6.Hayotiy faoliyat xavfsizligini ta’minlash asoslari. Xavfsizlikning umumiy nazariyasining tuzilishida tamoyil (printsip)lar va usullar ko’rilayotgan bilim sohasida aloqalar to’g’risida to’la tasavvur qilishda metodologik ahamiyatga ega. Asos (negiz, printsip) - bu fikr, g’oya, maqsad (asosiy xolatdir).
Usul - bu eng umumiy qonuniyatlarni bilish orqali maqsadga erishish yo’li.
Xavfsizlikni ta’minlash asoslari va usullari mantiq va dialektikaga xos umumiy usullarga tegishli bo’lmay, maxsus va ayrim usullardan hisoblanadi. Usullar va asoslar o’zaro bog’liqdir.Xavfsizlikni ta’minlash choralari - bu usullarni va asoslarni amaliy, tashkiliy, moddiy gavdalantirib amalga oshirishdir.Asoslar, usullar, choralar - bu xavfsizlikni ta’min etishdagi mantiqiy pog’onaIardir. Ularni tanlab olish faoliyatning aniq sharoitlariga, xavfning darajasiga va boshqa mezonlarga bog’liq.
7.Xavfsizlikni ta`minlash yo`llari. Xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari ko’p. Ularni belgilarga qarab bir necha sinflarga ajratish mumkin. Masalan: yo’llantiruvchi, texnik, tashkiliy, boshqaruv.
1. Yo’naltiruvchi:1) Operatorning faolligi; 2) Faoliyatning muruvvatlash (odamiyligi, muruvvatliligi); 3) Tuzulishning tartibsizlanishi (destruksiya); 4) Operatorni almashtirish; 5) Turkumlashlar (klassifikatsiya); 6) Xavflarni yo’qotish; 7) Tartiblash (sistemalash); 8) Xavfni kamaytirish.
2.Texnik:1) Blokirovkalash; 2) Vakuumlash; 3) Zichlash (germatizatsiya);4) Masofa bilan himoyalash; 5) Mahkamlash - puxtalash; 6) To’siqlar orqali (ekranlash); 7) ojiz zveno qo’llash; 8) Siqilgan havo qo’llash; 9) harakatlarni sekinlashtirish.
3. Tashkiliy :1) Vaqt bilan himoyalash; 2) Axborot (ma’lumotlar);3) Zaxiralash; 4) Mos kelmaslik: 5) Me’yorlash; 6) Xodimlar tanlash; 7) Ergonomiklik.
4. Boshqaruv:1) Moslik (adekvatnost); 2) Nazorat; 3) Qarshi aloqa; 4) Javobgarlik; 5) Rejalilik; 6) Rag’batlantirishlar; 7) Samaradorlik; 8) Boshqarish.
8.Xavfsizlikni ta’minlash usullari, ta’riflari. Inson o’z mehnat faoliyati jarayonida bo’ladigan fazo - ish joyi deb ataladi (gomosfera). Xavf mavjud yoki vaqti – vaqti bilan paydo bo’ladigan fazoni noksosfera deyiladi. Xavfsizlikni ta’minlashga quyidagi 3 xil usullar orqali erishiladi:
Gomosfera va noksosferani fazoviy va vaqtiy ma’noda ajratib qo’yish, buni hal qilish uchun masofadan boshqarish, avtomatlashtirish, robotlashlirish vositalari yordamidan foydalaniladi.
Xavflarni yo’qotish yoli bilan noksosferani me’yorlashtirish. Bu usulga ishchilarning shovqin, gaz, changdan, jarohatlanishdan saqlovchi shaxsiy va kollektiv himoya vositalari qo’llash.
V) Bu usul ishchilarni tegishli muhitga moslashishga, uni himoyalash darajasini ko’tarishga yo’natirilgan har xil vositalar va usullarni o’z ichiga oladi: Kasbiga qarab tanlash, ruhiy ta’sir va (shaxsiy) himoya vositalari qollash. Amalda esa yuqorida aytilgan usullar (kombinatsiyasi) birgalikda qollaniladi. Xavfsizlikni ta’minlovchi vositalarga, jamoa (kollektiv) va shaxsiy himoya vositalari kiradi. (JXV va SHXV). Ular o’z navbatida xavflarning turi, tuzilishi, ishlatish sohasiga ko’ra guruhlarga bo’linadi.