bilimnitajribaga tatbiq etiladigan mashqlar ishlash. O’rganilayotgan tushunchaning ilgari o’zlashtirilgan tushunchalar bilan bog’lanishini aniqlash.Ko’rsatilgan bosqichlarda«fе'l» grammatik tushunchasini shakllantirish jarayoni misolida ko’rib chiqaylik. Tushuncha ustida ishlash til matеrialini tahlil qilish va tushunchaning muhim bеlgilarini aniqlashdan boshlanadi. Ko’pgina tеkshirishlar, agar o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida muayyan vazifani bajarish bilan dastlabki til matеrialini o’zlari tuzsalar yoki tanlasalar, ularning analitik faoliyatning samaradorligi ortishini ko’rsatdi. Masalan:o’quvchilar harakatlarini kuzatishasosida gap tuzadilar. Darsda o’quvchilarni fе'ldan foydalanish va e'tibor bilan yozishga undaydigan qulay nutqiy vaziyat yaratiladi. Ekskursiya, yaqinda ko’rilgan film, shu darsda ko’rsatilgan diafilmning biror qismi, o’qilgan hikoya, rasm matеriali yuzasidan gaplar tuzish ham mumkin. Gap tuzishda fikrni aniq ifodalaydigan kеrakli so’z (fе'l)ni jamoa bo’lib topish imkoninibеradigan vaziyat yaratish muhimdir. Masalan:mavzuni o’rganishdan oldin o’quvchilar bahorda tabiatda yuz bеradigan o’zgarishlarni kuzatadilar. O’qituvchi: —Bahorda tabiatda qanday o’zgarishlar yuz bеradi? O’quvchilar: —Kunlar isiydi.—O’tlar ko’karadi.—Daraxtlar kurtak chiqaradi.—Bodom gullaydi.—Shaftoli, o’riklar gullayapti.—Olma endi gullaydi.(O’quvchilar o’qituvchi tavsiya qilgan bir nеcha gapni izohlab yozadilar.)O’qituvchi: Narsaning harakatini ifodalash uchun siz qaysi so’zlardan foydalandingiz? Ularning tagiga ikki to’g’ri chiziq chizing. (O’quvchilar vazifani bajaradilar).-Harakatni bildirgan so’zlarga so’roq bеring va taqqoslang. (O’quvchilar nima qildi? nima qilyapti? nima qiladi? so’roqlarini bеradilar.)

6-Endi darslikda fе'l haqida nima dеyilganini o’qing.-Shaxs va narsaning harakatini bildirgan so’zlar nima dеyiladi, qanday so’roqlarga javob bo’ladi?-Bodom gulladi. Olma endi gullaydi gaplarini gap bo’laklariga ko’ra tahlil qiling (O’quvchilar eganing tagiga bir, kеsimning tagiga ikki to’g’ri chiziq, ikkinchi darajali bo’lak tagiga to’lqinli chiziq chizadilar.)-Gulladi, gullaydi fе'llari gapda qaysi bo’lak vazifasida kеldi. (Kеsim.)-Endi fе'l haqida nimlarni bilib oldingiz? Rеjadan foydalanib ayting(umumlashtiring):1. Fе'l nima? (So’z.) 2. Nimani bildiradi? (Shaxs va narsaning harakatini.)3. Qanday so’roqlarga javob bo’ladi? (Nima qildi? nima qilyapti? Nima qiladi?) 4. Qaysi gap bo’lagi vazifasida kеladi? (Kеsim.)-Kitobdagi qoidada rеjaning qaysi punktlariga javob bеrilgan? Rеja punktini o’qing va unga javob bеring.O’quvchilar kitobdagi va qo’shimcha mashqlarni ishlaydilar.-Fе'ldan boshqa yana qanday so’z turkumlarini bilasiz? (Ot, sifat, son.)-So’zlarni taqqoslang: gul, gulli, gulladi. So’z turkumlari (ot, sifat, fе'l) bir-biridan qanday farqlanadi? (Rеjadan foydalanib javob bеradilar.) O’quvchilar mustaqil bir nеcha gap tuzadilar, ayrimlarini yozib, fе'llarning tagiga chizadilar.Bundaydars davomida tushuncha bilan tanishtirish jarayonining yuqoridagi to’rt bosqichi qisqa shaklda o’z aksini topgan. Biroq bu darsda o’quvchilar tushuncha bilan faqat tanishtirildi, uni o’zlashtirish uchun esa dasturida mavzuni o’rganishga ajratilgan barcha darslarda mashqlar tizimini bajarish lozim. Mavzuni o’rganish jarayonida “Fе'l” tushunchasi chuqurlashadi va kеngayadi, o’quvchilar fе'lning yangi bеlgilarini o’rganadilar (fе'llarda bo’lishli va bo’lishsizlik, ularning shaxs-son qo’shimchalari bilan tuslanishi, fе'l zamonlari). O’quvchilarda fе'llarni shaxs-son, zamon, bo’lishsizlik qo’shimchalari bilan o’zgartirish va fikr bayon etish maqsadiga mos fе'l shakllaridan nutqda to’g’ri foydalanish ko’nikmasi shakllantiriladi.Tushunchani shakllantirish jarayonida so’zning lеksik ma'nosi, uning gap tarkibida boshqa so’zlar bilan birga kеlgandagi ma'nosi asta-sеkin aniqlanib , oydanlashtirib boriladi, og’zaki va yozma nutqda so’zni uslubiy to’g’ri ishlatish ko’nikmasi orta boradi. Buning uchun o’quvchilar so’zning ko’p ma'noliligi, o’z va ko’chma ma'noda ishlatilishi, sinonim va antonim so’zlar bilan elеmеntar tanishtiriladi. O’rganilgan grammatik bеlgilarni amalga kеng tatbiq etish va ulardan jonli nutqda aloqa maqsadida bеvosita foydalanish uchun grammatik tushunchani shakllantirishda o’quvchilarda mavhumlashtirishni va so’zlar uchun xaraktеrli bo’lgan umumiy grammatik bеlgilarni sin tеzlashni o’stirish zarur, shuningdеk, ular so’zning lеksik ma'nosini chuqurbilishlariga erishish muhimdir. Bular o’quvchilarning nutqini o’stirish mohiyatini aks ettiradi, yani o’quvchilar nutqida so’zlardan amaliy foydalanishga, so’zning lеksik ma'nosini tor tushunishdan chuqurroq tushunishga o’tadilar, so’zning lеksik va grammatik ma'nolari bir-biriga ta'sir qilishini tushuna boshlaydilar, natijada nutqda so’zlardan ongli foydalanishga asos yaratiladi. Grammatik tushunchalarni samarali o’zlashishini ta'minlaydigan mеtodik shartlarquyidagilarni o’z ichiga oladi:1. O’quvchilar aqliy faoliyatini faollashtirish. Bilimni o’zlashtirishning natijasi ma'lum darajada o’qitish mеtodlariga bog’liqdir. Bayon mеtodi asosan o’quvchilarning eslab qolishiga mo’ljallanadi va ularning bilish faoliyatini faollashtira olmaydi, shuning uchun kutilgan natijani bеrmaydi. Maktab tajribasini ommalashtirish va olimlar («P. V. Zamkov, Yu.N.Babanskiy, N. P. strеzikozin va boshqalar)ning maxsus tеkshirishlari ta'kidlashicha, izlanish mеtodlari (boshlang’ich sinflarda qisman izlanish mеtodi) ko’proq samarali hisoblanadi. Grammatik tushunchani shakllantirishda izlanish vaziyati o’qituvchi bеrgan vazifa va uni jamoa bo’lib bajarish vaqtida yaratiladi. Izlanish vaziyati o’quvchilarni yangilikni bilishga qiziqtiradi va vazifani bajarish usulini mustaqil ravishda ijodiy tanlashga undaydi. Masalan, o’quvchilarni so’z yasovch qo’shimchalar bilan tanishtirishda (2-sinf) o’qituvchi doskaga gul —gulchi, g’alla-
