4.Xavflar taksonomiyasi. Taksonomiya - bu murakkab xodisalarning tushunchalarini, kishi faoliyatiga qaratilgan narsalarni turkumlash (klassifikatsiya) va sistemalash to’g’risidagi fandir. U faoliyat xavfsizligi sohasida ilmiy bilimlarni uyushtirishda, xavflarning tartibini yanada chuqurroq o’rganishda katta ahamiyatga ega. Taksonomiya yangi fan bo’lib, hali to’la ishlab chiqilmagan. Shuning uchun bu to’g’rida taksonomiyaning ishlangan qismi to’g’risida so’z olib boramiz:
1. Kelib chiqishi bo’yicha xavflar tabiiy, texnik, ekologik va aralash bo’ladi.
2. Rasmiy standartga asoslanib xavflar xili bo’yicha fizik, kimyoviy, biologik va ruhiy turlarga bo’linadi.
3. Salbiy oqibatlarning ro’y berish vaqti bo’yicha xavflar impulsiv (beixtiyor harakat) va kumulyativ (to’satdan keluvchi) larga bo’linadi.
4. Xavflarning tarqalishiga yo’l qo’ymaslik bo’yicha (lokalizatsiya) - litosfera, gidrosfera, atmosfera va koinot bilan bog’liq bo’ladi.
5. Xavflar kelib chiqadigan oqibatlari bo’yicha - charchash, kasallanish, jarohatlanish, halokatlar, yong’inlar va o’limga olib boradigan sabablar.
6. Xavflar keltiradigan zarari bo’yicha - ijtimoiy, texnik, ekologik va h.k.
7. Xavfni namoyon bo’ladigan muhiti bo’yicha – maishiy, sport, yo’l transport, ishlab chiqarish va harbiy.
8. Odamga ta’siri bo’yicha xavf - aktiv va passiv, o’ta ta’sirchan (zaharlar, kislotalar) va sust (narkotik moddalar, aroq, sigareta) bo’ladi. Passiv deganda odamning o’zi sababchi bo’lad
5.Xavflar daraxti" ning sxemasi. Xavflarni o’rganish tartibi uch xil bo’ladi:
I.Bosqich- - xavflarni oldindan tahlil etish. Bu bosqich uch qadam bilan bajariladi:
1 -qadam xavf manbalarini aniqlash.
2-qadam xavflarni vujudga keltiradigan qismlarni aniqlash.
3-qadam tahlilni chegaralash, ya’ni tekshirilmaydigan xavflarni chiqarib tashlash.
II. Bosqich - xavfli xolatlarning ketma-ketligini aniqlash, xodisa va xavflar "daraxtini" (shajarasini) tuzish.
III. Bosqich – oqibatlarni tahlil qilish. Misol tariqasida kran-balka ilgagidan yukning tushib ketish xodisasi sabablarini aniqlash daraxti sxemasi keltirish mumkin; Kran-balka ilgagidan yukning tushib ketishi > Saqlagich qulfining yo`qligi > Fiksator kuchining yo`qolishi > Chiqish yoki kirish > Trosning uzilishi > Texnik nazoratning yo`qligi > Trosning zanglashi (korroziyasi). "Xavflar daraxti" yuqoridan pastga qarab quriladi hamda sabablarni hisobga olgan taqdirda tamom bo’ladi. Bu xavfsizlikning murakkab masalalarini xal qilish yo’llarini tayyorlashda va asoslashda foydalaniladigan metodologik choralar yig’indisidir.O’zaro ta’siri bilan aniq bir maqsadga erishtiradigan aloqador qismlar yig’indisi - sistema deb ataladi. Qism - (komponent) - deganda birgina moddiy obyektdan tashqari aloqalar va bog’lanishlar ham tushuniladi. Har qanday sozlangan mashina texnik sistemasining misoli tariqasida ko’rinishi mumkin.Tarkibiga odam ham kiradigan sistema - ergatik sistema deb ataladi.Ergatik sistemaning misollari "odam-mashina", "odam-mashina-atrof muhit".Sistemalash printsip xodisalarga o’zaro bog’liq ravishda bir dasta yoki to’plam (yig’indi) tariqasida qaraydi.Sistema beradigan maqsad yoki natija sistema yaratuvchi element deb aytiladi. Masalan, yong’in - yonuvchi modda, oksidlovchi kislorod, yondiruvchi. Bu yerda yong’in sistema, yonuvchi modda, oksidlovchi, yondiruvchi uning elementlari. Agar birorta elementni shulardan chiqarib tashlasak, sistema buziladi. Sistemada bor sifat uning elementlarida bo’lmaydi. Bu sistemaning muhim xususiyati bo’lib, xavfsizlik masalalari taxlili asosida joylashgan.Ko’ngilsiz voqealarning paydo bo’lish sabablarini aniqlash, ularni kamaytirishga qaratilgan tadbirlar xavfsizlik sistemasi tahlilining asosiy maqsadidir."Sabablar va xavflar "daraxti" - sistema tariqasida.Har qanday sabab(lar) natijasida vujudga kelgan xavflar zarar keltiradi.Sababsiz chinakam (haqiqiy) xavf ham zarar ham yo’q. Demak, xavfdan saqlanish uning kelib chiqish sabablarini bilishga asoslangan.Sodir bo’lgan xavflar bilan sabablar o’rtasida sabab - oqibat aloqasi bor. O’z yo’lida bir sabab ikkinchi sababiy oqibat bo’lib chiqadi va h.k. Shunday qilib, sabablar va xavflar zanjirsimon sistemani yaratadi. Bunday grafik ko’rinishi (tasvir) shoxli daraxtga o’xshaydi. Xorijda "Sabablar daraxti", "Inkorlar daraxti", "Xavflar daraxti" va bo’lak har xil "daraxtlar" degan tushuncha va u "daraxtlar"ni tuzish uchun kerakli raqamlar mavjud. Quriladigan "daraxtlar"da sabab shoxlari va xavflar shoxlari bor. Ularni o’zaro ajratib tashlash mumkin emas. Shuning uchun xavfsizlikni tahlil etishda tuzilgan daraxtni "sabablar va xavflar" daraxti deb atash lozim.