Ular o‘z faoliyati natijasida insulin hosil qiladi. Mana shu bakteriyalar 415 mln. aholining salomatligini bir maromda ushlab turish uchun xizmat qilmoqda. Qonning qon tomirlari ichida ivib qolishi natijasida yuzaga keladigan tromboz kasalligini davolashda qo‘llaniladigan dori preparatlari ham aynan GMO echkilar suti tarkibidagi oqsil asosida yaratilgan.
Ayni vaqtda 33 turdagi transgen o‘simliklar (GMO) odamlar tomonidan oziq-ovqat sifatida keng qo‘llanilmoqda: kartoshka, papayya, oshqovoq, baqlajon, olma, makkajo‘xori, soya, loviya, qovun, guruch, pomidor, shirin qalampir, bug‘doy, qand lavlagi, raps va boshqalar.Genetik modifikatsiya, shuningdek, ozuqaviy qiymatni oshirishi yoki lazzatlanishni yaxshilashi mumkin.
Xulosa:GMO bu genetik modifikatsiyalangan organizm: bakteriya, o‘simlik yoki hayvon bo‘lib, ularni yaratishdan maqsad avvalo insoniyatning oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, zarur dori-darmon vositalarini ishlab chiqarishdan iborat. Ayni vaqtda butun dunyo GMO borasida ikki guruhga bo‘linib olgan, ularning biri uning beziyon ekanligini isbotlashga urinsa, ikkinchi guruh uning zararli ekanligini ta’kidlaydi.GMO to‘g‘risidagi yakuniy xulosam shundan iboratki, transgen organizmlar insoniyatni halokatga yetaklovchi yo‘l emas, u insoniyat og‘irini yengil qilish uchun dunyoning minglab olimlari tomonidan uzoq yillar davomida tinimsiz mehnatlar natijasida yuzaga kelgan ilmiy kashfiyotdir. Uning naqadar foydali yoki zararli ekanligini eng odil hakam vaqtning o‘zi ko‘rsatib beradi.
Foydalanilgan Adabiyotlar: 1.www.nonegmo.com 2.Mirahmedova R, Vaxobov A, Davronov Q, Tursunboyeva G "Mikrobiologiya va biotexnologiya asoslari" 3.www.ziyo.net 4. Nabiyev M, Shalnev V, Ibrohimov A. "Shifobaxsh neʼmatlar"