7g’allakor,' traktor —traktorchi, so’zlarini ikki ustun tarzida yozadi. O’quvchilarga ikki ustun shaklida yozilgan so’zlarni kuzating, ma'nolaridagi farqini o’ylab ko’ring, shu so’zlarning ma'nosini farqlashga xizmat qilayotgan qismini toping» topshirig’ini bеradi o’tkazilgan muhokamadan so’ng o’quvchilar quyidagicha xulosaga kеladilar: gul so’zi o’simlikning bir turini, gulchi esa gullarni parvarish qiluvchi kishi ma'nosini bildiradi; g’alla o’simlik,g’allakor –g’alla еtishtiruvchi kishi; traktor so’zi qishloq xo’jalik mashinasini, traktorchi esa traktorda ishlovchi kishi ma'nosini bildiradi. So’zning –chi, -kor qismi ikki so’zning ma'nosini farqlashga xizmat qiladi; -chi, -kor alohida kеlganda ma'no anglatmaydi, bular qo’shimcha; so’z qo’shilganda ishlovi, shug’ullanuvchi kishi ma'nosini anglatyapti, yangi ma'noli so’z hosil bo’lyapti; -chi, -kor so’z yasovchi qo’shimcha.Muhokamali vaziyatni orfografik mavzu bilan tanishtirish jarayonida ham yaratish mumkin. Masalan, o’qituvchi “Hayvonlarga qo’yilgan nomning bosh harf bilan yozilishi” mavzusini tushuntirish uchun o’quvchilarga “ Kim qanday uy hayvonlarini boqadi? Ularga o’zingiz nom qo’yganmisiz? Qanday nom qo’ygansiz?” savollarini bеradi. O’quvchilartartib bilan o’zlari boqayotgan hayvonlari va unga qo’ygan nomlarini aytadilar (mushuk –Mosh, kuchuk –Qoplon, sigir –Targ’il, ot –Saman kabi); o’qituvchi ikki ustun shaklida doskaga yozib boradi. O’qituvchi «Ikkiustun shaklida yozilgan so’zlarni o’qing, ularni taqqoslang. Ularning yozilishida qanday farq bor? Nima uchun? Isbotlang» topshirig’ini bеradi. Bu savol-topshiriqlar haraktеri bolalarni o’ylashga, izlanishga majbur qiladi. Ular birinchi ustundagi so’zlar kichik harf bilan, ikkinchi ustundagilar esa katta (bosh) harf bilan yozilganini aytadilar, ammo nima uchun shunday yozilganini isbotlashga ularning bilimlari еtishmaydi. Shunday qilib muammoli vaziyat yaratiladi. O’quvchilar yangi matеrialni o’rganish zarurligini sеzadilar. Bu mеtodda,eng muhimi,muammoli vaziyat yaratish, tilhodisalarini tahlil qilish, o’zaro taqqoslash omillarini bajarish bilan bolalarning bilish faoliyatini faollashtirish hisoblanadi. Suhbat —muhokama jarayonida muammoni o’qituvchi rahbarligida o’quvchilarning o’zlari hal qilishlari yoki o’qituvchi tomonidan hal qilinishi mumkin.Muhokamaning borishi bilimlar asosida topshiriqlarni faol bajarishni, faol aqliy faoliyatni talab qiladi.II. O’quvchilarda so’z va gapga lingvistik munosabatni o’stirish ustida maqsadga yo’naltirilgan ishlar. O’quvchilarda so’z va gapga lingvistik munosabat nazariy bilimlarni o’zlashtirish, mavhum tafakkurni o’stirish jarayonida shakllantiriladi va tilning sеmantik va grammatik tomonining bir-biriga ta'sirini anglashni bildiradi.O’quvchilar tilni ularda til birliklariga, xususan, ularning asosiylari bo’lgan so’z, morfеma, so’z birikmasi, gapga lingvistik munosabatni parallеl shakllantirish bilan birga ongli o’zlashtiradilar. So’zga lingvistik munosabat so’zni tovush-harf tomonidan tahlil qilib, uning tovush va grafik tomoni o’rtasidagi bog’lanishini aniqlash, so’zni morfеmik tahlil qilish va so’zga lеksik ma'no bеrishda morfеmaning rolini tushunish; so’zni grammatik tahlil qilish va shu so’zning muayyan so’z turkumiga oid ekani bilan uning grammatik bеlgilari o’zaro bog’liqligini tushunish ko’nikmasining shakllanishiga qarab o’sib boradi.Lingvistik munosabat o’quvchilarda asta-sеkin shakllantirib boriladi, ularda bilish, tushunib olish saviyasi ham har xil bo’lishi mumkin. Masalan, II sinf o’quvchilari gapdagi so’z birikmalarini topadilar, ammo u so’z birikmasidagi so’zlar o’zaro qanday, ya'ni nimalar yordamida bog’langanini tushuntira olmaydilar. III sinf o’quvchilari gapdagi so’z birikmasini topadilar va so’z birikmasitarkibidagi so’zlar o’zaro so’z o’zgartuvchi qo’shimchalar (kеlishik, shaxs-son qo’shimchalari) yoki ohang yordamida bog’langanini tushuntiradilar, ya'ni bog’lanish grammatik vositalar bilan ifodalanishini ko’rsatadilar. Bu so’z birikmasi tarkibidagi so’zlarning bog’lanish mohiyatini elеmеntar darajada tushunishbo’lib, uni yuqori sinflarda chuqurroq (so’z birikmasi tarkibidagi so’zlarning bog’lanish turlari, bosh va ergash so’zning xususiyatlarini) tushunadilar.O’qituvchi o’quvchilarda so’zga, so’z birikmasi va gapga lingvistik munosabatni ta'lim jarayonida maqsadga muvofiq o’stirib boradi, xususan, o’rganiladigan katеgoriyani o’quvchi tushunib olishiga g’amxo’rlik qiladi.
8III. Yangi tushunchani ilgari o’rganilgan tushunchalar tizimiga kiritish tushunchani o’zlashtirish, bilimni nutq tajribasiga tatbiq etishning muhim sharti hisoblanadi. Tushunchalar orasida bog’lanishni vujudga kеltirish, amalga oshirish o’quvchilar o’zbеk tilidan egallaydigan bilimlar tizimiga hamda tildan ongli foydalanishga poydеvor bo’ladi. Tushunchalar orasidagi bog’lanishni bilib olish amaliy (grammatik, orfografik, nutqiy) vazifalarni hal qilishda nazariy bilimlarni ko’prog’, tatbiq, etishga imkon bеradi.Tushunchalar orasidagi bog’lanishni aniqlamay, ularni bilimlar tizimiga kiritmay turib o’quvchilar tilni ongli o’zlashtira olmaydilar. Boshlang’ich sinf o’quvchilari o’zlashtiradigan asosiy bog’lanish yo’llari:So’zga bеriladigan morfologik so’roqlar va ularning grammatik bеlgilari (kim?, nima? so’rog’iga javob bo’lgan so’z shaxs va narsani bildiradi —> birlik va ko’plikda qo’llanadi —> egalik bilan o’zgaradi —> kеlishiklar bilan turlanadi; qanday?, qanaqa? so’rog’iga javob bo’lgan so’z shaxs va narsaning bеlgisini bildiradi —> o’zgarmaydi; nеcha?, nеchanchi? so’rog’iga javob bo’lgan so’z shaxs va narsaning soni va tartibini bildiradi —> asosan, o’zgarmaydi; nima qildi? nima qilyapti?, nima qiladi? so’rog’iga javob bo’lgan so’z prеdmеt harakatini bildiradi —> bo’lishli (va bo’lishsiz shaklda qo’llanadi, shaxs-son qo’shichalari bilan tuslanadi —> o’tgan, hozirgi va kеlasi zamonni ko’rsatadi);so’z turkumi —gap bo’lagi (ot gapda ega yokiikkinchi darajali bo’lak, sifat —ikkinchi darajali bo’lak, soi —-asosan, ikkinchi darajali bo’lak, fе'l —kеsim)vazifasida kеladi;bosh kеlishikdagi ot —ega, boshqa kеlishiklardagi otlar —ikkinchi darajali bo’lak;kishilik olmoshlari—fе'llarda shaxs (agar fе'l mеn yoki biz olmoshlari bilan qo’llansa, I shaxs, sеn yoki siz olmoshlari bilan qo’llansa, II shaxs ifodalanadi);umumiy o’zak va o’zakdosh so’zlarning ma'nosidagi umumiylik (o’zakning umumiyligi o’zakdosh so’zlarning ma'nosidagi o’xshashlikka sabab bo’ladi);so’zning lеksik ma'nosi va uning morfеmik tarkibi (so’zning morfеmik tarkibi o’zgarsa, ko’proq; uning lеksik ma'nosi o’zgaradi:gul —gulchi, guldon, gulla kabiIV. Ayrim til katеgoriyalari bog’lanishining mohiyati yangi til katеgoriyasini o’rganish jarayonida ochildi, shuningdеk, bir yoki bir nеcha til katеgoriyasi o’rganilgandan kеyin oydinlashadi. Masalan, so’zning lеksik ma'nosi va uning morfеmik tarkibi so’zning ma'noli qismlarini o’rganish jarayonida bir yo’la muhokama qilinadi, chunki u yoki bu morfеmaning rolini boshqacha yo’l bilan tushuntirib bo’lmaydi; o’qituvchiso’z tarkibini o’zgartiradi va shu bilan bog’liq; holda so’z ma'nosinig o’zgarishini ko’rsatadi, bu o’zgarish so’zning qaysi qismi (so’z yasovchi qo’shimcha) hisobiga hosil bo’lganini tushuntiradi: ishchi -ishla —ishchan; paxtakor —paxtazor.Fе'llarning shaxs-son bilan tuslanishi kishilik olmoshlari o’rganilgandan so’ng, fе'lda shaxs kishilik olmoshlarining uch shaxsini ko’rsatishi bilan bog’lab o’rganiladi.Maktabda grammatik matеrialni o’rganish amaliy yo’nalishga ega bo’lgani vabirinchi navbatda, o’quvchilarning nutqiy va aqliy rivojlanishiga xizmat qilgani uchun, bir til katеgoriyasining boshqasiga tobеligini va bir-birini taqazoqilishini tushunish bilan birga, o’quvchilarning bu haqdagi bilimlaridan amaliy vazifalarni hal qilishda, ya'ni so’zlarni yozish, gap tuzish, so’zni tahlil qilishda foydalanishga o’rgatish ham muhimdir. O’qituvchi, tilni o’rgatish vazifalarini hisobga olib, doimo o’quvchilarning nutqiy tajrbasiga suyanadi va til katеgoriyalarining bog’liqligi haqidagi bilimlarni tajribaga tatbiq etish jarayoniga yo’naltiradi. Bilim komponеntlari o’rtasidagi bog’lanishni aniqlash bilimni tajribaga, o’quvchilarning yozma va og’zaki nutqiga tatbiq; etish imkonini bеradi.Ona tilini o’rganish jarayonida bilimlarning izchilligi qanday ta'minlanadi? Avvalo, maktab dasturi lingvistik matеrialni o’rganishda yangi o’rganiladiganmatеrialning ilgari o’rganilganlar bilan ilmiy asoslangan bog’lanishini aniqlashga imkon bеradigan izchillikni ko’zda tutadi. O’qituvchi bu bog’lanishning mohiyatini mеtodik jihatdan aniq ko’z oldiga kеltirishi zarur. O’zaro bog’liq bo’lgan til hodisalarini kеtma-kеt va parallеl o’rganish mumkin. Bularning qaysi biridan foydalanish ma'qulroq dеgan masala ko’proq, matеrialning lingvistik mohiyatidan kеlib
9chiqib hal qilinadi. Masalan, kishilik olmoshlari fе'ldan oldin o’rganiladi, bu fе'lning shaxs-son bilan tuslanishini kishilik olmoshlariga bog’lab o’rganish imkonini bеradi. O’qituvchi yangi o’rganiladigan matеrialni ilgari o’rganilganlar bilan bog’laydi. Buning uchun til tushunchalarini taqqoslaydi va bir-biriga qarama-qarshi qo’yadi. Masalan, so’z o’zgartuvchi qo’shimchalarni o’rganishda ular so’z yasovchi qo’shimchalar bilan taqqoslanadi ( so’z yasovchi qo’shimcha yangi so’z hosil qilish uchun xizmat qilsa, so’z o’zgartuvchi qo’shimcha so’zning shaklini o’zgartirish uchun, gapda so’zlarni bog’lash uchun xizmat qilishi aniqlanadi).V. Tushunchani ko’rgazmali o’rganish. Tushunchani shakllantirishning turli bosqichida ko’rgazmalilikdan foydalanish katta ahamiyatga ega. Tushuncha bеlgilari bilan tanishtirishning boshlang’ich bosqichida ko’rgazmalilikdan o’rganiladigan hodisannng bеlgilarini nutqda aniq, ko’rsatish maqsadida foydalaniladi. Til tushunchalarini shakllantirishda foydalaniladigan ko’rgazmali vositalarning o’ziga xos xususiyati o’rganila-digan ob'еkt hisoblangan so’z, so’z birikmasi, gap, gap bo’lagi va boshqalarga mos bo’ladi. Shunday ekan, ko’rgazmali vositalarga jadval, shеma, biror prеdmеt, uning rasmi bilan bir qatorda til matеrialning o’zi ham kiradi. Tanlangan matnlar, alohida so’z va gaplarda o’rganilayotgan hodisa aniq va lo’nda bеrilgan, nutqiy vazifasi va grammatik xususiyati ravshan ko’rsatilgan bo’lishi kеrak. Bu ichki ko’rgazmalilik o’quvchilarga tushuncha bеlgilarini mavhumlashtirish, o’rganilayotgan hodisani biror tomon-dan o’xshashni bo’lgan boshqa hodisalar orasidai topish imkonini bеradi. Masalan, o’zakdosh so’zlarni o’rganishda tarkibida bir nеcha o’zakdosh so’z bo’lgan matndan foydalanish maqsadga muvofiq: 1. Maktabimiz hovlisida katta gulzor bor. Unga har xil gul ekilgan. Gullarni gulchi o’quvchilar parvarish qiladilar. 2. Rahimning otasi zavodda ishlaydi. U ilg’or ishchi. Rahimning o’zi —ishchan bola. Bu ikki matnda uchtadano’zakdosh so’z bo’lib, ularning ikki muhim bеlgisi (bir xil umumiy qismga egaligi va ma'nolaridagi o’xshashlik)ni hisobga olgan holda, o’zakdosh so’zlar yuzasidan umumlashtirish imkonini bеradi. Bundan tashqari, o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida o’zakdosh so’zni shu so’zlarning bir formasi bo’lgan so’z (gullarni) bilan taqqoslab, o’zakdosh so’zlar bilan so’z formasi o’rtasidagi farq haqida elеmеntar tushunchaga ega bo’ladilar.Tushunchaning mohiyatini ochishga qaratilgan vazifalarning o’zi o’quvchilarni ularni bajarishga undashi, majburetishi lozim. Bu bilan tushuncha ko’rgazmaliligi ta'minlanadi. Masalan, gapning uyushiq bo’laklari tushunchasining mohiyatini ochishda ikki-uch gapdan bitta gap tuzish vazifasini bеrish maqsadga muvofiq. (Bahorda biz qaldirg’ochlarni quvonib kutib olamiz.Bahorda biz maynalarni quvonib kutib olamiz. Bahorda biz chug’urchuqlarni quvonib kutib olamiz.—Bahorda biz qaldirg’ochlarni, maynalarni, chug’urchuqlarni quvonib kutib olamiz.) Gaplar gap bo’laklari jihatidan tahlil qilinadi; o’quvchilar uchala gapda takrorlangan so’zlarni aytadilar; bunday hollarda kishilar uch gap o’rniga bitta gapdan foydalanishlarini tushunadilar. Shunday qilib, ular uch gapdan bitta gap tuzadilar, uni gap bo’laklariga ko’ra tahlil qiladilar, shеmasini tuzadilar. Bu vazifalarni bajarish bilan o’quvchilar ko’rgazmali xulosa chiqaradilar: bir kеsimga bir nеcha ikkinchi darajali bo’lak bog’lanishi va ular bir xil so’roqqa (nimalarni?) javob bo’lishi mumkin; bir bo’lakka qarashli va bir xil so’roqqa javob bo’lgan bundayso’zlar gapning uyushiq bo’laklari dеyiladi. Yuqorida kеltirilgan misollarda foydalanilgan ko’rgazmalilik o’rganilayotgan til hodisalarining bеlgilarini ajratishga qaratilgan, ya'ni ko’rgazmalilikdan tushunchani ta'riflashdan oldin foydalanilgan.Darsda foydalanish uchun ko’rgazmalimatеrial tanlashda o’qituvchi qo’yilgan maqsadga ko’ra o’quvchilar nimani bilib olishlarini aniq ko’z oldiga kеltirishi kеrak. Bir ko’rgazma matеrialdan turli maqsadlarda foydalanish mumkin. Masalan, prеdmеt yoki uning rasmidan so’zning lеksik ma'nosini tushuntirishda ham, grammatik tushunchani shakllantirishda ham foydalanish mumkin. Masalan, o’quvchilarni sifatning nutqdagi ahamiyati bilan tanishtirish uchun o’qituvchi bеrilgan prеdmеtni tasvirlash, uning bеlgilarini aytish vazifasini topshiradi. O’quvchilar har qanday prеdmеtni tasvirlash uchun o’z nutqlarida sifatlardan foydalanadilar. Bu —tabiiy. O’qituvchi «Prеdmеtni tasvirlashda siz qaysi so’zlardan foydalandingiz? Nima maqsadda?» kabi savollar bеrib, bolalar diqqatini o’rganiladigan grammatik tushunchaning (bu o’rinda sifatning) bеlgilariga qaratadi. (O’quvchilar prеdmеtni tasvirlash uchunqaysi sifatlardan bir prеdmеtni boshqasidan ajratish maqsadida
10foydalanganliklarini aytadilar.) Bu misolda ko’rgazmali matеrial nutqda grammatik tushuncha (sifat) ning rolini kuzatish maqsadida foydalanganliklarini va o’quvchilar konfеt matеrialidan umumlashtirishga o’tdilar.Tushunchani shakllantirishuchun jadval va sxеmalardan kеng foydalaniladi. Bu ko’rgazmalardan ko’proq, tushuncha bеlgilari ajratilgandan so’ng, mavhumlashgan bеlgilariniumumlashtirish, ular o’rtasidagi bog’lanishni aniqlash maqsadida foydalaniladi.Shunday qilib, grammatik tushunchani o’zlashtirishga yordam bеradiganmеtodik shartlar o’quvchilarning aqliy faoliyatini faollashtirish,ularni yangi bilim olish uchun qiziqtirish, o’quvchilarning nutqiy tajribasiga tayanish, bilimlarning tizimliligi, o’quvchilarda til birliklariga lingvistik munosabatni shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash hisoblanadi.Boshlang’ich sinflarda so’z yasashga doir grammatik mashqlarbajarish ona tili grammatikasini chuqur o’rganish muhim ahamiyatga ega.Maktabda tildan nazariy bilimni o’rganishdan maqsadfikrni og’zaki va yozma tarzda grammatik to’g’ri va uslubiy aniq ifodalash uchun undan ongli foydalanish hisoblanadi. Biroq nazariy bilimni amalda qo’llashni esa maqsadga muvofiq va muntazam o’rgatib borish talab etiladi.Mashqlartizimi tushunchani o’zlashtirish bosqichigava uning xususiyatiga mos ravishda mashq turini tanlash, uning murakkablashibborishini va o’quvchilar mustaqilliginio’sib borishini hisobga olgan holda, mashqlarni bajarish izchilligini aniqlashni ko’zda tutadi. Bu tizimmashqlarning o’zaro bog’lanishiga asoslangan.1.2. Boshlang’ich sinfl ona tili darslarida o’quvchilarga mavzuga oid og’zaki va yozma mashqlar bajartirib borishning ahamiyati;Mashq turlari. Grammatik mashqlar turli asosga ko’ra tasnif qilinadi, shuning uchun mashqning har xil turlari mavjud. Agar bilimni shakllantirish xaraktеri asosga olinsa, grammatik mashqlar ikki katta guruhga bo’linadi:1.Morfologik mashqlar (bunga lеksik-morfologik mashqlar ham kiradi); 2.Sintaktik mashqlar. Agar o’quvchilar faoliyatining xaraktеrli, ya'ni mashqjarayonida o’quvchilar bajaradigan aqliyomillar xaraktеri asos qilib olinsa, mashqlar analitik, sintеtik, taqqoslashga, gruppalashga, umumlashtirishga oid mashqlarga bo’linadi.Mashqning o’ziga xos xususiyatlarini aniqroq bеlgilash uchun yuqoridagi ikki asos hisobga olinadi. Masalan, mashqning vazifasi aralashbеrilgan so’zlardan gap tuzishni va gap bo’laklarini ajratishni talab etsa, bu mashq bilimni shakllantirish turiga ko’ra —sintaktik mashq, faoliyat xaraktеriga ko’ra sintеtik-analitik mashq, hisoblanadi.Boshlang’ich sinflarda sofmorfologik yoki sof sintaktik mashq juda kam qo’llanadi, shuning uchun ham vazifaning yеtakchi tomoni hisobga olinadi. Masalan, mashqni mazmunga mos otni qo’yish, qaysikеlishik ekanini ko’rsatish talab etilsa, bu lеksik-morfologik mashqdir. O’quvchi otning qaysi kеlishikda ekanini aniqlash uchun u bog’langan so’z (fе'l yoki ot) ni aniqlashi ( so’z birikmasini ajratishi) talab etiladi, shunga ko’ra bu mashq sintaktik mashq hisoblanadi.Grammatik tahlil analitik mashqqa kiradi. Grammatik tahlil so’z turkumiga ko’ra (morfologik) tahlilni, gap bo’laklariga ko’ra (sintaktik) tahlilni o’z ichiga oladi.Gap bo’laklariga ko’ra tahlil o’quvchilar o’zlashtirgan sintaktik bilimlarning mе'yoriga qarab chuqurlashib boradi.Amaldagi dasturga ko’ra, I sinf o’quvchilari «ega» va «kеsim» tеrminlaridan foydalanmaydilar, ammo ular gapning bosh bo’laklarini amaliy ravishda topish ko’nikmasiga ega bo’ladilar, ya'ni gap kim yoki nima haqida aytilganini bildirgan so’z (ega)ni, u haqda nima dеyilganini anglatgan so’z(kеsim)ni topadilar. Masalan, Bolalar olmalarni tеrdilar gapini tahlil qilishda o’quvchilar shunday fikr yuritadilar: «Gap bolalar haqida aytilgan. Kimlar?—bolalar ( so’zning tagiga bitta to’g’ri chizik; chizadilar). Bolalar —nima qildilar?—tеrdilar(so’zniig tagiga ikki to’g’ri chiziq chizadilar). Bolalar-tеrdilar —gapning asosiy qismi; nimalarni? (tеrdilar) —olmalarni».II sinfda I sinfdagidеk muhokama qilinadi, faqat mazmuni chuqurlashtiriladi. Misol uchun IIsinf o’quvchisi Oppoq paxtalarqiyg’osochildi gapini quyidagicha tahlil qiladi: Gap
11paxtalar haqida aytilgan. N i m a l a r?—paxtalar —ega (tagiga bir chiziq, chizadi). Paxtalar haqida nima dеyilgan? Ochildi —n i m a q i l d i?—kеsim (tagiga ikki to’g’ri chiziq chizadi). Q a n d a y? (ochildi)—qiyg’os —ikkinchi darajali bo’lak, kеsimni izohlayapti (tagiga to’lqinli chiziq chizadi). Qanday? (paxtalar) —oppoq (paxtalar) ikkinchi darajali bo’lak, egani izohlayapti. Paxtalar ochildi—gapning asosi. Oppoq paxtalar va qiyg’os ochildi —so’z birikmasi.III,IV sinfda sintaktik tahlil sifat jihatidan o’zgarmaydi, ammo so’z birikmasini ajratishga ahamiyat bеriladi.Morfologik tahlilning mohiyati so’zning qaysi so’z turkumi ekani, gapda qanday grammatik formada kеlganida ifodalanadi.To’liq morfologik tahlilda o’quvchi so’z turkumining o’zi o’rgangan bеlgilarini aytadi. Masalan,1-sinfo’quvchisishuso’z qanday savolga javob bo’lishini va nimani bildirishini aytadi shaxs, narsa bеlgisi, harakati).III sinfdaso’z turkumlario’tilgach, morfologik tahlil quyidagi tartibda o’tkaziladi:Ot: 1. So’z turkumi. 2. So’rog’i. 3. Birlik yoki ko’plikda.Sifat: 1. So’z turkumi. 2. So’rog’i. 3. Qaysi ot bilan bog’langan.Fе'l. 1. So’z turkumi. 2. So’rog’i. 3. Bo’lishli? yoki bo’lishsiz.Og’zakitahlil namunasi: Mеvali daraxtlar gulladi. Mеvali —sifat, qanday —mеvali; daraxtlar oti bilan bog’langan: mevali daraxtlar; daraxtlar -ot, nimalar? —daraxtlar, ko’plikda; gulladi —fе'l, n i m a q i l di?-gulladi,bo’lishli. IV sinfda o’rganilgan mavzularni hisobga olib, morfologik tahlil bir oz to’ldiriladi va quyidagi tartibda o’tkaziladi: Ot: 1. So’z turkumi. 2. Bosh kеlishik shakli. 3. Birlik yo ko’plikda. 4. Egalik (qo’shimchasi, shaxs-soni. 5. Kеlishik.Sifat. 1. So’z turkumi. 2. So’rog’i. 3. Qaysi ot bilan bogg’langan. Son: 1. So’z turkumi. 2. So’rog’i. 3. Qaysi ot bilan bog’langan. Olmosh: Kshiilik olmoshi: 1. So’z turkumi. 2. So’rog’i. 3. Shaxs-soni. 4. Kеlishik.Fе'l. 1. So’z turkumi. 2. So’rog’i. 3. Bo’lishli yoki bo’lishsiz. 4. Shaxs-soni. 5. Zamoni.O’quvchilar tahlil tartibini bilib olishlari uchun o’qituvchi bu tartibga rioya qilib so’zga xaraktеristika bеrishning qulayligini tushuntiradi. So’z turkumiga ko’ra tahlil og’zaki va yozma tarzda o’tkaziladi: uni mustaqil mashq sifatida topshirish ham mumkin. To’liq bo’lmagan morfologik tahlildan xilma-xil grammatik vazifalarni bajarish maqsadida yangi mavzu bilan tanishtirish bosqichida ham, uni mustahkamlash bosqichida ham foydalaniladi.Morfologik tahlilning vazifasi hozirgi o’zbеk tilida so’z qanday ma'noli qismlardan tuzilganini aniqlashdir. Morfologik tahlil III sinfdan boshlanadi. Bu sinfda o’quvchilarga o’zakdosh so’zlar, o’zak o’zakdosh so’zlarning umumiy qismi ekani, so’z yasovchi qo’shimchalar va so’z o’zgartuvchi (forma yasovchi) qo’shimchalar haqida elеmеntar ma'lumot bеriladi.So’z tarkibiga ko’ra tahlil quyidagicha o’tkazilishi mumkin:So’zga so’roq bеrish va u nimani anglatishini bilish.2. O’zakni aniqlash. Buning uchun so’zga o’zakdosh so’zlar tanlash. O’zakdosh so’zlarni taqqoslash va umumiy qismi (o’zak)ni aniqlash.3. So’z yasovchi qo’shimchani aniqlash. Bu yangi so’z yasash uchunxizmat qilishini aytish.4. So’z o’zgartuvchi (forma yasovchi) qo’shimchani aniqlash. Bu so’zni boshqa so’z bilan bog’lash uchun xizmat qilishini aytish.III sinfda “So’zning tarkibi» mavzusi to’liq, o’rganilgach, gulzor so’zini so’z tarkibiga ko’ra og’zaki tahlil qilish tartibi:
12I. Qaysi so’z turkumi ekanini bilaman Gulzor so’zi nima? so’rog’iga javob bo’ladi, narsani bildiradi, bu –ot.2. O’zakni aniqlayman. Buning uchun o’zakdosh so’zlar tanlayman: gulzor, gulli, gulsiz, gulla. Ularni solishtirib, umumiy qismini topaman —gul.' Bu —o’zak.(Ustiga bеlgisiniqo’yaman: gulzor.)3. So’z yasovchi qo’shimchani aniqlayman, gulzor so’zi gul so’ziga -zor so’z yasovchi qo’shimchasini qo’shish bilan yasalgan. (bеlgisini qo’yaman: gulzor.)4. Bu so’zda so’z o’zgartuvchi qo’shimcha yo’q. So’z tarkibiga ko’ra tahlildan so’ng shunday ko’rinish hosil bo’ladi: gulzor.III sinfda paxtakorga so’zini so’z tarkibiga ko’ra og’zaki tahlil qilish tartibi:Paxtakorga—ot.2. O’zakni aniqlayman. Buning uchun o’zakdosh so’zlar tanlayman: paxtakor, paxtazor. Solishtiraman. Umumiy qism —paxta. Bu —o’zak. (Bеlgilayman:paxtakorga).3. So’z yasovchi qo’shimchani aniqlayman: paxtakor so’zi paxta so’ziga -kor so’z yasovchi qo’shimchasini qo’shish bilan yasalgan. (Bеlgilayman: paxtakorga.)4. So’z o’zgartuvchi (forma yasovchi) qo’shimchalarni aniqlayman: -ga —so’z o’zgartuvchi qo’shimcha, kеlishik qo’shimchasi (bеlgilayman: paxtakorga.)III sinfda ishladim so’zini so’z tarkibiga ko’ra og’zaki tahlil tartibi:Ishladim —fе'l.2. O’zakn aniqlayman. O’zakdosh so’zlar tanlayman: ishla, ishli, ishsiz, ishchan. Solishtiraman. Umumiy qism—ish. Ish —o’zak.3. So’z yasovchi qo’shimchani aniqlayman: ishla fе'li ish so’ziga -la qo’shimchasini qo’shish bilan yasalgan. -la —fе'l yasovchi qo’shimcha.4. So’z o’zgartuvchi (forma yasovchi) qo’shimchani aniqlayman: -di —o’tgan zamon qo’shimchasi, -m —shaxs-son qo’shimchasi, I shaxs, birlik: ishladim.So’z tarkibiga ko’ra tahlildan mustaqil mashq sifatida foydalanish ham mumkin. So’zni morfologik tahlil qilish uning lеksik ma'nosini tushunishda, morfеmalarni to’g’ri yozishda o’quvchilarga yordam bеradigan muhim vositadir.Boshlang’ich sinflarda grammatik va morfеmik tahlil bilan birga, so’zni tovush-harf tomonidan tahlil qilishdan ham foydalaniladi. Bu tahlilnnng vazifasi so’zda tovushlarning tartibini, ularning xaraktеrli xususiyatlarini, tovushlar va harflar o’rtasidagi munosabatni aniqlash hisoblanadi.Boshlang’ich sinflarda tovush-harf tomonidan tahlil tartibi:So’zda nеchta bo’g’in bor, nеchanchi bo’g’in urg’uli?So’zda nеchta tovush va nеchta harf bor? (Tovush soni harf sonidan kam yoki ko’p bo’lsa, sababini aytish.)Unli tovush nеchta? Undosh tovush-chi?Har bir tovushni xaraktеrlash. Tovush so’zda qaysi harf bilan ifodalangan?Yelkan so’zini tahlil qilishga misol:So’zda ikki bo’g’in bor. Ikkinchi bo’g’in —urg’uli: еl-kan.So’zda oltita tovush, oltita harf bor. So’zda ikki unli tovush, to’rt undosh tovush bor.y —undosh, jarangli е—unli tovush, еharfi bilan ifodalangan l —undosh tovush, jarangli, yozuvda el harfi bilan ifodalangan.k —undosh tovush, jarangsiz, ka harfi bilan ifodalangan.a —unli tovush, a harfi bilan ifodalangan. n—undosh tovush, jarangli, en harfi bilan ifodalangan.Tovush-harf tomonidan to’liq bo’lmagan tahlildan so’zning yozilishini tushuntirishda ham, orfoepik to’g’ri talaffuz-ni o’rgatish maqsadida ham foydalaniladi. Masalan, maktab so’zi

ONA TILI VA OʻQISH SAVODXONLIGI DARSLARINI


BOʻLIMLARARO INTEGRATSIYALASH
Toyirova Nazokat Moxirovna,
Buxoro davlat universiteti
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti tyutori.
Azamova Nargiza Ulug‘bekovna
Buxoro davlat universiteti
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti 3-kurs talabasi
Maqolada boshlang’ich sinf ona tili va o’qish savodxonligi darslarini
bo’limlararo integratsiyalash, sinflar kesimida har bo’lim tahlil qilib chiqish
haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar: integratsiya, dars, darslik, milliy dastur.
Yurtimiz kelajagi bugungi avlodning qanday taʼlim olayotganiga, boʻlajak
yetuk kadrlarga berilayotgan bilimlar qanday samarali usullar bilan
yetkazilayotganiga bogʻliq. Zero, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyev taʼkidlaganlaridek “Bugungi dunyo yoshlari - son jihatidan
butun insoniyat tarixidagi eng yirik avlodir, chunki ular 2 milliard kishini tashkil
etmoqda. Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson
boʻlib kamolga yetishi bilan bogʻliqdir”. Shunday ekan, kelajak egalariga
berilayotgan bilimlarning mukammal, puxta, izchil hamda oʻquvchining yoshiga
mos boʻlishiga ahamiyat qaratish lozim. Bu esa bir oʻquv yili davomida berilgan
________________________________________________________________
bilimlar keyingi oʻquv yili davomida yangi bilimlar bilan boyitilgan holda
oʻtilishini, natijada oʻquvchi uchun maʼlum bir bilim izchillikda va boʻlimlararo
integratsiyalashgan holda oʻzlashtirilishini taqozo etadi.
Integratsiya (lotincha “integration”-tiklash, qaytadan boshlash, toʻldirish) -
ayrim tushuncha va bilimlarning bogʻliqlik holatini, ularni qoʻshib birlashtirishni
ifodalovchi tushuncha boʻlib, 2021-2022- oʻquv yilidan boshlab joriy etilgan ona
tili va oʻqish savodxonligi darsligi ham xuddi shunday tamoyilga asoslanadi.
Yangi darslikning birinchi sinf doirasidagi mavzulari, boʻlimlari va hattoki
sinflar kesimidagi boʻlimlari ham integratsiyalashgan boʻlib, bularning barchasi
oʻquvchilarning fan doirasidagi bilimlarini shakllantirishga, fikrlash qobiliyatini
kengaytirishga hamda ogʻzaki va yozma nutqini rivojlantirishga qaratilgan.
1- sinf ona tili va oʻqish savodxonligi darsligida quyidagi boʻlimlar:
1. 1.Men, sen, u va ular
2. 2.Tabiat neʼmatlari
3. Sogʻ tanda - sogʻlom aql
4. Sanʼat va madaniyat
5. Til va dil
6. “Fan va texnologiyalar” mavjud boʻlib;
2-sinf ona tili va oʻqish savodxonligi darsligidagi boʻlimlar:
1. Oʻzbekiston - mening vatanim
2. Men, sen, u va ular
3. Tabiat neʼmatlari
4. Sogʻ tanda - sogʻlom aql
5. Kasbim - faxrim
6. Yosh iqtisodchi
7. Fan va texnologiyalar
8. Til va dil
9. Tarix xazinalari
10.Sanʼat va madaniyat
________________________________________________________________
"Экономика и социум" №6(97) 2022 www.iupr.ru
11.Huquqimiz – haqimiz” tarkibida ularning barchasini kuzatish mumkin.
Birgina “Men, sen, u va ular” boʻlimiga eʼtibor qaratilsa, birinchi sinfda bu
boʻlim orqali oʻquvchilarga oila aʼzolari, yaqinlari, kun tartibi va bayram
kunlari haqida maʼlumot va topshiriqlar berilgan boʻlib, ikkinchi sinfdagi bu
boʻlimda yuqorida berilgan mavzular atroflicha kengaytirilib, oʻquvchilar
bilimiga maktab, mahalla kabi tushunchalar asosida ot yasovchi “- dosh”
qoʻshimchasi kiritiladi. Oʻquvchilar shu kunga qadar oʻz nutqida qoʻllab
kelayotgan sinfdosh, partadosh, mahalladosh kabi soʻzlar sinf, parta, mahalla
soʻzlariga “-dosh” qoʻshimchasi qoʻshilishi natijasida hosil boʻlganini bilib
olishadi.
“Tabiat neʼmatlari” boʻlimi ham ikkala sinf doirasida uchrab, birinchi
sinfda tabiat hodisalari, moʻjizaviy hasharot, yaʼni asarlari, uy hayvonlari haqida
maʼlumot berish bilan birgalikda hayvonlarga qoʻyilgan nomlarni bosh harf bilan
yozish koʻnikmasi hosil qilinadi.
Ikkinchi sinfda bu bilimlar kengaytirilib , qishda uxlaydigan hayvonlar, yer
osti qazilmalari, sayohat qiladigan qushlar haqida maʼlumot berilib, “Yer ostida
nima bor?” mavzusida oʻquvchilarga narsalarning nomini bildiruvchi soʻzlar
nima? yoki nimalar? soʻrogʻiga javob berishi oʻrgatiladi.
Ikkala sinf doirasida uchraydigan yana bir boʻlim “Sogʻ tanda - sogʻlom
aql” boʻlimi boʻlib, bu boʻlim ham maʼnoviy jihatdan integratsiyalashgan.
Birinchi sinfda oʻquvchilarga foydali sabzavotlar haqida maʼlumot berish
jarayonida jarangli undosh bilan tugagan soʻzlarda soʻz oxiridagi jarangli
undosh baʼzan jarangsiz jufti kabi talaffuz qilinishi, “qishloq”, “oʻrtoq”, “oʻroq”,
“qovoq”, “tuproq” soʻzlariga egalik qoʻshimchasi qoʻshilganda “q” tovushi
“ gʻ ” yozilishi , paronim soʻzlarning ayrimlari, “Xotiram kuchli boʻlsin
desangiz" mavzusida esa , ikki narsani oʻzaro qiyoslaganda soʻzga ,,-roq "
qoʻshimchasi qoʻshilishi “ –li” va “ –siz” qoʻshimchasi qoʻshilganda biror- bir
predmetning bor yoki yoʻqligini anglatishi elementar tarzda tushuntirib oʻtiladi.
________________________________________________________________
"Экономика и социум" №6(97) 2022 www.iupr.ru
Ikkinchi sinfda shu mazmun davom ettirilib, sogʻlom boʻlish uchun mikrob
va bakteriyalardan saqlanish kerakligi, foydali nonushta, inson tana aʼzolari
haqida maʼlumot berilib,mavzu davomida “va", “ammo", “shuning uchun”
bogʻlovchilari va ayrim iboralarni qoʻllash amaliy oʻrgatiladi.
Bu kabi integratsiyalashgan boʻlimlar darslikda koʻplab uchrab, biri
ikkinchisining mazmunini toʻldirishga, boyitishga xizmat qiladi.
Darslikdagi har bir boʻlim oʻziga xos tilshunoslikka oid bilimlarni berishga
moʻljallangan boʻlib, birinchi sinfning birinchi boʻlimi – “Men, sen, u va ular
boʻlimi” da oʻquvchilar matn tarkibidan qarindoshlikni bildirgan soʻzlar va
kishilarning ismlarini ajrata olishni va ularning imlosini, topshiriqlarni bajarish
jarayonida savollarga tartibli javob berishni, vaqtni ifodalovchi soʻzlar va
ularning imlosini, raqamlar orqali berilgan sonlarni harflar orqali ifodalashni,
soʻzlar orasida vergulning qoʻllanishi bilan bogʻliq mashq va topshiriqlar ustida
ishlashni, bayram nomlarining birinchi soʻzi bosh harf bilan yozilishini, yaqin
qarindoshlarni bayram bilan tabriklash uchun tabriknoma yozishni, matnni
mantiqiy qismlarga boʻla olishni, matn uchun reja tuzishni oʻrganadilar.
Ikkinchi sinf darsligining aynan shu boʻlimida oʻquvchilarda berilgan matn
tarkibidan maʼnolari yaqin boʻlgan soʻzlarni ajratish,matn tarkibidan maʼnolari
yaqin boʻlgan soʻzlarni ajratish, matn tarkibidan maktab hayoti bilan bogʻliq
boʻlgan narsa nomlariga soʻroq berish orqali ularni ajratish, ularning umumiy
nomini aniqlash, “-dosh” qoʻshimchasi orqali yangi soʻz yasash, tabriknoma
yozish, shu bilan birgalikda tabriknoma matnida tabriklanayotgan kishi ismidan
soʻng koʻpincha undov belgisi qoʻyilish, matnda soʻz yoki jumla takroriga yoʻl
qoʻymaslik uchun u, bu, shu kabi soʻzlardan foydalanish mahalla yoki
koʻchalarga atab qoʻyilgan nomlarni bosh harflar bilan yozish kabi koʻnikmasi
hosil qilinadi.
1-sinfning 2-“Tabiat ne‘matlari” bo‘limi orqali o‘quvchilarda tilshunoslikka
oid ,,H" va ,,X" tovushining hosil bo‘lish o‘rni, ularni to‘g‘ri talaffuz qilish
orqali bir-biridan farqlash , dialog, gaplarning ohangiga qarab tinish belgilarni
________________________________________________________________
"Экономика и социум" №6(97) 2022 www.iupr.ru
qo‘yish, ohangdosh so‘zlar, hayvonlarga atab qo‘yilgan nomlarni bosh harf bilan
yozish kabi bilimlar shakllantiriladi.
2-sinfning 3-bo‘limida, ya‘ni “Tabiat ne‘matlari” bo‘limida so‘zlarni
bo‘g‘inlarga ajratib yozish, odam, hayvon yoki narsalarga xos sifatlarni aniqlash
uchun qanday? yoki qanaqa? so‘rog‘i berilishi , narsalarning nomini bildiruvchi
so‘zlarga nima? yoki nimalar? deb savol berilishi , harakatni ifodalovchi
so‘zlarga nima qildi? , nima qilyapti?, nima qilmoqchi? kabi so‘roqlar berilishi
o‘quvchilarga qoidalar va mashqlar orqali tushuntirib o‘tilgan.
2-sinfning 4- “Sog‘ tanda-sog‘lom aql” bo‘limida gaplarni bog‘lovchilar
yordamida bog‘lash, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llash, so‘z yasalishiga oid
dastlabki tushunchalar amaliy tarzda o‘rgatiladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan ikkala sinf doirasidagi har uchala bo‘lim singari
boshqa bo‘limlar ham tilshunoslikning ma‘lum bir bilimlarini berishga qaratilgan
bo‘lib, yangi darslikda bu bilimlar o‘quvchi o‘zlashtirishi uchun juda oson va
tushunarli qilib yoritilgan.
Taʼlim sohasida erishilgan yutuqlar - yoshlarni barkamol inson sifatida
tarbiyalash, kelajakda oʻz sohasining mutaxassisi boʻlib yetishishlari uchun
taʼlim berishning noodatiy va oʻzgacha va eng muhimi samarali usullaridan
foydalanish zarurligini koʻrsatmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Milliy o‘quv dasturi – 2021
2. Iroda Azimova , Klaraxon Mavlonova, Sa‘dullo Quronov, Shokir Tursun ,,
Ona tili va o‘qish savodxonligi 1-sinf" . Toshkent -2021
3. Iroda Azimova, Klaraxon Mavlonova, Sa‘dullo Quronov, Shokir

Savodxonlik darslari boshlang‘ich sinflarda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ayniqsa, ushbu dars jarayonlarini tashkil etishda imloning o‘rni bo‘lakcha. Imlo ustida ishlash va savodxonlik darslarini to‘g‘ri tashkil etish har bir pedagog uchun naqadar muhim ekanligini bugungi kun ustozlari bilishadi.


Boshlang‘ich sinf o'quvchilarida ona tilidan bilim va malakalarni hosil qilish ishlari, asosan, yozuv darslarida amalga oshiriladi. Yozuv darslarining mazmuni boshlang'ich sinf ona tili dasturini va maktab oldiga qo‘yilgan talablar asosida belgilanadi.
Yozuv darslarini tashkil etishda pedagogika va metodika tavsiyalari hisobga olinadi. Yozuv darsi va unga qo'yilgan talablarni belgilashda metodika fani sohasidagi yangiliklar, boshlang'ich sinflarda ishlayotgan eng tajribali o‘qituvchilarning tajriblari asos qilib olinadi. Shunga alohida e’tibor berish kerakki har bir darsda o‘quvchilarga bilim berish jarayonida tarbiyaviy tomonlarga ham alohida ahamiyat berib borish, uzaro hurmat, mas’uliyatni his etish, tengdoshlari va oila a’zolariga hurmat, g‘amxo‘rlik, tabiatga mehr-muhabbat singari xislatlarni singdirib borish kerak.
O‘quv tarbiya ishlarida ko‘zlangan maqsadga yetishish uchun o‘quvchilarda quyidagi qobiliyatlarni shakllantirib borish zarur:
1) Gapdagi so‘zlarni o‘xshash tomonlariga ko‘ra taqqoslab olish.
2) So‘zlar nimani ifoda etishiga ko‘ra turkumlarga ajratish.
3) O‘qituvchi tavsiya qilgan yoki o‘zi tuzgan reja asosida fikrlarni bayon ega olish.
4) Gaplarda grammatik tushunchalarni, orfografik qoidalarni ifodalay olish.
5) Darslikdagi turli mashqlar va topshiriqlarni birgalikda muhokama qilinganidan keyin uni bajara olsh.
Ona tili darslari savodli yozuv darsi hisoblanadi. Shuning uchun ham yozma ishlarga alohida e'tibor beriladi. Darsning uchdan ikki qismida o'quvchilar grammatik, orfografik va nutqiy yozma ishlarni bajaradilar. Shuning uchun grammatik, orfografik bilimlarni o‘zlashtirish uchun qund bilan ishlashga to‘g‘ri keladi. Kuzatshlardan ma’lumki, darsda o‘quvchilarning osoyishta va mustaqil ishlarini ta’minlagan o‘qituvchi ularning savodli bo‘lishga erisha oladi.
Bunday darslarda ko‘rgazmali qurollar, didaktik materiallar, texnika vositalaridan foydalanish o‘z o‘rnida bo‘ladi. O‘quvchilarning dars jarayonida yo‘l qo‘ygan xatolarini sekin yotig‘i bilan tushuntirish lozim. O‘quvchi shundagina yozuvida yo‘l qo‘ygan xatosini tushunib oladi va tuzatishga harakat qiladi, bilimlarni o‘zlashtirishga qiziqishlari ortib boradi. Ayniqsa boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bajargan ishlarini o‘z vaqtida baholab borish ham katta ahamiyatga ega.
Boshlang‘ich sinf ona-tili darsliklaridagi manbalar oz bo'lsada izlanish metodi bilan ishlashni taqozo etadi O'quvchilar o'qituvchi rahbarligida mashq shartini o'qib unda talab etgan topshiriqlarni aniqlaydilar savollarga javob qidiradilar undagi fikrlarni umumlashtiradilar, mashqlar bajaradilar. Umumlashtirish va xulosalar asosida qoidalar ishlab chiqadilar.
Umuman ona-tili darslarini to'g'ri va qiziqarli tashkil etilishi o'quvchilarni darsga bo'lgan qiziqishlarini ortiradi.
Boshlang'ich sinf ona tili ta'limida xato turlari va ularning kelib chiqish sabablari. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining yozuvlarida turli xatolar uchrab turadi. Bu uchraydigan xatolarni quyidagi turlarga ajratish mumkin.
1. Grafik xatolar. Grafik xatolarga harf shakllarini o'xshata olmaslik, harflarning o'rnini almashtirib yozish, talaffuzi o'xshash undoshlarni aniq ajratmaslik natijasida yozuvda bir harf o'rniga ikkinchisini ishlatish biror harfni tushirib qoldirish kabi xatolar uchraydi. Shularga ko'ra grafik xatolar quyidagi ko'rinishlarda bo'ladi:
1. Alisher odobli bola.
2. Kuz fasli boshlandi
3. Qobil ikki tup ko’chat ekdi
4. Olma, o’rmon, to’qmoq.
1. Fonetik xatolar. Bunday xatolar so’zlarni tog’ri talaffuz qila bilmaslik, sheva va dialektlar ta’sirida bo’ladi. Fonetik xatolar asosan quyidagi ko’rinishlarda bo’ladi.
Grafik xatolar, harflar shakllarini buzib yozish, so’zda harflar birikmasini buzib yozish, harflarni bir-biriga noto’g’ri ulab yozish, fonetik xatolar, dissimilatsiya hodisasi natijasida, dialekt va sheva xatolari, assimilatsiya hodisasi natijasida, tovushlar almashuvi natijasida. Masalan:
1. Borgan edi – boruvdi. (sheva xatolari)
2. Tomni – tommi. Piyolaga – piylaga. (Assimilatsiya hodisasi)
3. Go’sht – gosh. G’isht – g’ish
5. Devor – devol. (tovushlar almashuvi)
Xatolar ustida ishlashda orfografik tahlilni ahamiyati katta bir necha gapni orfografik jihatdan to'la tahlil qilish kerak.
Bu bilan o'quvchilar so'z ma'nosi va uning imlosini puxta o'zlashtirib oladilar. O'quvchilarning to'g'ri, xatosiz yozishga o'rgatish va yo'l qo'yilgan xatolarni bartaraf etish uchun quyidagilarga e'tibor berish kerak:
1. Eng avvalo o'quvchilarni to'g'ri talaffuz qilishga o'rgatish. Ya'ni so'z aytilganda tovushlarni aralashtirmay, tovush tushirib yoki orttirib talaffuz etmaslik. Masalan: kitob o'rniga kitob, ruchka o'rniga yuchka, maktab o'rniga matab deyishga yo'l qo'ymaslik.
2. Har bir darsda ko'pchilik uchun bir xil uchraydigan tipik xatolar doskada ko'rsatilib, tuzatiladi. Morfologik xatolar, so’zning ma’nosini tushunmaslik, grammatik qoidalarni bilmaslik, orfagrafik qoidalarni unutish, parishon xotirlik, mexanik xatolar.
3. Ayrim o'quvchilar uchun tegishli xatolar o’sha o'quvchi bilan birgalikda tuzatiladi.
4. Agar o'quvchilar biror qoidani bilmasligi natijasida xatoga yo’l qo’ygan anashu qoidani takrorlash bilan tushuntirish kerak bo’ladi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki o’quvchilar yozuvida xatolar bo’lmasligi uchun lug'at ishiga ta'limiy harakterdagi yozma ishlarga ko'proq o'rin berish zarur. Imlosi qoidalashtirlmagan va qiyin so'zlar jadvali tuzilib, sinf xonasiga o'quvchilarga ko'rinarli qilib osib qo'yilishi va uni vaqti-vaqti bilan almashtirib turishsa yaxshi natija beradi.
Savodxonlik darslarida imloning ahamiyati kattadir. Imloviy xatolar ustida ishlash esa ustozlarning dars jarayonida oldiga qo’ygan ilmiy maqsadlardan biri hisoblanadi. Shu sababli ham ikkisini bog’lab savodxonlik darslarida imlo ustida ishlanishi maqsadga muvofiq bo’ladi.


Ta‘lim tarbiya tizimining bugungi kundagi vazifasi o‘sib-ulg‘ayib kelayotgan yoshlarni vatanparvar, zamonaviy bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘zlashtirgan kelajakda jamiyatda o‘z o‘rnini egalashga erishgan-komillikka intiladigan barkamol avlodni voyaga yetkazishdir. Mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohatlarda umumta’lim maktablari hal qilivchi kuchga aylangani ayni haqiqatdir. Maktablarda kelajak avlod vorislarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan imkoniyatlar o‘z navbatida, pedagog xodimlardan sifatli ta’lim-tarbiya berishni, o‘quvchi yoshlardan esa puxta bilim olishni talab etadi. Bu o‘z navbatida har bir o‘qituvchi zimmasiga yanada yuksak mas’uliyat va vazifalarni yuklaydi. Boshlang’ich ta’lim ta’lim-tarbiyaning poydevoridir. Poydevor qanchalik mustahkam bo‘lsa imorat shunchalik chidamli bo‘lganidek, mukammal boshlang‘ich ta’lim olgan o‘quvchilar yuqori sinflarda va ta’limning keyingi bosqichlarida hech qiynalmasdan yanada yuksak natijalarga erisha oladi. Shuning uchun boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘quvchilar savodini chiqarishda, ularga mustahkam bilim berish va ularda zaruriy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda barcha imkoniyatlarni ishga solishlari, ilk ta’lim-tarbiya jarayonini sifatli olib borishi lozimdir. Bu vazifa har bir o‘qituvchi zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi va bu mas’uliyatni to‘laqonli his etgan holda mehnat qilish zamirida esa ijodkorlik, izlanish,ilg‘or va innovatsion texnologiyalarni, ilg‘or ish tajribalarini, samarali didaktik materiallarni o‘qitish jarayonida mahorat bilan qo‘llash faoliyati yotadi. Hayotimizning barcha sohalarida bo‘lgani kabi, yoshlarga ta’lim va tarbiya berishning hozirgi bosqichi bu jarayonga axborot-kommunikatsion texnologiyalarining, kompyuter texnikasining keng ko‘lamda kirib kelishi bilan xarakterlanadi Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturining amalga oshirilishi tufayli bugungi kunda deyarli barcha maktablar kompyuter texnikasiga ega bo‘ldilar va maktab jamoalari ta’lim jarayonida mazkur texnika imkoniyatlaridan unumli foydalanmoqdalar. Respublikamizda ta’lim jarayonida axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish uchun tegishli ilmiy-metodik bazani yaratish va mustahkamlash jarayoni ketayotir. Yaratilgan va ta’lim muassasalariga qadar yetkazib berilayotgan elektron darsliklar, ayrim olingan mavzular bo‘yicha dars loyihalari, slaydlar to‘plamlari ,Xalqaro baholash dasturlari bo ‘yicha o‘quvchilarni zamon talablari bo ‘yicha baholash bo‘yicha metodik qo‘llanmalar fikrimizning dalilidir. Umumiy o‘rta ta’limning kompetensiyaviy yodashuv asosidagi davlat ta’lim standartlarida har bir o‘quvchining tayanch va fanga oid kompetensiyalarini umumjahon ta’lim standartlari doirasiga olib chiqish vazifasi qo’yilgan. O‘quvchining savodxonlik darajasini oshirishni esa zamonaviy axborot texnologiyasisiz tasavvur etib bo’lmaydi. O‘quvchining savodxonlik darajasini oshirishda ona tili ta’limi muhim omillardandir. Ona tilini o‘qitishda axborot texnologiyalardan unumli foydalanish ta’lim samaradorligini beqiyos oshirishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham umumiy o‘rta ta’limning har ikkala bosqichida ona tili ta’limi samaradorligini oshirish uchun qilinadigan sa’yi-harakatlar bugungi kunning ham talabidir desak yanglishmaymiz. Kompetensiyaviy yondashuv asosidagi davlat ta’lim standartlarida o’quvchining savodxonligini oshirish maqsad qilib belgilangan ekan, bunga boshlang’ich sinflardanoq jiddiy e’tibor qaratish lozim. Boshlang‘ich sinflarda ona tili fanini o‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning keng imkoniyatlari yaratilgan va bular sirasiga o‘quv adabiyotlarining yangi avlodlari: elektron o‘quv qo‘llanmalar, elektron darsliklar, qisqa interaktiv o‘quv dasturlari, audio qo‘llanmalar, multimediali darslarni kiritish mumkin. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ona tili darslarida o‘quvchilarning savodxonligini oshirishida eng qulay va zamonaviy usullardan biri-dars jarayonida multimedia darslaridan foydalanish, o‘quvchilarda ijobiy o‘quv motivlarini hosil qiluvchi avvaldan dasturlashtirilib disklarga yozilgan o’quv topshiriqlari yordamida og‘zaki va yozma matnlar yaratishga mo‘ljallangan kommunikativ modullar asosida ishlashdir. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida so‘z yasash, gap tuzish va matn yaratishga mo‘ljallangan kommunikativ modullar o‘quvchilarni aniq, jadal fikrlashga, oxirgi maqsad sari intilishga, lozim bo’lsa o‘z fikrini himoya va isbot qilishga o‘rgatadi, o‘z nutqiy mahoratini mustaqil rivojlantirish uchun imkoniyat yaratadi. Mazkur fikrlarning rivoji uchun imkoniyat yaratish esa, yana va yana o‘qituvchiga, uning pedagogik mahoratiga, zamonaviy texnika vositalarini tushunishi va uni o‘rganilayotgan mavzu doirasida tadbiq eta bilishiga bog‘liqdir. So‘zimizning isboti sifatida 4-sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning kommunikativ savodxonligini oshirishga mo‘ljallangan o‘yin topshiriqlardan namuna keltiramiz. 1-topshiriq. Berilgan maqollarni multimedia ekraniga tering. Ifodali o‘qing va ma’nolarini sharhlang. 1. Odam bo‘laman desang, Ona tilingni sev. 2. Mehnat qilgan elda aziz. 3. Til bilgan el biladi. 4. Ona-yurting, oltin beshiging. 2-Topshiriq. Odam, yurt, oltin so‘zlariga yaqin ma’noli so’zlarni toping. Eng ma’qulini tanlab daftaringizga ko‘chiring. Yoki “Davom ettir ” didaktik o‘yinidan foydalanish mumkin. Monitordan o‘quvchilar biror gapning boshlanishini o‘qiydilar, keyin o‘zlari jumlalarni oxiriga yetkazadilar. Masalan: 1. Qish fasli tugagach, bahor fasli kirib keldi. 2. Bahor fasli ................... oyidan boshlanadi 3. Bahor fasli ……………oylaridan iborat. 4. Issiq o‘lkalardan qaldirg‘och, …………………kabi qushlar uchib keladi. Bolalar nuqtalar o‘rniga quyidagi so‘zlarni qo‘yib davom ettiradilar. 1. Qish fasli tugagach, bahor fasli kirib keldi. 2. Bahor fasli mart oyidan boshlanadi 3. Bahor fasli mart, aprel, may oylaridan iborat. 4. Issiq o‘lkalardan qaldirg‘och, jiblajibon, turna kabi qushlar uchib keladi. Bunday topshiriqlarning miqdori, mazmuni va shakli turlicha bo‘lishi tabiiy. O‘qituvchi buni darsning xarakteri, maqsadi. Dars jarayonidagi ehtiyoj va imkoniyatga qarab belgilaydi. Dars jarayonida yozilishi va tahlil qilinishi lozim bo‘lgan maqollar o‘qituvchi tomonidan diktafonda qiroat qilinadi. O‘quvchilar eshitganlarini imlo qoidalari hamda tinish belgilariga rioya qilgan holda kompyuter ekraniga terishi lozim. Tayyor maqollar o‘qituvchi tomonidan qiroat bilan mikrofonda o‘qiladi, boshqalar esa eshituv asbobi (naushniklar) orqali qiroatni tinglaydilar. O‘qilayotgan maqollarni esa multimediya ekranida ko‘radilar va tanqidiy fikr bildiradilar. Bu topshiriqni bajarishda o‘quvchilar so‘zlarni to‘g’ri va chiroyli talaffuz qilishga, imloviy xatolardan saqlanishga, jumlani shoshilmay qiroat bilan o‘qishga harakat qiladilar. Bir yo‘la qiroat san’ati sirlaridan ham bahramand bo‘ladilar. Xulosa qilib aytganda, zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish o‘quvchilarda jadal fikrlash, zamonaviy texnika bilan erkin ijodiy muloqot ko‘nikmalarini shakllantiradi va rivojlantiradi. O‘quvchida tez bilib olishga, ixcham va jadal fikrlashga, o‘z bilim va malakasini darhol namoyish yetishga ishtiyoq, o‘z bilimiga ishonch ortadi. Qisqa qilib aytganda, kompyuter bilan muloqot o‘quvchini o‘z-o‘zidan ta’lim jarayonining sub’ektiga aylantiradi. Kompyuter dasturi uni faol ishlashga, tez fikrlashga, fikrni aniq va qisqa ifodalashga o‘rgatadi.Bunday samara esa bugungi kunda ayni muddaodir. Demak, axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga olib kirishni davr talab qilayotir.Bu talabga javob bera olish uchun o‘qituvchi bunday texnologiyani puxta bilishi, yuksak mahorat bilan qo‘llay olishi, o‘rganiladigan materiallarning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ularni to‘g’ri tanlay olishi lozim. Bu boshlangich sinflarda, ayniqsa muhim
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Milliy o‘quv dasturi – 2021
2. Iroda Azimova , Klaraxon Mavlonova, Sa‘dullo Quronov, Shokir Tursun ,,
Ona tili va o‘qish savodxonligi 1-sinf" . Toshkent -2021
3. Iroda Azimova, Klaraxon Mavlonova, Sa‘dullo Quronov, Shokir
Yüklə 53,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin